Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
3.2. Xorijda atrof-muhitga moslashish omillari
Xorijiy firma faoliyat yuritish jarayonida odatda milliy xususiyatlarga ega bo’lgan sharoitlarga moslashishi kerak bo’ladi. Bunda moslashish omillari ikki guruxga: sub’yektiv (xorijiy firmaning tashkiliy tuzilmasi va strategiyasiga bog’liq omillar) va ob’yektiv (firma ta’sir ko’rsata olmaydigan va faqat moslashishga majbur bo’luvchi omillar) omillarga bo’linadi (2.1-rasm). Ushbu omillar quyidagilardan tashkil topgan. 2.1-rasm 49 Huquqiy me’yorlar. Xorijiy kompaniyaning chet elda samarali faoliyat yuritishining so’zsiz sharti bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlariga rioya qilish hisoblanadi. Ularga federal, mahalliy va mintaqaviy qonuniy hujjatlar kiradi. Bunda huquqiy me’yorlarning milliy xususiyatlari ko’zga tashlanadi. Masalan, Yaponiyada biznesmenlar shartnomalarda qonuniy hujjatlarga asoslanmaslik va muzokaralarga huquqshunoslarni jalb qilmaslikni ma’qul ko’radi. Bu esa ularning sherikka nisbatan yuqori ishonchini namoyon qiladi. Kompaniya xodimlarining milliy mansubligi. Sayyoramizdagi etnik guruhlar o’rtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy tafovutlar qabul qiluvchi mamlakatda menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotish usullariga moslashishga, mahalliy xodimlar bilan munosabatlarga va pirovardida mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir etadi. Chet elda o’z millatidagi malakali ishchilar va xizmatchilarni, ya’ni bosh kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat fuqarolarini ishlatish firmani xorijdagi samarali faoliyati uchun ishonchliroq. Shu bilan birga qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislarini yollash bir qator afzalliklarga ega. Ularning mahalliy mintaqaviy va federal hukumat muassasalari bilan munosabatlarni o’rnatishlari yengilroq, o’z milliy bozorining xususiyatlarini, iste’molchilarning didlari va talablarini yaxshi biladilar va pirovardida xorijiy kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga tezroq va osonroq moslashishiga yordam beradilar. 90- yillarda qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislari sonining TMK boshqaruvining hatto yuqori darajalarida ko’payish holati ham ana shu sabablar bilan tushuntiriladi. Mahalliy urf-odatlar. Qabul qiluvchi mamlakatlarning urf-odatlari ba’zan sanoati taraqqiy etgan davlatlarda qabul qilingan biznes yuritishning umumiy me’yorlari va ishga doir etikadan jiddiy farq qiladi. Ayrim rivojlanayotgan davlat- larda rasmiy shaxslarni rag’batlantirmasdan tadbirkorlik bilan shug’ullanish qiyin. Ishlab chiqarish munosabatlari. Chet elda xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ul- lanishni boshlashdan oldin qabul qiluvchi mamlakatda o’rnatilgan ishlab chiqarish munosabatlarining prinsiplarini, kasaba uyushmalarning faoliyatini va mehnat qonunchiligini o’rganish maqsadga muvofiq. 50 Aksiyadorlar uchun jozibali tomonlar. Qabul qiluvchi mamlakatda aksiya- dorlarni birinchi navbatda albatta aksiyalarga belgilangan yuqori dividendlar qiziqtiradi. Bundan tashqari kompaniya yillik hisobotlarida potensial aksiyadorlar uchun kompaniyaning texnologik yutuqlari va faoliyat qaltisligini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar chop etiladi. Tarmoqning birinchi beshligiga kiruvchi kompaniyalarning aksiyalari eng katta qiziqishga ega bo’ladi. Raqobat. Xalqaro toifali menejer jahon bozoriga chiqish milliy bozordagi faoliyatdan ko’ra raqobatchilar sonining o’sishi bilan bog’liq qo’shimcha muammolarning paydo bo’lishini hisobga olishi zarur. Iste’molchilar. Turli mamlakatlarda iste’molchilarning talabi va didlari jiddiy farqlanadi. Xalqaro toifali menejerning asosiy muammolariga ana shu turli-tuman ehtiyojlarni qondirish yo’llarini topish kiradi. Bu muammoning hal qilinishini turli davlatlarda mahsulot va xizmatlarni sotish uchun tajribali xodimlarni tanlash, shu jumladan qabul qiluvchi mamlakatdagi mahalliy mutaxassislarni yollash ancha osonlashtiradi. Masalan, AQShda avtomobillar bozorining 20 foizdan ortig’ini egallagan yapon avtomobillarini sotish bilan odatda yaponlar emas, balki ular yollagan yuqori malakali amerikalik menejerlar shug’ullanadi. Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling