Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Disklarning o'rnatish parametrlari va ularni tuproqqa ishlov berish sifatiga ta'siri


Download 0.9 Mb.
bet17/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Disklarning o'rnatish parametrlari va ularni tuproqqa ishlov berish sifatiga ta'siri
O'rnatish parametrlari qatoriga quyidagilar kiradi: diskning aylanish tekisligi va qurolning (boronaning) ilgarilanma harakati yo'nalishi o'rtasidagi burchak (yo'nalish burchagi) va diskning aylanish tekisligini tikdan og'ish burchagi yoki diskning aylanish o'qi bilan gorizontal (yotiq tekislik) orasidagi burchak. Ikkala parametr texnologik ahamiyatga ega. Masalan, yo'nalish burchagi qancha katta bo'lsa, shuncha begona o'tlar yaxshi qirqiladi, tuproq jadal va chuqurroq yumshatiladi va begona o'tlarning urug'lari ko'miladi. Boronalar uchun yo'nalish burchagi 6=10-22°.
Ish jarayonida har bir disk tuproqda novsimon tub hosil qilib palaxsani (qirindini) qirqadi (79-rasm). Novlar orasida h balandlikli o'rkach (qirra) hosil bo'ladi.
O'rkachlar balandligiga masofa b va burchak 6 dan tashqari disk diametri ham ta'sir qiladi. Boronalarning boshqa diskli qurollarga (masalan, lushchilniklarga) nisbatan yo'nalish burchagi 6 kichik bo'lgani uchun b=a shartni bajarish uchun disklarni haddan tashqari yaqinlashtirish talab etiladi. Shuning uchun boronalar ikki izli qilinadi. Bunda orqa batareyalarning disklari oldingi batareyalarning disklariga nisbatan b/2sos6 masofaga suriladi.
O'rkachlar balandligidan tashqari, disklar ishining muhim ko'rsatkichi begona o'tlar va o'simlik qoldiqlarini to'liq kesilishidir. Yo'nalish burchagini oshishi bilan kesilmagan begona o'tlar soni kamayadi. Tezlikni 2 m/s gacha oshirganda kesilmagan begona o'tlar soni kamayadi, tezlikni undan kattaroq oshirganda esa ko'payadi.
Ishlov chuqurligi tezlikni oshirganda kamayadi, yo'nalish burchagini kattalashtirganda esa kattalashadi.
Yuqori tezliklarda ishlash uchun diskli ishchi organlar yaroqsiz, chunki tezlik oshishi bilan tuproqni uzoqqa otish keskin oshadi. 2 m/s dan katta bo'lmagan tezliklarda ishlash maqsadga muvofiqdir.
Disklarning kuch tavsifi
Ish davrida sferik diskning tig'i, faskalari va ishchi yuzasiga tuproq qarshiligining elementar kuchlari ta'sir qiladi. Elementar kuchlar kuch va momentga yoki ikkita kesishadigan kuchlarga keltirilishi mumkin. Bu kuchlardan biri R1 tekislikda yotadi va taxminan diskning aylanish o'qidan o'tadi (80-rasm).






Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling