Book · May 004 citations reads 820 author
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
AshuraliZohiriy
«t» bilan «d» ning chiqish o‘rni (maxraji) juda yaqin bo‘lg‘on sababli (Toshkand
shevasining «jo‘ja», Farg‘onaning «cho‘ja»si yonglig‘) «tovush-dovush» «to‘pchi-do‘pchi» deyilgandak, «tur»-«dur» bo‘lib ketgan. Endi buni «mustaqillig‘ini yo‘qotg‘on» deb, o‘zidan ilgarigi so‘zga tobe qilib, turli nusxada, xatto, hyech to‘g‘ri kelmaydurg‘on qolipqa solib «-dr, -dir» yozish — tilni buzushdur: «borgandr» deb o‘qushliq o‘qug‘uchig‘a qiyinliq keltirgandak, turli o‘rinda, turli nusxada yozishliq yozg‘uchig‘a ham qiyinliq keltiradur. Shuning uchun, buni o‘zidan ilgarigi so‘zga tobe qilmasdan hamma yerda bir nusxada «- dur» yozishliq kerak. Bu — o‘qug‘uchi uchun qulaydur. “Qizil O‘zbekiston”, 1929 yil 29-mart, 72-son LAB OHANGI TO‘G‘RISIDA Bizda lab ohangi bor. Lekin, qirg‘iz va ozarbayjonlilardag‘i singari yoki singarmunizm qoidasi singari «boshdan oyog‘ig‘acha» qat'i bir yo‘lda emas, ko‘pincha (fe'llarda) o‘zak bo‘g‘umlardag‘ina bor. Ham avvalgi bo‘g‘imdag‘i o‘truning uzun-qisqa, qolin-ingichkaligiga tobe'liq yo‘q. Masalan: oqu, toqu, coqu, noqu. Bularning avvalgi bo‘g‘umidagi «o» cho‘zg‘usi, keyingi bo‘g‘imda ham o‘tru kelishni talab qilsada, o‘z avjidagina emas, balki ancha pasaygan avjda o‘tru talab qiladur. Shuning uchun ularni «oqo, toqo...» deb yozib bo‘lmaganga o‘xshash «oq, toq» deb yozib bulmaydur. Negakim, bularning oxirida avvalgi bo‘g‘imdagi o‘tryning zo‘rg‘a yetib kelgan «quvvati bor», degach, uni: «oq, toq...» nusxasida, «zo‘rg‘a yetib kelgan» degach, uni avvalgi bo‘g‘imday «o» bilan yozib bo‘lmaydur. Keyingi bo‘g‘imda bo‘ladurg‘on ikkinchi bir o‘rin: «yzym, tyxym, toruq, qutul, nuqul» singari «m» («m») qo‘shimchasi bilan ismga aylandurg‘on so‘zlarda ham yo‘qoridag‘i so‘zlarg‘a o‘xshash «m» («m») dan ilgari o‘tru talab qiladurlar. Masalan: «tozym» (chidam ma'nisida), «buo im», «orum» singari yasalma so‘zlar ham «yzym» ismi olgan haqni talab qiladurlar. Agar shundoq qilinmasa, ba'zi joylarda egalik olmoshlarining birinchi shaxs alomati bo‘lg‘on «m» qo‘shilg‘on ismlardan ajratib bo‘lmay qoladur. Masalan: olaylik ikki turli ma'nida keladurgan «o‘r» (or) so‘zini: 1– bo‘g‘doyni o‘r! (жне); 2 – xandoq, chuqurlik ma'nilarida keladur. Manim o‘rim – xandag‘im ma'nosini anglamoq uchun «o‘rim» (orm) yozsaq, «birinchi o‘rim beda» ma'nosidagini ham «o‘rim» (orm) yozsak, ikkalasining farqi bo‘lmay qoladi. Shuning uchun ikkavi ikki turli yozilishi kerak. Shunga o‘xshash o‘rta harfi o‘tru cho‘zg‘ili buyruqlar «q»(q), «k» (k) bilan ism, sifatka aylantiriladurg‘on bo‘lg‘onda haligi «q(q), k» (k) ilgari o‘tru cho‘zg‘isi keltirilishini talab qiladilar. Masalan: koruk, tyzyk, boluq, juluq, buzuq, jygyryk singari so‘zlardir. Bularning shunday yozilishig‘a — tug‘ilishdan shu shaklda bo‘lg‘on, «joruq» ham uzak- buyrug‘ning oxiri «u» bo‘lg‘on «quruq» singari so‘zlar jela tortadurlar. Ular ham shundoq yozilsun deb talab qiladurlar. Ammo qo‘shimchalar o‘zaklarga (o‘tru to‘g‘risida) tobe bo‘lmaydirlar. Masalan: 1 -kir, -o r, -qr: otkir, alo r, tapqr, capqr, balas tushrkir, jer jytkir. 2. -kin, -o n, -qn: turo n, toiqn, tutqn, buzo n, sotqn. 3. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling