T\r
|
Talablar
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
1.
|
Ilmiy asoslangan bo’lishi lozim
|
Boshqaruv qarorlari muayyan faoliyat holatini tahlil qilishdan kelib chiqib, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlarining negizida qabul qilinishi kerak. Har qanday boshqaruv qarori jiddiy maqsad yo’nalishiga ega bo’lishi, paydo bo’layotgan muammolarni yechmog’i kerak.
|
2.
|
Bir-biri bilan aloqador bo’lishi kerak.
|
muayyan vazifani hal etishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim. Barcha qarorlar, ko’rsatmalar, nizomlar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
|
3.
|
Huquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim
|
Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo’g’inlarida huquq hamda javobgarlik ko’lami va nisbati to’g’risida borayapti. Huquqlar katta bo’lib, mas’uliyat kam bo’lsa ma’muriy o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yo’l ochiladi. Huquq kam, mas’uliyat katta bo’lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi.
|
4.
|
Aniq va to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi kerak.
|
Har qaysi qaror aniq manzilga ega va bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. Qarordan birgina ma’no kelib chiqishi uni turlicha tushunish mumkinligiga yo’l qo’ymaslik kerak.
|
5.
|
Vaqt bo’yicha qisqa bo’lishi kerak.
|
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
|
6.
|
Vaqt bo’yicha aniq bo’lishi mumkin
|
Rahbar o’z qo’l ostidagilarga bajarish muddatini aniq ko’rsatmasdan topshiriq berishi mumkin emas. Aks holda u topshiriqning bajarilishini ob’yektiv ravishda nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
|
7.
|
Tezkor bo’lishi kerak
|
Bunday qarorlar o’z vaqtida, o’sha zamonoq, ya’ni ishlab chiqarishda vaziyat shuni talab qilgan vaqtning o’zidagina qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilishning har ikkisi ham zararlidir.
|
8.
|
Samarali bo’lishi kerak
|
Qabul qilingan qarorning samarasi deganda qo’yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.
|