Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
BOENG 787 DREAMLINER.
BO‘RONDAN O‘N DAQIQA AVVAL.
Oradan o‘n daqiqa o‘tganida, bag‘riga Professorni va uch yuz chog‘li yo‘lovchini olgan bahaybat Boeng Dreamliner uchog‘i bo‘ron hududiga yetib keldi.
Meteokuzatuv markazlarining taxminlari haq bo‘lib chiqdi, Atlantika ummonidan to Osiyo sohillarigacha bo‘lgan hududda misli ko‘rilmagan shamollar va girdoblar paydo bo‘lgan, ayni paytda Tinch, Hind va Shimoliy muz ummoni ustidagi havolar ham Gobi tomonga surila boshlagan edi. Shamolning yo‘li qing‘ir-qiyshiq ilon izini eslatardi – Atlantikaning ufqqa qadar enlab yotgan oxiri ko‘rinmas suv hududlaridan boshlangan bu g‘alayon negadir O‘rtaer dengizining jazirama hududini chetlab o‘tmoqda, abadiy muzlar o‘lkasida hosil bo‘lgan epkinlar esa, asriy qorlarni to‘zg‘itib va muztog‘larini sindirib, yo‘lida quyunlaru qasirg‘alarni hosil qilgancha, ulkan jonli ilon singari sahro sari harakatlanmoqda edi. Yaponiya tomonda esa teskari harakat ro‘y berdi – dunyoning bu chetida hosil bo‘lgan epkinlar ham boshqa bir ilon singari Gobi tomonga tobora zo‘rayib boruvchi shiddat ila intilar, cho‘l uzra turib qolgan qaynoq havo yuqoriga ko‘tarilib, tepa qatlamlarda teskarisiga esuvchi yanada kuchliroq boshqa epkinlarni hosil qilgan edi. Eni yetmish-sakson, yuksakligi o‘n kilometrga yetgan ulkan aylanuvchi quyunlar – ilon boshlari o‘zida mislsiz quvvatni jamlagan edi. Insonlar nafas oladigan va mayin esganida rohat keltiradigan bu ne’mat to‘satdan shaklu shamoyilini va yaratilish maqsadini o‘zgartirib, ofatga aylangan, bo‘ron markazida havoning yuqori o‘rlashi oqibatida o‘nlab ana shunday girdoblar hosil bo‘la boshlagan, quyunlarning o‘zagida shamolning esish tezligi soniyada ikki yuz metrgacha yetgan edi.
Quyunlarni chetlab o‘tish maqsadida, Boeng Dreamliner uchuvchilari va uchishni boshqarish markazi mutaxassislari yanada yuqori ko‘tarilishga qaror qildilar – bu uchoq o‘n ikki kilometrgacha ko‘tarila olardi, bo‘ronlarning balandligi esa odatda o‘n kilometrdan oshmas, bunday yuksaklikdagi ellik besh daraja sovuqda havo sovib, quyun shiddati o‘z-o‘zidan pasayib ketar edi. Kuchli motorlar
|
ma'muriyatiga murojaat qiling