Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet10/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

G'altaklar va g'ildiraklar
G'altaklar ishchi organlar qatoriga kiradi, chunki ular texnologik operatsiyani bajarish uchun, ya'ni tuproqni zichlash uchun mo'ljallangan, g'ildiraklar esa yordamchi, xizmatchi organlarga kiradi, chunki ular tayanch yoki bir vaqtda tayanch va mashinani harakatlantiruvchi vazifani o'taydilar. Ularni geometrik shaklining bir xilligi (ular asosida aylanadigan gorizontal o'qli tsilindr yotadi) va tuproqqa ta'siri xarakterining o'xshashligi birlashtiradi.
G'altaklar tuproqqa ekishdan oldin va ekishdan keyin ishlov berish uchun qo'llanilishi mumkin. Ular ekishgacha dala yuzasini tekislash, kesaklarni parchalash, asosiy ishlov berishdan keyin joylashmagan tuproqni zichlash uchun qo'llaniladi. Ekishdan keyin g'altaklar yuqori qatlamni zichlab, urug'larni tuproq bilan bog'lanishini yaxshilaydi, natijada o'g'itlar tezroq unib chiqadi. Qurg'oq hududlarda tuproqni zichlash undagi namni bug'lanib ketishini kamaytiradi.
Vazifasi bo'yicha dalabop va botqoqbop g'altaklarga bo'linadi
G'altaklar tekis tsilindrik yoki tuproqqa intensiv ta'sir qilish uchun mo'ljallangan har xil turdagi xivichlar, radial va o'q bo'yicha bo'rtiqlar bilan jihozlangan ayrim halqa va disklardan tashkil topgan bo'lishi mumkin.
Shuning uchun yuzasining shakli bo'yicha tekis tsilindrik, tekis chiziqli, halqali (ponasimon), halqali tishli, halqali tepkili, boronasimon va xivichli g'altaklar bo'ladi.
Botqoqbop g'altaklar o'tzorlarni va quritilgan botqoqlarni bosish uchun qo'llaniladi.
Dalabop g'altaklar tuproqni zichlash va tekislash, kesaklarni maydalash, tuproq va muz qatlamlarini parchalash, mayda urug'larni ko'mish, ko'k o'g'itlarni ko'mishdan oldin ezish va tuproq eroziyasiga qarshi kurash maqsadida yuzaga mos profil berish uchun qo'llaniladi.
Dalabop tekis tsilindrik g'altaklar (71a-rasm) tuproqning yuza qatlamini zichlash va tekislash, sovuq ta'sirida yumshagan tuproqlarda kuzgi ekinlarni hamda yashil o'g'itlarni bahorda bostirish (molalash) uchun qo'llaniladi.
Tekis g'altaklar kesaklarni maydalaydi, biroq, ularni tuproqqa bosadi. Umumiy ishlarga mo'ljallangan tekis tsilindrik g'altak ichi kovak baraban bo'lib, uning ichki bo'shlig'i tuproqqa bosimni ko'paytirish uchun suv bilan to'ldirilishi mumkin. Barabanning diametri, odatda 700 mm, uzunligi 1400 mm, sig'imi 500 dm3, quyilgan suvning miqdoriga qarab solishtirma bosim g'altakning 1 sm uzunligiga (qamrash kengligiga) 23 dan 60 N gacha o'zgaradi. Bunday g'altaklar bir nechta seksiyalardan iborat bo'lishi mumkin.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling