Бошқарув қобилиятини шакллантириш


Бошқарув персонали меҳнатини ташкил этиш моҳияти


Download 0.49 Mb.
bet6/30
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1410253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
BKSH javoblar hammasi

26.Бошқарув персонали меҳнатини ташкил этиш моҳияти
Boshqaruv mehnati - bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir.
Boshqaruv mehnati g’oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Boshqaruv mehnatini, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iboratdir:

  • vazifani qo’yish;

  • qo’lda va kompyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish;

  • axborotlarni tahlil qilish;

  • axborotlarni guruhlarga ajratish(qo’lda yoki kompyuterdan foydalanish bilan);

  • kompyutersiz eng oddiy hisoblashlar;

  • kompyuterni qo’llash bilan hisob-kitoblar;

  • qarorlarni tayyorlash;

  • qarorlarni yakka holda qabul qilish;

  • qarorlarni jamoaviy qabul qilish;

  • hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.

Boshqaruv mehnatining yana bir xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko’ra ma’muriy – boshqaruv xodimlariga, qoidaga ko’ra, ayniqsa qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko’proq darajada asabiy tuyg’uli harakatlarni sarflashga to’g’ri keladi.
Boshqaruvda, mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjuddir. Bunday taqsimot boshqaruv ob’yektlarini farqlanishi sababli paydo bo’ladi. Boshqaruv ob’yekti sinflari, turlarini farqlanishi boshqaruvni iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan ob’yektning turiga ko’ra boshqaruvchilarni ixtisoslashishlari zarurligiga olib keladi. Boshqaruv faoliyatining turlari, boshqaruv mutaxassisliklari bo’yicha taqsimlash mavjud, masalan, tahlilchilar, rejachilar, hisobchilar va menejerlarga ajratiladi.
Boshqaruv mehnati bilan band bo’lgan xodimlar tomonidan bajariladigan ishlar, operatsiyalar, tadbirlarning aniq mazmuni nuqtai nazaridan ularning boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdagi rollari ham boshqaruv xodimlarining har xil guruhlariga ajratiladilar. Bunday bo’linish ayrim operatsiyalarning murakkablik darajasi, kasbiy mahoratga talablar, qarorlarni qabul qilishdagi vakolatlarni aks ettiradi.
Boshqaruvda to’g’ridan-to’g’ri yoki vositali ishtiroq etuvchi, ba’zida “oq yoqalilar” nomi bilan mashhur bo’lgan rahbarlar, xizmatchilar bajarilayotgan vazifalarning xarakteri va mazmuniga ko’ra uchta kategoriyaga bo’linadilar:

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv ta’sirlarini bevosita amalga oshirish vakolatlarini olgan rahbarlar(menejerlar);

  • boshqaruv xizmatlari apparati xodimlari shaxsidagi mutaxassislar, amaldorlar, ular boshqaruv ob’yekti haqidagi axboratlarni tahlil qiladilar, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, muhokama qilish, tanlashda ishtirok etadilar, boshqaruvchilar uchun tavsiyalar tayyorlaydilar;

  • boshqaruvchilar va mutaxassislarga xizmat ko’rsatuvchi, boshqaruv jarayoni va uning ishtirokchilarini ta’minlash bo’yicha yordamchi operatsiyalarni bajaruvchi texnik ijrochilar.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling