Boqiy darbadar
Download 211.72 Kb. Pdf ko'rish
|
Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 zo‘riqib guvilladi – uchoq bu qadar yuksaklikka tikkasiga ko‘tarila olmas, ko‘tarilishi uchun yana yuz ellik kilometr masofani uchib o‘tishi kerak edi.
...Bu orada axborot agentliklari bir faylasufning Markesning maktubi haqidagi fikrlarini, ortidan uning o‘zining bayonotini ham tarqatdi.
Faylasuf, bu dunyoda shu qadar bilim va tajribadan tashqari, favqulodda fikriy quvvatga ega bo‘lgan Markesday kishining dunyodan ketar chog‘i bunday gaplarni aytishiga shubha bildirgan edi.
Ortidan kelgan xabarda Markes bunday vidonomani yozmaganini, bedavo dardga giriftor ekaniga qaramasdan, mabodo o‘lim oni yaqinlashganini sezgani taqdirda ham safarga jim, lom-mim demasdan jo‘nashini aytgan edi.
Lo‘lilar karvonboshisi sahroda itini ergashtirgan bir devonavash odamni ko‘rdi, u yalangoyoq, sochlari o‘sgan, qo‘lida aso, kunbotar tarafga – g‘arbga qarab ildam ketib borardi.
Bu – sarob edi, lekin shu qadar haqqoniy va aniq ediki, karvonboshi ortiga tisarildi. Uni boshqalar ham ko‘rdilar, ammo karvonboshi qat’iy qilib:
– Ko‘rganingiz sarob, ishingizda davom eting, – deb buyurdi. Va teskari tomonga o‘girilganida, osmon bo‘yi keladigan, yeru ko‘kni enlagan bir quyunning shu tomon yopirilayotganini ko‘rdi.
* * * Bo‘ron oldidan sodir bo‘lgan g‘alati hodisalar Avliyoni ham chetlab o‘tmadi. Itini ergashtirib ketib borayotgan majnunvash kishini u ham ko‘rdi, faryodini ham eshitdi:
Shuningdek, avliyo uning ortidan borayotgan boshqa bir bandani ham ko‘rdi... Bu ikki odam shu kez kunbotar tomonga ketib bormoqda edilar.
6 Boborahim Mashrab misralari |
ma'muriyatiga murojaat qiling