Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet5/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Prujinali ilgaklar (84v-rasm) mayda toshlar va ildizlar ko'p bo'lmagan tuproqlarga ishlov berish uchun ishlatiladi, ular qattiq tuproqlarga ishlov berish uchun yaroqsiz.

Yumshatuvchi iskanalar yoki dala ilgaklari (84g-rasm) mineral, eskidan shudgorlanib kelingan, o'simlik qoldiqlari bo'lmagan tuproqlarni yumshatish uchun asosiy va ekish oldidan ishlov berishda qo'llaniladi. Ular rivojlangan uvalash burchagiga ega bo'lganligi uchun tuproqni jadal yumshatadi, ammo ifloslangan tuproqlarda ularga o'simlik qoldiqlari oson tiqilib qoladi. Kesish qismining qamrash kengligi 25-55 mm. O'zMEI olimlari tomonidan paxta hududlari uchun frezali kultivatorga bir qator ishchi organlar (85-rasm) ishlab chiqilgan. Tekshirishlar natijasida tajribaviy ishchi organ (85III-rasm) eng samarali deb topilgan.


Boronalar
Boronalar tuproqqa yuza ishlov beradigan qurollardir. Ular tuproqning yuqori qatlamini yumshatish, dala yuzasini tekislash, qatqaloqni parchalash, kesaklarni maydalash, begona o'tlarni yo'qotish, urug' va o'g'itlarni ko'mish uchun ishlatiladi. Boronalar ishchi organlarining konstruktsiyasiga ko'ra tishli va diskli bo'ladi. Agregatlash usuliga qarab tirkama va osma boronalarga ajratiladi.
Tishli boronalarning tasniflanishi va ularning konstruktsiyasi elementlari
Tishli boronalar eng oddiy qurollar hisoblanadi. Bunday boronalarning ishchi organi tish ko'rinishida bo'lib, ikki yoqli pona kabi ishlaydi: oldingi qirrasi bilan tuproqni yoradi (kesadi), yonbosh qirralari bilan esa uning zarralarini ikki tomonga suradi, ezadi va aralashtiradi va katta kesaklarni parchalaydi. Tishlar konstruktsiyasiga ko'ra to'g'ri, panjali va prujinasimon egilgan ustunli bo'ladi. Kvadrat kesimli tishning uchi qiya kesilgan. Tishli boronalar bilan tuproqqa 3-10 sm chuqurlikka ishlov beriladi.



Tishli boronalarni tasniflanishi.
Tishli boronalar vazifasiga ko'ra dala va o'tzorlarga mo'ljallangan boronalarga ajratiladi.
Dalabop boronalar ishchi organlarining ramaga berkitish usuliga qarab qo'zg'almas (bikr) tishli, sharnirli va prujinasimon tishli boronalarga ajratiladi (69-rasm). Qo'zg'almas tishli boronalar bitta tishiga to'g'ri keladigan og'irligiga qarab yengil (bitta tishiga 5-10 N og'irlik), o'rtacha (bitta tishiga 10-20 N) va og'ir (bitta tishiga 20-30 N og'irlik) boronalarga bo'linadi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling