Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment
Download 6.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA
8.9.- jadval. Dunyoning eng yirik transmilliy kompaniyalari ro’yxati.
Ushbu ro’yxatda eng birinchi o’rinni AQSHning “General Electric” TMKsi egallaydi. Uning chet el aktivlari qiymati 420.3 mlrd dollarni tashkil etadi. Shuningdek ro’yxatdan Buyuk Britaniyaning “Vodafon”, Yaponiyaning “Toyota” TMK lari o’rin olgan. 157 8.10- jadval. TNI indeksi bo’yicha lider TMK lar ro’yxati. Yuqoridagilardan tashqari TNI indeksi ro’yxatidan Italiyaning, Niderlandiyaning, Irlandiyaning, Norvegiyaning, Malayziyaning bir nechta TMK lari o’rin olgan. Transmilliy biznesni boshqarishning muammolari. TMK larga bo’lgan o’zgacha yondashuv 70-yillarga borib taqaladi. TMK larning rivojlanishi va ularning Jahon iqtisodiyotida tutayotgan o’rni BMT tomonidan befarq qaralmaydi va BMT TMK harakati Kodeksini yaratadi va Tmk larning faoliyati bilan bevosita shug’ullanuvchi Qo’mita tuziladi. TMK bo’yicha maxsus qo’mita tuzilgan bo’lsada, TMK faoliyatining aynan qolipga solingan standarti mavjud emes. Bunga asosiy sabab: TMK ning ko’pdavlatliligi; TMK joylashgan va faoliyat yuritadigan davlatlarning ijtimoiy va iqtisodiy, huquqiy me’yorkarining bir-biridan farqlanishi; TMK larning tashkiliy va ma’muriy tuzilishi ular faoliyat yuritayotgan davlatlar siyosatidan kelib chiqishi. 90-yillardan buyon TMK ning muvofiqlashtirilishi va ma’lum standart asosida ish olib borishi BMT tomonidan ko’rib chiqilmoqda, hatto 1000 dan ortiq kelishuvlar ham imzolangan. Ammo haligacha standart mavjud emas. 158 Xulosalar 1. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning aksariyat qismi transmilliy korpo- ratsiyalarni namoyon etadi. Tashkiliy shakli bo’yicha ular umumiy mulkchilik bilan bog’langan aktivlarga egalik qiluvchi konsernlardir. Ular oldingi o’tmishdoshlari – kartel, sindikat, trestlardan jiddiy farq qiladi, chunki ularning a’zolari o’z kapitallarining egasi bo’lib qolar edilar. 2. Milliy kompaniyani xalqaro kompaniya maqomini olishga undovchi asosiy sabablarga tovar aylanmasi o’sishi bilan sotish bozorini va demak foydani ham ko’paytirish, ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo va ishchi kuchi hisobiga qisqartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan, kredit-moliya tizimi, sotish kanallari va infratuzilmasidan foydalanish hisoblanadi. 3. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlar kabi importyorlarni ham o’ziga jalb etadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlarni reklama, xaridorlarni izlash, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash harajatlarini va shuningdek transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli muntazam kelishuvlar hisobiga transport harajatlarini qisqartirish orqali sotish bozori barqarorligini ta’minlaydi. 4. Konsorsiumlarni tashkil etish kompaniyalarga (shu jumladan kichik va o’rta kompaniyalarga ham) eksport ishlab chiqarish uchun zarur uskunalar bilan ta’minlash va tashqi bozorga chiqish uchun moliyaviy va boshqa resurslarni birlashtirish imkoniyatini yaratadi. 5. TMK faoliyatining samaradorligi 3 manbaga asoslanadi: - turli mamlakatlarning tabiiy resurslariga, yirik kapital va fan-texnikada yangilik kiritishga patentlarning ko’pchilik qismiga egalik qilish; - butun dunyoda mahsuldor yerlar, tabiiy boyliklar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi asosida o’z korxonalarini joylashtirish afzalligidan foydalanish. - xalqaro marketing konsepsiyasidan foydalanish asosida baynalmilal ishlab chiqarishni tashkil etishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish. 159 6. TMK millatini aniqlovchi ko’rsatkichlar bo’lib ro’yxatdan o’tish joyi, shtab- kvartiraning joylashuvi, aksiyalarni nazorat paketiga ega aksiyadorlarning millati hisoblanadi. 7. 2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz TMKlarning investitsion faoliyatiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazdi. 8. Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi, korporatsiyalar foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining keskin pasayishi xalqaro qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, bu esa TXIlarning rivojlangan, shuningdek tobora ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib borishining asosiy usullaridan biridir. 10-§. Jahon xo’jaligida strategik al’yanslarning shakllanishi va mohiyati. Download 6.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling