Бошқарув қобилиятини шакллантириш


Мотивацияни бошқарув жараёнидаги ахамияти нимада


Download 0.49 Mb.
bet12/30
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1410253
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
BKSH javoblar hammasi

34. Мотивацияни бошқарув жараёнидаги ахамияти нимада
Motivatsiya - o’zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yo’qmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo’rqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar.
XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, unga ko’ra, odamlar hamma vaqt ham ularga ko’proq pul ishlab topish imkoniyati berilganda yaxshiroq ishlaydilar, ya’ni motivatsiya qilinayotgan harakatlarni pul mukofotlariga almashtirilishi bilan tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlarda bunday yondoshuvni asossizligi aniqlab berilgan va motivatsiya ehtiyojlarning murakkab yig’indisining natijasi ekanligi ko’rsatilgan. Xodimlarni rag’batlantirish uchun rahbarga ularning ehtiyojlarini aniqlash zarur, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar.
Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin:

  • iqtisodiy motivatsiya usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar, foydalarda ishtirok etish, aksiyalar paketi , qo’shimcha ish haqi va boshqalar;

  • ijtimoiy motivatsiya usullari- ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k;

  • psixologik motivatsiya usullari- shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, zararlilik, keraksizlik va boshqalar;

  • hukmronlik motivatsiya usullari- lavozimini oshirish, qo’shimcha vakolatlar berish va boshqalar;

  • ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari- ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k;

  • ma’naviy motivatsiya usullari- shaxsiy yoki ommaviy tan olish, maqtov va tanqid;

  • xodimni jalb qilish usuli (partisipativ usul);

  • motivatsiya va undovlarni o’rganish sabablari- eksperimental usullar, hulqni va uning sabablarini boshqa tomonidan baholash usullari, o’rganish usullari (suhbat, so’rov, anketa to’ldirish) va boshqalar.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling