Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


FAOL TA'SIRLI ROTATSION ISHCHI ORGANLI MASHINALAR VA KULTIVATORLARNING ASOSIY KONSTRUKTIV ELEMENTLARI


Download 0.9 Mb.
bet2/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

FAOL TA'SIRLI ROTATSION ISHCHI ORGANLI MASHINALAR VA KULTIVATORLARNING ASOSIY KONSTRUKTIV ELEMENTLARI


Faol ta'sirli rotatsion ishchi organli mashinalar

Rotatsion ishchi organlar murakkab harakat qiladi; ya'ni mashina bilan birga ilgarilanma (ko'chirma) va unga nisbatan aylanma (nisbiy). Bu ishchi organlarning aylanma harakati ularga quvvat olish validan (QOV) aylanma moment berilishi natijasida yuz beradi. Bu ishchi organlarga quvvat kelishini rostlashga va uni ishlov beradigan tuproqning cheklangan hajmiga kam yoki ko'p darajada jamlashga imkon beradi. Buning natijasida yetarli keng chegarada palaxsaning uvalash darajasini o'zgartirish va rotatsion ishchi organlarni chimli tuproqlarga ishlov berish uchun qo'llash imkoniyati paydo bo'ladi.


Rotatsion ishchi organlar bilan jihozlangan mashinalar qatoriga rotatsion pluglar, frezalar, kesgichlar, shtangali kultivatorlar kiradi. O'zbekistonda bulardan frezalar eng ko'p qo'llaniladi (83-rasm).
Vazifasi bo'yicha frezalar quyidagi turlarga bo'linadi: botqoqbop, o'rmonbop, dalabop, bog'bop va chopiq (qator oralariga ishlov beradigan). Traktor bilan bog'lanish usuliga ko'ra frezalar osma va tirkama bo'ladi.

v
83-rasm. Frezalar.
a - ishchi organ (baraban); b - frezaning umumiy ko'rinishi; v - frezali kultivatorning seksiyasi; 1 -val; 2 - pichoqlar; 3 va 4 - disklar; 5 - osma; 6 va 7 - reduktorlar; 8 - g'ilof; 9 - panjara; 10 -chuqurlikni (tayanch g'ildirakni balandlik bo'yicha holatini) sozlagich; 11 - tayanch g'ildirak; 12 -transmissiyali valdagi saqlagich mufta; 13 - uzatgich korpusi; 14 - disk; 15 - pichoq; 16 - g'ilof (yechilgan); 17 - etak.

Botqoqbop frezalari butazor va botqoqlangan dalalarni o'zlashtirilganda qo'llaniladi. Ular bir-ikki o'tishda o't bilan qoplangan tuproqni maydalaydi va uni ekishga bir o'tishda tayyorlaydi. O'tzor va o'tloqlarni frezalar yordamida tubdan yaxshilash ekilgan va tabiiy o'tlarning hosildorligini ancha oshiradi. Frezerlash bilan kulrang og'ir tuproqlarni madaniylashtirish (ekin ekishga tayyorlash) ildizli mevalarning va kartoshka hosildorligini oshiradi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling