Boshi boshqaruv madaniyatining
Tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan o’zgaruvchan ish sharoitlari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu IM
Tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan o’zgaruvchan ish sharoitlari
9 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 300-304-bet. 10 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 298-299-bet. 2 44 Hech bir tashkilot yo’qki, u o’zining biron bir ish uslubi yoki ish hsaroitlariga ega bo’lmasa. Har qanday tashkilot hajmi yoki moliyaviy qudratidan qat’iy nazar foydalanadigan ish ko’lami hamda sharoitlarini yaratadi va ulardan foydalanadi. Tashkilotlarning ish uslubi va shroitlaridan kelib chiqgan holda u yerda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning ham ish sharoitlari mavjud bo’lib, ular ham vaqti vaqti bilan ob’yektiv va sub’yektiv omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Konsultant Keyer Patelning ish shakli mustasnolikdan normal holatga aylanmoqda. So’nggi konsultatsiya vaqtida uning stolida uchta soat turgan edi: birinchisida Manila vaqti (bu erda uning dasturchilari joylashgan), ikkinchisida Bangalor vaqti (bu erda boshqa dasturlovchi jamoa ishlar edi), uchinchisida San- Frantsisko vaqti ifodalangan edi, bu erda esa haftasiga to’rt kun yirik IT riteyleriga savdolarni oshirish uchun yordam beradi. Uning telefonida esa Atlantaning vaqti ko’rsatilgan. Bu erda uning uyi joylashgan va har payshanba u o’z uyiga qarab yo’l oladi. Mana bunday yangi mutaxassisliklar uchun, hayot ofis va uy, ish va dam olish vaqtining qorishmasidir. Texnologiyaning rivojlanishi tufayli, bugungi kunda ish istalgan joydan turib, istalgan vaqtda bajarilishi mumkin.Tashkilotlar o’zlarining strukturaviy dizaynini yangi realliklarga moslashtirayotganligi uchun, hozirda ko’pgina kompaniyalar o’zgaruvchan ish vaqtlarini taklif qilmoqdalar.Bunday kelishuvlar nafaqat texnologiyadan ko’proq foydalanish imkonini, balki tashkilot tomonidan ishchilardan kerakli vaqtda, kerakli joyda foydalanish imkonini beradi. Bu bo’limda biz masofadan turib ishlash, intensiv ishlash, o’zgaruvchan vaqtda ishlash va ishni bo’lishish kabi turlarni ko’rib chiqamiz. Biz ko’rib chiqqan boshqa strukturaviy shakllar kabi, menejerlar bunday ishlash turlarini ham kommunikatsiya, boshliqlar bilan munosabat, natijaga erishish nuqtai nazaridan tahlil qilib chiqishlari zarur. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling