Boshi boshqaruv madaniyatining
Intensiv ish haftasi, o’zgaruvchan vaqt va ishni bo’lishish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu IM
Intensiv ish haftasi, o’zgaruvchan vaqt va ishni bo’lishish. Buyuk
Britaniyadagi so’nggi iqtisodiy inqiroz vaqtida KPMG auditorlik kompaniyasi o’z xarajatlarini qisqartirishiga to’g’ri keldi. Buning uchun esa kompaniya o’zgaruvchan ish vaqtlarini joriy qilishni taklif etdi. Kompaniyaning Flexible Futures dasturi ishchilarga quyidagi variantlardan birini tanlashni taklif qildi: 20 foiz kamroq ish haqi bilan haftasiga 4 kun ishlash, 2 haftadan 12 haftagicha ish haqining 30 foizini olish bilan mehnat ta’tiliga chiqish; bu variantlarning har ikkisi; yoki o’zlarining doimiy ish tartiblarini saqlab qolish. Britaniyaning 85 dan ko’proq ishchilari haftadagi ish kunlarini qisqartirishga rozidirlar. “Ko’plab ishchilar o’zgaruvchan ish vaqtlarini tanlaganligi tufayli, KPMG kompaniyasi ish haqi uchun harajatlarni 10 gacha qisqartirishga muvaffaq bo’ldi”. Natijalarning eng yaxshisi shu bo’ldiki, KPMG ishchilarni ishdan bo’shatishiga to’g’ri kelmadi 12 . KPMG kompaniyasi o’zining audit, soliq va konsultativ xizmatlar ko’rsatuvchi firmasi orqali o’zgaruvchan ish vaqtlarini butun dunyoga tarqatdi. Kompaniyaning Britaniyadagi ishchilari qisqartirilgan ish haftasi, ishni bo’lishish, uydan turib ishlash sharoitini ma’qul ko’rishadi. Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, hozirda o’zgaruvchan ish vaqtlarini taklif qilish juda muhimdir, chunki bunda ishchilar o’zlarining ishi va shaxsiy hayotini bir muvozanatga keltirib oladilar. Ishchilar o’z erkini taqdim qilgan holda, kompaniya eng yaxshi mutaxassislarni saralab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Mazkur misolda ko’rsatilganidek, ba’zi hollarda tashkilotlarda ishchilarning ish vaqtlarini o’zgartirish ehtiyoji tug’ulib qoladi. Bunday yondashuvning bir echimi intensiv ish haftasidir, bunda ishchilar kuniga ko’proq soat, ammo haftasiga kamroq kun ishlashadi. Buning uchun eng yaxshi misol 4 kun 10 soatdan ishlashdir.Energiya uchun xarajatlarni tejash maqsadida esa juma kunlari ofislar yopib qo’yiladi.Bir yil mobaynida ishlangan4 kunlik ish haftasidan keyin, xisob kitoblarga qaraganda, energiya uchun xarajatlar 13 foizga qisqargan, ishchilar esa 12 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 2275-280-bet. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling