Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEZONUL-AVZON
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 Shundan so‘ng avliyo g‘or og‘zida o‘sib chiqqan bir qamishni qirqib oldi, ichini tozaladi, bag‘ridan teshikchalar ochdi va labiga qo‘yib pufladi, naydan dunyodan o‘tib ketgan barcha kishilarning, xalqlarning va millatlarning umum armonlarining, yashash maqsadlarining va hayot hikmatlarining hikoyati monand mungli va qayg‘uli nido taraldi:
MEZONUL-AVZON
Professor ufqdagi bo‘ronning chirpirak bo‘lib aylanishiga aqlu shuuri lol bo‘lib boqmoqda, bu asov haybat va qudrat qarshisida uning ich-ichidan tiyiqsiz va boshqarib bo‘lmas xavotir bosh ko‘tarib chiqmoqda edi.
Bu – g‘ayriixtiyoriy xavotir edi. Tevarakdagi oddiy hodisalarning o‘z nizomidan xiyolgina chetga chiqishi kishi ko‘nglida aqlga itoat qilmaydigan hissiyotlarni va qo‘rquvlarni bino qilar, ong harchand urinmasin, yurak yaproqday dir-dir titrashini qo‘ymasdi.
Uning nazarida, sahro hududlarida bino bo‘lgan va hozir qaylardadir Parvardigorini izlab yurgan barhayot odam, shusiz ham mukammal nizomlardan tashqariga chiqishga urinayotgan izlanuvchilar, tobora to‘s-to‘poloni chiqib borayotgan zamonaviy dunyo bilan mana shu shamol junbishi o‘rtasida elas-elas ilg‘anar bir bog‘liqlik bor edi go‘yo. Insonlar va tabiat nafas oladigan, yer yuzidagi hayotni mudhish va o‘limchil ta’sirlardan qo‘riqlab turadigan, ulkan ummonlarni o‘z bag‘rida mayin suzdirib, lozim bo‘lgan joylarga hech kimga zarari tegmaydigan, balki odam bolasining zavqini keltiradigan tarzda yomg‘ir qilib yog‘diradigan, yuzlarni siypalaganida rohat baxsh etadigan havo deb atalmish bu ne’matning to‘satdan ofatga aylanishi bejiz emas edi! Olamlar Parvardigori, agar istasa, yorug‘ dunyodagi har qanday ne’matni baloga yoki halokatga aylantirib qo‘yishi mumkinligini namoyon qilayotganday edi. Gullab-yashnayotgan tiriklikning ona unsurlaridan biri bo‘lmish suv ham goh-goh dolg‘alanib, tevarak-atrofni g‘orat aylaguvchi bahaybat balo qiyofasiga kirmoqda, bag‘ridan sanoqsiz ne’matlarni chiqarib-muhayyo qilib turguvchi yer yuzi goh-goh shiddat ila qo‘zg‘alib, zilzilalar hosil qilmoqda, teranliklaridan olov va erigan ma’danlardan iborat vulqonlarni ufurmoqda, insonlarni sovuqdan himoyalanishiga, lazzatli taom tayyorlashlariga, hayotlari uchun lozim bo‘ladigan turli- tuman asboblarni yasashlariga imkon beruvchi alanga ham goho tegrasidagi barcha narsani kuydirib- kul qiluvchi bahaybat falokat shakliga kirmoqda edi. Dunyoning tamali bo‘lmish to‘rt unsur ana shu tarzda – Parvardigori olamning qudrat-irodasiga tamomila bo‘ysungan holda o‘zgarmoqda va yer yuzidagi tafakkur qiluvchi yagona jonzotga – odam bolasiga qarata o‘z tilida xitob aylamoqda edi. Tafakkur qiluvchilar uchun esa yanada chuqurroqda boshqa haqiqat yashiringan edi! Ya’ni, bunday falokatlaru ofatlarsiz ham, har daqiqada yuzlab insonlarning boqiy ruhlari foniy vujudlariniyu yorug‘ dunyoni tark etib, tasavvur yeta olmas abadiy makonlarga unsiz va jim jo‘namoqda edilar. Bunday falokatlar va to‘fonlar mangulik safariga yo‘l olayotgan kishilarning qalblarida ham ro‘y berayotgan bo‘lsa ne ajab? Ha, inson bolasi uchun qiyomat jon taslim qilgan onidan boshlanmoqda... insonlar ana shu qiyomat kuniga duch kelmaslik uchun dunyoda iloji boricha ko‘proq muddat turishni orzu qilmoqda... o‘zlarining shusiz ham barhayotliklarini anglayolmasdan, vaqt o‘tgani sayin juldurlashadigan vujud libosi ichida mangu qolmoqni ixtiyor etmoqda edilar. Bir tomondan, zamonaviy ilmlarning cho‘qqisi hisoblanmish gen muhandisligi tadqiqotchilarga mangu odam yaratish
7 Hazrat Alisher Navoiy satri |
ma'muriyatiga murojaat qiling