Boqiy darbadar


Download 211.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/60
Sana26.11.2021
Hajmi211.72 Kb.
#177663
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

46

imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, kashf etilgan barcha hujayralaru genlar o‘sha kun 



kelganida tub-tubidan parchalanib, nobud bo‘lib ketar, yanada haybatliroq haqiqat mana shunda edi! U 

kunda mezonlaru vaznlar tubdan o‘zgarar, barhayotlik boshqa shakl va mazmun kasb etar... bu 

haqiqatlarni olam yaratilganidan to mahshar kunigacha dunyoga keladigan insonlardan faqat bittasi – 

eng muboragigina o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan edi, xolos! 

 

Aqlu tafakkur anglab ololmaydigan ana shu hodisalarning yorug‘ dunyo qonuniyatlari kabi o‘z 



qonuniyatlari bo‘lib, ularni oddiy odam bolalari faqat hislari va yuraklari bilan seza olardilar. 

Insonlardan manguga yashiringan bu hodisalar zaminidagi ma’nolarga erishish tafakkur tarixida juda 

oz sonli kishilargagina nasib etgan edi.  

 

Professorning yodiga ana shunday muboraklardan birining misralari keldi. San’atining 



teranliklariga turli ishoralarni va hikmatlarni yashirib ketgan bu kishi, umr shomi yaqinlashayotganini 

oldindan sezarkan, kelajakdagi barcha inson bolalariga asrlar ortidan, misralar aro iltijo qilmoqda edi. 

Nochor qalamim ostidan chiqqan va o‘zim duru gavhar deb taxmin qilganim satrlarni o‘qiguvchi kishi 

ila meni baqamti qilganing – sening inoyatingdir, yuragimdan sitilib chiqqan misralarimga nigoh 

tashlagan har bir kishini o‘z marhamating soyasiga olgil deb, o‘quvchining haqqiga oldindan duo 

aylamoqda va o‘zi ham duodan umidvor holda munojot qilmoqda edi: 

 

Yo Rab, ushbu turfa sho‘xi dilfirib, 

Kim oning vaslin manga qilding nasib. 

 

Yo Rab, bu zarbulmasalning turli sho‘x va dilga firib beruvchi ma’nolari vaslini menga nasib 



aylading. Endi uni: 

 

El ko‘ziga dog‘i mahbub aylagil, 

Barcha xotirlarg‘a marg‘ub aylagil. 

 

Ma’nilarini elga ma’qul va marg‘ub qilganing ramzlarni esa: 



 

Garchi maqsudig‘a mubhamdur bayon, 

Qush tilin el ko‘ngliga qilg‘il ayon. 

 

Shundan so‘ng esa bu mangu zot xokisorlikning va samimiyatning ajoyib namunasini tuhfa etgan 



edi: 

 

Kimga ondin hosil o‘lsa muddao, 

Lutf etib Foniyni ham qilsa duo. 

 

Ayla oning ham duosin mustajob

Ikkimizni ollidin olg‘il hijob. 

 

Tab’ima tushsa xato birla zilal, 

Kilkima sahv o‘ldi ersa yo xalal. 

 

Lutf ila, yo Rabki, borin afv qil, 

Nomai a’molidin ham mahv qil. 

 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

 

 




Download 211.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling