www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Endi bu o‘lim mashinalari turli qurollardan bir-birlarini mo‘ljalga olgancha buyruq kutmoqda
edilar. «Havo-havo» tipidagi raketalar allaqachon jangovar holatga keltirilgan, himoya vositalari va
chalg‘ituvchi termik vositalar jangga shay holatda edi.
Dunyoning eng kuchli bir qancha mamlakatining harbiy uchoqlari ana shu tarzda bir-biriga qurol
o‘qtalib turar edi.
Maxsus radiokanalda esa «Vahshiy» bilan «Fir’avn»ning so‘zlashuvi davom etmoqda edi:
– «Maxes», nishonni ko‘ryapsizmi?
– «Fir’avn», shamol kuchayib bormoqda, hammayoq qum... tepa ham, past ham... hech narsa
ko‘rinmaydi.
– «Maxes», nishonni qidiring!
– «Fir’avn», buning iloji yo‘q, hech narsa ko‘rinmayapti, ekranlarda ham... Begona uchoqlar bizga
nisbatan jangovar yo‘nalishga o‘tdilar.
– «Maxes», boshqa uchoqlarga e’tibor qilinmasin. Biz ularni fazodan «ushlab» turibmiz. Izlashni
davom ettiring!
– Tushundim, izlashda davom etamiz...
Do'stlaringiz bilan baham: |