Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet9/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Dalabop diskli boronalar haydalgan dala yuzasidagi chimli palaxsalarni va kesaklarni maydalash, kuzgi shudgorga bahorda ekish oldidan ishlov berish, ba'zi bir hollarda esa ekilmagan shudgorni kultivatsiya qilish, angizga ishlov berish va o'tzorlarni jonlashtirish uchun qo'llaniladi. Ishlov berish chuqurligi 6-10 sm, disklar diametri 450-500 mm, disklar orasidagi masofa 165-180 mm, harakat yo'nalishiga nisbatan disklarni o'rnatish burchagi a = 10-22°.
Odatda, dalabop boronalar ikki izli simmetrik bo'ladi. Ammo oxirgi paytda quvvatli traktorlar bilan agregatlash uchun ikki izli nosimmetrik boronalar ham qo'llanilayapti. Kam quvvatli traktorlar bilan qamrash kengligi kichik bo'lgan osma boronalar qo'llaniladi. Quvvatliroq traktorlar bilan ishlash uchun qamrash kengligi 4 m gacha bo'lgan qattiq konstruktsiyali va qamrash kengligi 10 m gacha bo'lgan sharnirli konstruktsiyali ramali tirkalma diskli boronalar qo'llaniladi. Bu turdagi boronalar yo'llarda pnevmatik gupchakli g'ildiraklar bilan harakatlantiriladi. Borona ishchi holatdan transport holatga gidrotsilindrlar yordamida o'tkaziladi.




b


b




Diskli batareyalarning bog'lanish sxemasi.
Bog'bop boronalar asosan tirkalma nosimmetrik, bu esa boronani tortish chizig'ini ko'ndalang yo'nalishda siljitishni ta'minlaydi, shuning uchun traktor bu borona bilan bir xil qamrash kenglikdagi simmetrik diskli boronaga nisbatan bog' daraxtlari qatoridan uzoq masofada harakat qilishi mumkin.
Bog'bop boronalar mevali daraxtlar qator oralig'ida tuproqni yumshatish va begona o'tlarni o'ldirish uchun qo'llaniladi.
Bog'bop boronalarning o'rnatish burchagi va disklarining diametri dalabop boronalarnikidan katta (disklar diametri 560 mm gacha; a=15-25°).
Bog'bop borona qayta o'tganda uning ishlov berish chuqurligi 14 sm gacha bo'lishi mumkin.
Og'ir yoki botqoqbop diskli boronalar 25 sm chuqurlikgacha quritilgan botqoqlarga birinchi ishlov berish va butazor-botqoq pluglari bilan ko'tarilgan palaxsalarni bo'laklash uchun qo'llaniladi.
Bu turdagi boronalar odatda tirkama ikki izli simmetrik bo'ladi. Ba'zida bir izli osma boronalar ham qo'llaniladi. Disklar orasidagi bo'shliqqa chimlar va butalarning shoxlari tiqilib qolmasligi uchun og'ir boronalarning disklari diametri 560-660 mm, disklar orasidagi masofa esa 230-280 mm. Bu turdagi boronalarda disklarning batareyasi oldida butalarning shoxlari yig'ilib qolmasligi uchun kesik disklar o'rnatiladi. Kesiklar uchburchak shaklida bo'lib, disk tig'ining butun uzunligi bo'yicha teng masofalarda joylashgan, ularning soni 8-12. Disklarning o'rnatish burchagi 10-20°.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling