Bo’ranov O. B. Xalqaro menejment


Download 6.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/48
Sana04.11.2023
Hajmi6.38 Mb.
#1745474
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
Халкаро менежмент OQUV QOLLANMA

9.3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida TMKlar faoliyati
2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solgan global 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kunda ham dunyo iqtisodiyotiga o’z salbiy 
ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Bugun dunyo 
iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi 
hali-beri nihoyasiga yetgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”.
20
Ma’lumki, TMKlar to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TXI) oqimida muhim rol 
o’ynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida to’g’ri xorijiy investitsiyalar 
oqimlari sezilarli kamaydi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, TXIlarning global oqimlari 
2003 yildan 2007 yilgacha uzluksiz o’sib bordi va 2007 yilda rekord darajani – 1979 
mlrd dollarni tashkil qildi, 2008 yilda 14 % ga, ya’ni 1697 mlrd dollargacha, 2009 
yilda esa 900-1200 mlrd dollargacha pasaydi. 
Shunga qaramay
, 2010 yilda ularning 
asta-sekin tiklanishi va 2011 yilda qo’shimcha o’sishi kutiladi
21

Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi TMKlarni o’z investitsion dasturlarini 
qisqartirishga majbur qildi. Dastlab TXI rivojlangan mamlakatlarda 29 % pasaygan 
bo’lsa, ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda va Janubi-Sharqiy YYevropa 
hamda MDHning o’tish iqtisodiyotili mamlakatlarida mos ravishda 17 % va 26 % 
ko’payib bordi. Ularning global TXI oqimlaridagi ulushi mos ravishda 2007 yilda 27 
% va 5 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2008 yilda 37 % va 7 % gacha ko’paydi (8.7-
jadval). Biroq, 2008 yil oxiri va 2009 yil boshlarida bu mamlakatlar ham inqirozning 
ta’siridan aziyat cheka boshladilar. 


154 
8.7-jadval
1990-2008 yillarda global TXI kirib kelish hajmida uchta asosiy iqtisodiy 
tizimlarning ulushi (foizda)
1990
1995
2000
2005
2006
2007
2008
Rivojlangan 
mamlakatlar
83
65,5
81
63
67
69
56
Rivojlanayotgan 
mamlakatlar
16,5
33
19
33,5
29
26
37
O’tish iqtisodiyotili 
mamlakatlar
0,5
1,5
0,5
3,5
4
5
7
Manba: World Investment Report 2008: Transnational Corporations.and the Infra-
structure 
Challenge.TNCs 
in 
infrastructure 
industries 
//New 
York 
and 
Geneva: United Nations, 2008.
Korporatsiyalar foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining keskin pasayish 
holati xalqaro qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, 
bu esa TXIlarning rivojlangan, shuningdek tobora ko’proq rivojlanayotgan 
mamlakatlarga kirib borishining asosiy usullaridan biridir. 
To’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar nisbatan uzoq muddatli va ularning asosiy maqsadi – 
ishlab chiqarish xizmatlarini moliyalashtirish va kengaytirish hisoblanadi, shu sababli 
ular bosh kompaniya tomonidan sinchiklab o’rganiladi. 
Boshqa tomondan

kompaniya ichida qayta sarmoyalangan daromad va kreditlar oqimlari TMKning 
qisqa muddatli likvidlik yoki qulay soliqqa tortishga asoslangan qiziqishi bilan 
aniqlanadi. 
2008-2009 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI kirib kelishi rivojlangan 
mamlakatlarga qaraganda kamroq kamaydi, chunki ularning moliyaviy tizimlari 
AQSh va Yevropaning bank tizimlari bilan unchalik kuchli bog’lanmagan edi. 


155 
Bundan tashqari TXI oqimlari, kapitalning portfel sarmoyalar va bank ssudasi singari 
boshqa harakatlanish shakllariga nisbatan egiluvchanroq bo’ldi, chunki TXI uzoq 
muddatli tavsifga ega. XVF mutaxassislarining fikricha, 2009-2010 yillarda 
rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI oqimlari qisqarishi davom etadi, lekin umuman 
olganda yuqoriligicha qolishi va taxminan 400 mlrd AQSh dollariga teng sof kirim 
hajmiga ega bo’lishi kutiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga portfel kapital va 
kreditlashning sof oqimlari aksincha, salbiy ko’rsatkichni namoyon qiladi (8.8-
jadval).
8.8-jadval
2000-2010 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga kapitalning sof oqimlari 
(mlrd doll) 
2000
2005
2006
2007
2008
2009
To’g’ri investitsiyalar
170
260
250
380
440
420
Sof portfel investitsiyalar
20
- 20
-110
50
-10
-90
Boshqa xususiy kapital 
qo’yilmalar
-110
15
90
200
95
-40
Taraqqiyotga rasmiy 
yordam
50
110
110
110
120
-
Manba: World Investment Report 2010: Transnational Corporations.and the 
Infrastructure Challenge.TNCs in infrastructure industries //New York and Geneva: 
United Nations, 2010. 
YUNKTAD tomonidan o’tkazilgan 2009–2011 yillar uchun Jahon Investitsion 
istiqbollar sharhi (WIPS) ko’rsatishicha, eng katta hajmdagi jahon TXI va aktsiyalar 
jamlangan Shimoliy Amerika va Yevropa Ittifoqining rivojlangan mamlakatlarida 
TMKlarning investitsion rejalarining qisqarishi kuzatiladi. 2009 yilda rivojlangan 
mamlakatlarga TXI oqimi 29 % ga, ya’ni 962 mlrd AQSh dollariga qisqardi. Bu 
asosan M&Aning xalqaro sotuvlar narhining besh yillik o’sishdan so’ng 39 % ga 
tushishi hisobiga ro’y berdi. Yevropada M&A bo’yicha xalqaro bitimlar 56 %, 
Yaponiyada - 43 % qisqardi. 


156 
2008 yilda AQShdan, Yevropa mamlakatlaridan TXIning chiqib ketishi 
kamaygan bo’lsa, faqatgina yapon TMKlari 2009 yil boshida o’zlarining TXI chiqib 
ketishini ko’paytirishga erishdi. Ular global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida 
firmalar narhining pasayishidan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib, xorijiy xaridlari 
hajmini ko’paytirdi. Yapon kompaniyalarining xalqaro M&As qiymati 2010 yilda 
rekord darajaga, ya’ni 54 milliard AQSh dollariga etdi va Yaponiyani eng ko’p TXI 
chiqib ketgan mamlakatlar guruhiga qaytardi. 
8.9- jadval.

Download 6.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling