Kurs ishi maqsadi: Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolarni o’rganish mavzusini o'rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari:
1. Cho`yan, po`lat va rangli metalldan tayyorlangan quymalar,bolg`alangan va shtamplangan xomashyoni o'rganish;
2. Po`latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metall-prokatlari. Bolg`alash yordamida egilishga, cho`zilishga buralishga ishlovchi va ko`ndalang kesimi bo`yicha o`lchamlarida farq bo`lgan metall xomashyolarni o'rganish;
3. Zagotovka turini tanlash va uni tayyorlash usulini aniqlashni o'rganish;
4. RDB dastgohi uchun texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarini hisoblashni o'rganish va tahlil etishdan iborat.
Kurs ishi ob’ekti: Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolar.
Kurs ishi predmeti: Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolarni o’rganishning amaliy ahamiyati.
Kurs ishi tuzilishi: Kirish, ikki bob(4ta paragraf), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. METALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
1.1. Bolg`alangan va shtamplangan xomashyo
Quymakorlik detal va buyumlar xomaki (zagotovkalari) ko`rinishida turli-tuman quymalar olish jarayonlaridan iboratdir.
Quymakorlik jarayonida qolip (qum-tuproqdan yoki metalldan yasalgan) suyultirilgan metall bilan to`ldiriladi, u qotgach, quyma detal, quyma hosil bo`ladi. Zarur bo`lsa, quymalarga keyingi ishlov berish jarayonida aniq o`lcham va shakl beriladi. Ko`pgina hollarda kerakli detallar faqat quyish usuli bilangina olinadi. Bu, ayniqsa katta o`lcham va vaznga ega bo`lgan, shuningdek, murakkab shaklli detallarni tayyorlashda yoki qotishmaning plastikligi kichik (masalan, cho`yan) bolib, bosim ostida ishlov berish (bolg`alash, shtamplash) mumkin bo`lmagan hollarda juda muhimdir. Mashinasozlikda barcha detallaming taxminan 50 % quymakorlik usuli bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |