Бошқарув қобилиятини шакллантириш


Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish (ma’muriy) uslubi


Download 0.49 Mb.
bet5/30
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1410253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
BKSH javoblar hammasi

Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish (ma’muriy) uslubi. Tashkiliy farmoyish uslubi ko’proq rasmiy vakolatlar orasidagi munosabatlarga asosan ichki tartib, buyruqlar va ko’rsatmalarga rioya qilishni o’z ichiga oladi. Bu uslub hokimiyatga, personalga imtiyozlar berish va jazo choralari ko’rishga asoslangan.
Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish uslubi boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish usullaridan iborat. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, ta’lim tizimiga oid qonunlar, qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va ularning ijrosini ta’minlashga asoslanadi.
Davlatning maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o’tkaziladi. Tashkiliy-farmoyish uslubini qo’llash asosini boshqaruvning barcha tamoyillariga rioya qilish tashkil etadi.

        1. Бошқарувнинг ижтимоий-психологик услуби

Ijtimoiy-psixologik usullar ta’sir ko’rsatishning alohida insonlar yoki guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, shaxsiy ta’sir, o’rnak va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Ya’ni, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik uslubi - bu xodimlarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarishdir.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash muassasada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish, xodimlarning asab tizimi va kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib xodimlarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati va muassasadagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat hisoblanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.


        1. Бошқарув субъекти хақида тушунча беринг

O ‘zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lgan boshqaruv obyektlari va subyektlari faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi.
Boshqaruv subyektlariga boshqarishni amalga oshiradigan tashkilotchilar, rahbarlar, turli soha boshliqlari kiradiBoshqaruv subyekti turli ma'muriy ko‘rsatmalar, xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalami boshqaruv obyektiga uzatadi.


        1. Бошқарувнинг маъмурий усуллари нимага асосланади

Boshqaruvning ma’muriy usullari asosan qonunlarga asosolanadi, boshqaruv jarayonida to’liq qonuniy bo’lgan harakatlar amalga oshirish. Bunda rahbarning har bir harakati qonun doirasi bo’lib aniq ish ko’radi va qoidalarga qatiiy amal qiladi. Faoliyatga Ma’muriy ta’sir etish tashkiliy shakllarining ikki turi mavjud: tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash. Tashkiliy reglamentlash vositasida boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlar o’zaro ta’sirining maqbul nisbati belgilanadi, tashkiliy tizimda va har bir boshqaruv darajasida boshqaruv chegaralarini aniqlash imkoniyati vujudga keladi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib xodimlarning lavozim vazifalari haqidagi yo’riqnomani ko’rsatish mumkin.


        1. Бошқарувнинг қайси усуллари бизда кейинги пайтларда кўпроқ ривожланган

Bugungi kunda rahbarlarning inson ruhiy xususiyatlarini shakllanishi va rivojlanishi, uning qiziqish va qobiliyati, temperament va fe’lini aniqlash bo’yicha psixologik bilimga ega bo’lishlari talab etilmoqda. Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni yaxshi bilish va har bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, yosh kadrlar bilan ishlashda muhim. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo’li bilan kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish kiradi. Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo’llash kichik guruhdagi ishchilar o’rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash imkonini beradi.

        1. Бошқарув мехнатининг тавсифи

Boshqaruv mehnati - bu ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir.
Boshqaruv mehnati g’oyatda turli tumandir, shu sababli ushbu mehnatning mazmunini ta’riflovchi operatsiyalar va tadbirlarni aniq tasniflash, turlarga ajratish qiyindir. Boshqaruv mehnatini, hammadan avval, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida eng xarakterli operatsiyalarini ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iboratdir:

  • vazifani qo’yish;

  • qo’lda va kompyuterdan foydalanish bilan axborotlarni qidirish;

  • axborotlarni tahlil qilish;

axborotlarni guruhlarga ajratish(qo’lda yoki kompyuterdan foydalanish bilan);

  • kompyutersiz eng oddiy hisoblashlar;

  • kompyuterni qo’llash bilan hisob-kitoblar;

  • qarorlarni tayyorlash;

  • qarorlarni yakka holda qabul qilish;

  • qarorlarni jamoaviy qabul qilish;

  • hujjatlarni rasmiylashtirish, xatlarni tuzish va h.k.

Boshqaruv mehnatining yana bir xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko’ra ma’muriy – boshqaruv xodimlariga, qoidaga ko’ra, ayniqsa qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko’proq darajada asabiy tuyg’uli harakatlarni sarflashga to’g’ri keladi.


        1. Бошқарув мехнатни илмий ташкил килиш нимага асосланади

olimlar asarlarida shakllangan “mehnatni ilmiy tashkil qilish” tamoyillari ko’p yillar davomida mehnatni texnokratik boshqarishning asoschisi bo’lganlar. Birinchi navbatda bu rahbarlikni yakka xodimga qaratish; mehnatni tashkil qilish va rag’batlantirishga me’yoriy yondoshishni kiritish; mehnat jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishni tashkil qilish; xodimlarni tanlab olish va tayyorlashni o’tkazish; boshqaruv faoliyatiga mehnat taqsimotini kiritish va ixtisoslashtirilgan xodimlar bo’linmalarini ajratish haqidagi qoidalardir.

        1. Бошқарув меҳнатини қандай турлари мавжуд

Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin: evristik, ma’muriy va operator mehnati.


Evristik mehnat- bu hammadan avval rahbarlar va mutaxasislarning mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatining tabiati, ularning psixofiziologik mohiyatini to’liq darajada aks ettiradi.
O’zining mazmuniga ko’ra evristik mehnat operatsiyalarning ikkita turidan tashkil topadi: tahliliy va konstruktiv.
Ma’muriy mehnat - bu aqliy mehnatning o’ziga xos turi bo’lib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va hulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat bo’ladi.
Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy–ma’muriy operatsiyalarni bajarishda vujudga keladi: xizmatli kommunikatsion (og’zaki axborotni telefonda so’zlashishlar yo’li bilan uzatish va qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul qilish, korxona doirasida harakatlanishlar); yo’riqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga og’zaki farmoyishlar, yozma bo’yruqlar, ko’rsatmalar berish yo’li bilan yetkazish;
Operator mehnati - bu asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur bo’lgan stereotipli (bir xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo’yicha mehnatidar.
Ta’qidlash kerakki, ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni o’zgarmasdan qolmaydi. Ta’qiqotlarning ko’rsatishiga, hisob, axborot va hujjatli operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70% gachasini egallaydi.


        1. Бошқарув мехнатни илмий ташкил қилишнинг йўналишлари кандай

Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi:

  • xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko’lamlarida, va ham har bir bo’linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;

  • xodimlarni tanlash va joy joylariga qo’yish va lavozimli vazifalarga muvofiq ularning malakalari darajasini ta’minlash;

  • boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo’yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibidagi va uni muxandisi–texnik ta’minlash bo’yicha faoliyatini tashkil qilish;

  • ish joylarini tashkil qilish va jihozlash;

  • ishning ilg’or usullaridan foydalanish;

  • mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;

  • mehnatni me’yorlashtirish;

  • boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish;

  • mehnatni rag’batlantirish.



        1. Бошқарувда эътибор қаратиладиган асосий масалалар

Boshqaruv vazifalarini bajarish, yakka shaxslar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi o’zaro hamkorliklar, kommunikatsiyalar va axborotlarni almashtirish vositasida amalga oshiriladi. Axborot va kommunikatsiya tushunchalari o’zaro bog’langanlar, ammo kommunikatsiya o’z ichiga nimani uzatilishi (axborotni) va u qanday uzatilishini oladi.
Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi operatsiyalar va tadbirlarni bajarilishi bilan bog’liqdir:

  • axborotlarni olish, tekshirish va ishlab chiqish;

  • qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • ularni bajarilishini nazorat qilish va tuzatishlar kiritish;

  • bajarilgan qarorlar bo’yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va saklash.



        1. Меҳнат вақтини режалаштиришнинг қандай асосий қоидалари мавжуд

eng qimmat boylik - vaqtdan ratsional foydalanish ta’minlanadi: yo mavjud vaqtni unumli faoliyat uchun qo’llash (eng katta mezon) yoki qo’yilgan maqsadlarga vaqtni kamroq sarflash bilan erishish (eng kichik mezon).
Rejalashtirish maqsadlarni amalga oshirishga tayyorgarlik va vaqtni turkumlashtirish (tartibga solish)ni bildiradi.
Rejalashtirishga vaqtni sarflanishini ko’payishida ularni ijro etish uchun zarur vaqt qisqaradi, bu provordida umuman vaqtni qisqarishiga olib keladi. Rejaviy davr (yil, oy, kun )ning 1%ga yaqinini rejalashtirishga sarflash tavsiya etiladi.
Shaxsiy vaqtni rejalashtirish qoidalari mavjud:
-vaqtni sarflanishini uning haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun sinchiklab rejalashtirish;
- ish kuning faqat 60% ni reja bilan qamrab olish, 20% ni ko’zda tutilmagan muammolarni hal qilish va 20% esa ijodiy faoliyatga, shu jumladan malakani oshirishga qoldirish;
-hamma vaqt boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;
-vazifalarning faqat bajarsa bo’ladigan hajmini rejalashtirish;
- rejalarning egiluvchanligini ta’minlash;

        1. Ишга доир мажлисларни ташкил этиш ва ўтказишнинг асосий қоидалари қандай

Majlislar va anjumanlar menejerlar faoliyatida muhim o’rin tutadilar.
Ular axborotlarni almashtirish, vaziyatlarni tahlil qilish, qarorlar qabul qilish zaruriyati vujudga kelgan vaqtda o’tkazilishlari kerak. Taklifnomalarni kamida majlisdan bir hafta oldin jo’natish kerak. Bunda ishtirokchilarni uning vaqti, mavzui va maqsadlari haqida iloji boricha aniqroq xabardor qilish zarur.
Majlisni aniq ma’lum vaqtda boshlash kerak. Hammadan avval ishtirokchilar bilan kun tartibi, reglament, qarorlar qabul qilish tartibi kelishib olinadi.
Shu narsa ma’lumki, ko’p sonli odamlarning birgalikdagi aqliy faoliyatining mavofiq faolligi, qoidaga ko’ra, 40 - 45 daqiqa davom etadi. Agar majlis tanaffussiz 2 soatdan ortiq davom etsa, ishtiroqchilarning 90%dan ko’prog’i, faqat u tezroq tugashi uchun har qanday qarorga rozi bo’ladilar. Agar majlisni rejalashtirishda ustivorliklar to’g’ri ma’lum bo’lsalar, unda eng muhim vazifalar, qoidaga ko’ra, majlisning boshida muxokama qilinadilar, oxirida esa faqat kam ahamiyatlilar.
Majlisni yakunlashda eng muhim ma’lumotlar va natijalarga ega qisqacha bayonnoma tuzish kerak, majlis oxirida uni ishtirokchilarga tarqatish kerak.
Vaqti vaqti bilan bo’lsa ham majlis natijalariga qaytish zarur, shu jumladan ishtirokchilari so’rovi yo’li bilan.

        1. Ташкилотда меҳнат тақсимотининг қандай турлари мавжуд

Boshqaruvda, mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjuddir. Bunday taqsimot boshqaruv ob’yektlarini farqlanishi sababli paydo bo’ladi. Boshqaruv ob’yekti sinflari, turlarini farqlanishi boshqaruvni iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan ob’yektning turiga ko’ra boshqaruvchilarni ixtisoslashishlari zarurligiga olib keladi.
bajarilayotgan vazifalarning xarakteri va mazmuniga ko’ra uchta turga bo’linadilar:

  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv ta’sirlarini bevosita amalga oshirish vakolatlarini olgan rahbarlar(menejerlar);

  • boshqaruv xizmatlari apparati xodimlari shaxsidagi mutaxassislar, amaldorlar, ular boshqaruv ob’yekti haqidagi axboratlarni tahlil qiladilar, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, muhokama qilish, tanlashda ishtirok etadilar, boshqaruvchilar uchun tavsiyalar tayyorlaydilar;

  • boshqaruvchilar va mutaxassislarga xizmat ko’rsatuvchi, boshqaruv jarayoni va uning ishtirokchilarini ta’minlash bo’yicha yordamchi operatsiyalarni bajaruvchi texnik ijrochilar.

        1. Иш фаолиятда бошқарув кадрларининг роли

Boshqaruvning Farmoyish usulining qo’llanish ko’lami boshqaruv kadrlari malakasi asosoiy rollardan birini o’ynaydi, bunda boshqaruv ularning tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog’liqdir. Muassasani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid bo’lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo’lgan huquqiy kuchga ega bo’ladi. Shu sababli barcha boshqaruv tizimlar va darajalarda tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo’ysungan holda amalga oshirilishi lozim. Har qanday takshkilotda xodimlar tashkilotning asosini tashkil etuvchi kadrlar yuqori malakali, bilimli bo’lishi bu boshqaruv jarayonlarini olib borishni anchagina yengillatadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling