List materiallami shtamplash. Turli materiallardan tayyorlangan listlar, tasmalar, polosalar tarzidagi prokatlardan yupqa devorli fazoviy buyumlar tayyorlashga list shtamplash deb ataladi. List shtamplash shtamplar yordamida press bilan yoki pressiz bajariladi. Shtamplanadigan listlarning qalinligi 0,15-60 mm gacha bo`ladi. Listlar yupqa (qalinligi 4 mm gacha) va qalin listlarga (qalinligi 4 mm dan ortiq) bo`linadi. Yupqa listlarning hammasi, asosan, sovuqlayin shtamplanadi, 15-20 mm dan qalin listlarni albatta shtamplash oldidan bolg`alash haroratigacha qizdirish talab qilinadi.
Bu usulda ishlab chiqariladigan detallarning aniqlik sinflari asosan 4 va 3 bo`lib, soat detallaridan to bug` qozonlarining tubigacha, dengiz kemalarining detallari hamda yengil avtomobillarning 70 % dan ko`proq detallari shu usulda olinadi.
List shtamplash jarayonlari ikkita asosiy guruhga: ajratish va shakl о ‗zgartirish jarayonlari guruhiga bo`linadi. Ajratish jarayonlari guruhiga qirqish, qirqib olish, o`yib tushirish va boshqa jarayonlar; shakl hosil qilish jarayonlari guruhiga esa egish, botiq qilish, chetini ayirish, bort chiqarish, bo`rttirish (shakl berish), siqish, list zarblash (relyefli shtamplash) va boshqa operatsiyalar kiradi.
Qirqishda list, polosa yoki tasmalardan ma‘lum o`lchamli chala tanavorlar kesib olinadi.
Qirqib olishda chala tanavorlardan zamr shakldagi tanavorlar kesib olinadi.
Bunday operatsiyalami bajarishda tanavorlarning qalinligiga qarab diskli, richagli, parallel va qiya pichoqli qaychilardan foydalaniladi.
O`yib tushirish - listdan aylana, kvadrat yoki boshqa shaklli tanavor o`yib tushirish. Listdan disk shaklidagi tanavordan, bu tayyorlanmadan esa shayba hosil qilish o`yib tushirishga misol bo`la oladi. O`yib tushirish operatsiyasi maxsus shtamplarda bajariladi.
Egish - list tanavordan egik buyum hosil qilish. Egish bir burchakli, F-simon va ikki burchakli U-simon va boshqa turlarda bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |