Markazdan qochirma quyish usuli silindrsimon jismlar shaklidagi quymalar, masalan, quvur, vtulka, shkiv, g`ildirak, shesternya, mufti diskalarning tayyorlanmalarini olish uchun qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, suyuq metall gorizontal yoki vertikal o`q atrofida 1000 ayl/min tezlik bilan aylanuvchi qolipga quyiladi. Qolipning va unga quyilgan suyuq metallning aylanishi natijasida hosil bo`ladigan markazdan qochma kuchlar metallni qolip devoriga siqadi, natijada metall darrov qotib, qolip shakliga kiradi.
1-rasm. Markazdan qochirma quyish qurilmasining sxemasi. a- gorizantal o`qda aylanuvchi; b-vertikal o`qda aylanuvchi 1- tarnov, 2- qisqich, 3- qopqoq, 4- maxsus qolip, 5- val, 6- shkiv, 7- elektrodvigatel, 8- tasmali uzatma, 9- qurilma korpusi, 10- eshikcha, 11- eritmali maxsus qozon
Bosim ostida quyish usulining asosiy mohiyati shundaki, suyuq metall (qotishma) po`lat qolipga katta bosim ostida quyiladi.
Tayyorlangan quyma g`ovaksiz, sirtqi nuqsonlarsiz, toza va aniq bo`ladi. Oson suyulanuvchi rangli qotishmalardan (aynisa aluminiy, rux, magniy qotishmalaridan) murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq o`lchamli, toza yuzali va og`irligi 50 kg gacha bo`lgan quymalar (samolyot, avtomobil va boshqa mexanizmlarning detallari uchun quymalar) olishda bu usuldan keng foydalaniladi.
Suyuqlanuvchi nusxa yordamida quyma olish usulida quyma olish uchun oson suyuqlanuvchi materialdan-parafin, stearin, mum (bitum)va boshqalardan turli quymalarning nusxalari tayyorlanadi. Buning uchun esa polat, bronza yoki jezdan nusxa etaloni yasalib, bu etalonni oson suyuqlanuvchi qotishmaga botirish yo`li bilan press-qolip tayyorlanadi. Ana shu press-qolip suyuqlantirilgan parafin, stearin, mum (bitum) bilan 3-6 atm (303-606 kN/m2) bosim ostida to`ldirilib, juda aniq nusxa hosil qilinadi. Shu usulda tayyorlangan bir necha nusxa blok qilib yig`iladi va quyish tizimiga tutashtiriladi. Keyin bu yig`ilgan nusxalar bloki suyuq shisha yoki gidrolizlangan etil silikat(C2 5O4 ) Si eritmasi bilan kvars kukuni qorishmasiga 2-3 marta botirib olinadi, shunda nusxalar blok sirtida 2-3 mm qalinlikdagi o`tga chidamli silliq qoplama hosil bo`ladi. Nusxalar bloki zavodda 2-3 soat davomida quritilgandan keyin opoka ichida atrofi qolip aralashmasi bilan zich qilib to`ldiriladi. Opoka ichidagilari bilan birga mufelli pechda qizdiriladi, bunda nusxalar va quyish tizimi suyuqlanadi hamda tashqariga olib chiqadi, natijada nusxalar va quyish tizimi o`rni bo`shab qoladi, qolip hosil bo`ladi. Bu qolip 800-900 °C gacha qizdiriladi, bunda qolip puxtalanadi va metall quyish uchun tayyor holga keladi. Bunday qolipga suyuq metall odatdagi usul bilan ham, markazdan qochirma usul bilan ham quyilishi mumkin. Bu usul bilan quyib hosil qilinadigan quyma zich bo`ladi, demak, uning mexanik xossasi yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |