Бошқарув қобилиятини шакллантириш
Download 0.49 Mb.
|
BKSH javoblar hammasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demokratik lider
- Liberal lider
Liderlik uslubi - lider yoki rahbar tomonidan unga bo`ysunuvchi yoki unga qaram bo`lgan odamlarga ta’sir ko`rsatish uchun qo`llaniladigan usul va metodlar to`plamidan iboratdir. Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo`lib, rahbarlikning uchta uslubi ajratilgan:
Avtoritar lider - barcha ko`rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq, ravshan, keskin ohangda hodimlarga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham hodimlarga nisbatan do`q-po`pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalaniladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - nima bilan bo`lsada, o`z hukmini o`tkazish. Uning nutqi aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo`ladi, biror ish yuzasidan hodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof subyektiv bo`lib, bu narsa boshliqlarning kayfiyatiga va o`sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog`liq. Demokratik lider - aksincha, bo`ysunuvchilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Ishni ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriq, odatda taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o`rtoqlarcha, do`stona munosabat sezilib turadi. Liberal lider - bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi, uning o`rniga ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi, holos. Jamoada hamkorlik yo`q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga o`xshaydi. Aniq ko`rsatmalar bermaydi. Uning o`rniga norasmiy liderlar yoki o`ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo`lgan to’shiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Раҳбарлик фаолияти қандай асосланади Rahbarlik bu – professional munosabatdir. Rahbarlar talabalari bilan ishlash tarzi urf-odatlar, tajriba va fan turiga ko’ra farqlanadi. Sharqiy Angliya Universiteti (2007), ilmiy izlanish bosqichidagi rahbarlar uchun mo’ljallangan o’zining asosiy tamoyillarida bayon etishicha: “Rahbarlik faoliyati munosabatlardagi to’g’riso’zlik, adolatlilik, javobgarlilik, hurmat, vazifalarga yondashish, talabaning mustaqil ishlay olishi hamda talabaning qiziqishlari ustida ishlash kabi intelektual tamoyillari yordamida boshqariladi”. Rahbar-talaba munosabatlarini umumlashtiruvchi muhokama usullari Taylor va Beasley tomonidan taqdim etilgan. ma’lum ma’noda Rahbar psixodiagnost bo`lishi, o`z faoliyatida psixodiagnostik metodlarni qo`llay olishi kerak. Chunki, o`zgalar psixologiyasini yaxshi bilish - ular ustidan hokimlikning usuli bo`lgani kabi, o`z shaxsiy fazilatlari va kamchiliklarini bilish, turli vaziyatlarda to`g`ri yo`l tutish zarurdir. Раҳбарликнинг қандай асосий иш услублари мавжуд Раҳбарликнинг авторитар (автократик, директив, маъмурий) услуби. Ҳокимиятнинг ҳаддан ортиқ марказлашуви, корхона фаолиятига доир барча масалаларни раҳбар томонидан ҳал қилиниши, ходимлар билан алоқанинг чекланганлиги билан характерланади. Бошқарувдаги асосий усуллари – буйруқ бериш, талаб қилиш, санкциялар эълон қилиш, мукофотлардан маҳрум қилиш va boshqalar. Раҳбарликнинг демократик (жамоавий) услуби. Мазкур услуб раҳбарликнинг демократик тамойилларига асосланади. «Демократ» раҳбар – мақсадга интилувчан, босиқ, кўпчиликнинг фикрига таянадиган, ўз ходимларини оқилона тарбиялайдиган киши ҳисобланади. Бундай раҳбарлик услуби амал қиладиган ташкилотларда ваколатларнинг юқори даражада номарказлашуви, қарорлар қабул қилишда ходимларнинг фаол иштироки кузатилади. Раҳбарликнинг либерал (нейтрал, бетараф) услуби. Ушбу услубда раҳбар ходимлар олдига муаммони қўяди, уларга иш шароитларини яратиб беради, ҳал қилиш чегараларини белгилайди, ўзи эса иккинчи даражага ўтиб олади. У ўзида маслаҳатчи, ҳакам, эксперт, олинган натижаларни баҳоловчи функцияларини сақлаб қолади. Рахбарлик турларининг ўзига хос хусусиятлари
Раҳбар фаолиятида нутқ маданиятининг аҳамияти Har bir ofis ishchisi ish kuni davomida duch keladigan ko'plab vaziyatlar mavjud, bunda notiqlik muhim ahamiyatga ega: rahbariyat oldida yig'ilishlarida bajarilgan ishlar to'g'risida hisobot berish. Natijalarning grafik taqdimoti asosida nutq tushunarli tushunarli bo’lishi kerak. Muayyan kompaniyaning muvaffaqiyati taassurotga bog'liq. Xodimlari o'rtasidagi yig'ilishda hisobot. Ishning samaradorligi va tegishli qarorlarni qabul qilish tezligi ishchilarning vazifalarni qanday bajarishi va fikrlarni qanday shakllantirishi mumkinligiga bog'liq. Taqdimot va hisobot aniq va qisqa bo'lishi kerak. To’satdan vujudga keladigan uchrashuvlar. Suhbat, muzokoralar olib borish. Замонавий раҳбарларга куйиладиган талаблар Zamonaviy rahbarga qo’yiladigan talablar haqida gap ketkanda bir qator sifatlarni sanab o’tishimiz mumkin. Masalan: Aratorlik qobiliyati Insoniylik Yuqori bilim Katta tajriba To’g’ri qaror qabul qila olish Uzoqni ko’ra olish Ularning barini birlashtirib sohaviy bilimlar sifatida ko’rib chiqamiz Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling