Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolarni o’rganish


Qoliplar yordamida quymalar olish


Download 262.22 Kb.
bet5/17
Sana28.12.2022
Hajmi262.22 Kb.
#1012904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang (2)

Qoliplar yordamida quymalar olish uchun ko`pincha qotishmalardan, masalan, cho`yandan quymaning ikki pallali nusxasi (qolip ikki simmetrik qismdan iborat qilib tayyorlanadi, avval qolipning birinchi yarmi, keyin ikkinchi yarmi bir har xil texnologik jarayonda bajariladi) yasaladi, nusxaning har bir pallasi metall plitaga mahkamlanadi. Ana shu nusxa asosida qobiq qolip (qolipning yarmi) tayyorlanadi. Qolip materiali sifatida kvars qumi kukuni bilan bakelit (fenol-formaldegid smolasi) kukuni (pulver-bakelit) aralashmasidan foydalaniladi. Ma‘lum bir texnologik jarayon orqali tayyorlangan kabilar (ikkita yarimqolip) o`zaro birlashtiriladi va tayyor qobiq qolip hosil boladi. Bu qolipga suyuq metall kiradigan teshik ochiladi, quti tik holatda o`rnatilib, atrofi qum bilan zich qilib toldiriladi va shundan keyin suyuq metall yoki qotishma quyiladi.
Quymalarda ichki bo`shliqlar hosil qilish zarur bo`lgan hollarda qobiq (qolipning yarmi qoliplarga maxsus mashinalar yordamida tayyorlangan qobiq steijenlar o`rnatiladi. Bunday qoliplar istalgan quymakorlik qotishmasidan quymalar olishga imkon beradi. Bunday qoliplarda olingan quymalarning olchamlari aniq chiqadi.
Quymaning tannarxi korxonaning turi, quymaning materialiga, murakkabligiga, olchamlari, og`irligiga va boshqa ko`rsatkichlarga bog`liq bo`ladi.
Quyma olish uchun suyuq metall va qotishmalarni tayyorlash. Ma‘lumki, quymakorlik sexlarida quyma buyumlar turli shakllardagi qoliplarga suyuq metall va qotishmalar quyish orqali hosil qilinadi. Bu maqsadda quymakorlik sexlarida metall va qotishmalarni suyuqlantirish uchun ishlatiladigan tegishli tuzilishdagi pechlardan foydalaniladi.
Qanday pechlardan foydalanish metall va qotishmalarning xiliga bog`liq boiadi. Masalan, cho`yanni suyuqlantirish uchun asosan vagrankadan, po`lat suyuqlantirish uchun kichik konvertor, kichik marten pechi, elektr yoy pechlari, induksion pechlardan, rangdor qotishmalar suyuqlantirish uchun esa elektr yoy pechlari, qarshilik pechlari, induksion pechlar va boshqalardan foydalaniladi. Yuqorida qayd qilganimizdek, quymakorlik cho`yani, odatda, vagranka deb ataladigan pechda suyuqlantiriladi. Vagranka domna pechi kabi ishlaydi. Gilofi po`lat taxtalarini (listiarini) parchinlash yoki payvandlash yo`li bilan tayyorlanadi. Ichki qoplamasi shamot gishtidan teriladi. Vagrankaning furmalar teshigidan shixta tushirish darchasigacha bo`lgan qismi shaxta deb, furmalar teshigidan pastki qismi esa gorn deb ataladi. Hozirgi vagrankalarning bo`yi 9-10 m ga, shaxtasining diametri esa 3 m gacha yetadi. Vagrankalaming ish unumi 1 soatda suyuqlantirib olinadigan cho`yan miqdori bilan belgilanadi va pechning diametriga qarab 25 tonnagacha suyuq cho`yan olish mumkin.
Bunday vagrankada cho`yan quyidagicha suyuqlantiriladi. Cho`yan suyuqlantirishda shixtaning metall qismi – quymakorlik cho`yani korxona chiqindisi, mashina siniqlari va ozroq miqdorda temir-tersakdan iborat boiadi. Yoqilgi sifatida, asosan, koks ishlatiladi. Flyus sifatida ohaktosh, dolomit, asosli marten shlaklari va boshqa materiallardan foydalaniladi. Vagrankaga koks, metall shixta va flyus maxsus darcha orqali tushiriladi. Koksning yonishi uchun zarur bolgan havo (ba‘zan kislorod bilan boyitilgan havo) bosim ostida halqasimon quvurga va undan furmalar orqali gomga beriladi.
Hosil bo`lgan suyuq cho`yan gomning qiya tubidan maxsus nov orqali cho`michlarga tushiriladi, cho`michlardan esa qoliplarga quyib chiqiladi va tegishli shakldagi quyma buyum hosil qilinadi.
Quymakorlik korxonalarida po`lat suyuqlantirishda kichik konvertor (kichik bessemerlash deyilib, hozir sanoat miqyosida deyarli ishlatilmaydi), kichik marten pechlari va boshqa pechlardan foydalaniladi.
Yuqori sifatli cho`yan va quymalar olishda ikki-uch agregatda suyuqlantirish usulidan foydalaniladi. Masalan, po`lat dastlab konvertorda, so`ngra elektr pechda suyuqlantiriladi va bu jarayon dupleks deb ataladi.
Agar metall ketma-ket uch agregatda, masalan, vagranka, konvertor va elektr pechda suyuqlantirilsa, bunday jarayon tripleks deyiladi. Bronza elektr yoy pechlarida, aluminiy qotishmalari esa qarshilik pechlarida suyuqlantiriladi.
Metallarni suyuqlantirishda ba‘zan tigelli pechlardan ham foydalaniladi. Tigellarning sig`imi 50 kg dan 300 kg gacha bo`ladi. Yuqoridagi pechlarda suyuqlantirilgan metallar cho`michlarga, ulardan esa qoliplarga quyiladi. Suyuq metall qoliplarga ikki usulda quyilishi mumkin: a) suyuq metall cho`michlarda qoliplar oldiga keltiriladi; b) cho`mich o`zgarmas holatda bo`lib, qoliplar maxsus konveyerda cho`mich ostiga surib turiladi.
Qoliplarga quyilgan metall sovigach, qoliplar maxsus mashinalar yordamida sindirilib, quymalar ajratib olinadi, quyish tizimida qotgan metall qirib tashlanadi va quymalar turli usullarda, masalan, zoldirli tegirmon, pitra purkash mashinada qum donalari, yopishgan kuyundi va boshqalardan tozalanadi. Tozalangan quymalar texnik nazoratdan o`tkaziladi va nuqsoni bo`lgan quymalar ajratib olinadi.

Download 262.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling