Бошқарув қобилиятини шакллантириш


«lider» va «rahbar» tushunchalari


Download 0.49 Mb.
bet2/30
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1410253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
BKSH javoblar hammasi

«lider» va «rahbar» tushunchalari o`rtasidagi farqlar haqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:

  • lider - guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar - shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;

  • liderlik kichik guruhlardagina xos bo`lgan hodisa bo`lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkni;

  • agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo`ladigan hodisadir;

  • liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo`nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi;

  • rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo`q bo`lgan jazolash va rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sirini o`tkazishi mumkin. Bu psixologik ta’sir shundayki, biron-bir manfaatni ko`zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko`tarinki ruh bilan rag`batlantirib mukofatlab tursa, o`sha yerda xodimlar o`zlari bilmagan holda boshliqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishada;

  • lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko`rsatmalar, tashabbuslarni o`z ixtiyoricha, bevosita chiqarish mumkin. Rahbarda esa bu yo`nalishda ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar - bular doirasidan chiqib ketishi qiyin. Ko`p hollarda rahbar lider uslubini qo`llasa, bu jamiyat tamonidan «o`zboshimchalik», «qonunga bo`ysunmaslik» deb qoralanadi;

  • liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshiriladi, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakil bo`lgani uchun vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.




        1. Лидерликнинг ўзига хос услублари


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling