Boshi boshqaruv madaniyatining
Masofadan turib ishlash. “
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu IM
Masofadan turib ishlash. “Ivi Gelb SCAN Health Plan” kompaniyasida
menejer bo’lib ishlayotganligida, o’z ishiga borib kelish uchun ertalab va kechqurun jami 1,5 soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u o’z garajini ofisga aylantirib oldi va endi masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga to’g’ri kelgan kunlarda, u o’z joyini o’ziga bo’ysunuvchi, o’zgaruvchan vaqt asosida ishlovchi 3 ta xodimi bilan bo’lishadi. Texnologiya bugungi kunda masofadan turib ishlashga imkon bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli ko’pgina tashkilotlar bunga majbur bo’lmoqdalar. Masofadan turib ishlash – bu ishchining o’z uyidan turib, ish joyiga kompyuter orqali bog’lanib ishlashidir. Garchi barcha ishlarni bu shaklda tashkil qilishning iloji bo’lmasada, ko’pgina ishlarni bu tarzda tashkil qilish mumkindir. Masofadan turib ishlash ko’pchilik ishchilar uchun o’ziga xos sovg’a bo’lishi mumkin, ammo bunday ish hammaga ham taklif qilinavermaydi. Hozirda esa, 45 ko’pchilik kompaniyalar uchun masofadan turib ishlash biznes uchun ehtiyojdir. Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasida,kompaniyaning bosh hisobchisi aytishiga qaraganda, qo’shimcha ishchilarni masofadan turib ishlash asosida ishga olish ko’shimcha o’zgarmas xarajatlar (qo’shimcha ofis xonalari, jihozlar) paydo bo’lishining oldini oldi. Qo’shimchasiga, bu qimmat yoqilg’i xarajatlaridan qochish va ko’proq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini berdi 11 . Buning ochiqchasiga qo’llanilishiga qaramasdan, ko’pchilik menejerlar ishchilarning noutbuklarga bog’lanib qolishlariga qarshidirlar.Ularning ta’kidlashicha, ishchilar ko’proq vaqtini internetni titkilash yoki onlayn o’yinlar o’ynash bilan o’tkazib yuboradilar. Natijada esa, ular o’z mijozlari va ish joylaridan uzoqlashib boradilar. Buning ustiga, menejerlarning o’zida bunday ishchilarni nazorat qilish uchun aniq javob yo’qdir.Qanday qilib ishchi bilan yuzma-yuz uchrashmasdan turib uning ishonchini qozonish mumkin? Agar ish rejalari o’z vaqtida bajarilmasa nima bo’ladi? Qanday qilib ularga ishni yaxshilash uchun maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari ishchilar uydan turib ishlayotganda ham sirligicha. Ishchilarni o’ylantiradigan asosiy jihat esa, ishdan chetda qolib ketishdir. O’z ishchilarini dunyoning turli burchaklarida joylashtirgan Accenture kompaniyasi kadrlar bo’limi boshlig’ining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni ushlab turish juda qiyindir. Shunga qaramasdan, kompaniya ishchilarning mazkur kompaniyaga tegishli ekanligi hissini saqlab qolish uchun turli xil dasturlar ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun uy va ish o’rtasidagi masofa noaniqdek ko’rinishi va bu ularni asabiylashtirishi mumkin. Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish o’rinlarini taklif qilayotganida aynan mana shu narsalarni inobatga olishlari kerak. Xo’sh, agar tashkilot o’z ishchilarini masofadan turib ishlashga undamoqchi bo’lsa, buning uchun qanday choralar qabul qilishi kerak? Eng avvalo, ular ishchilarni masofadan turib ishlashga ko’ndirishlari kerak. Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasi ishchilarning uylarida yuqori tezlikda ishlovchi internet va bepul ofis mebellarini taklif qilishdi. Boshqa ishchilarga esa ularning yoqilg’i va tushlikdan pul tejab qolishlari mumkinligi eslatib o’tildi. Yana ba’zi kompaniyalar ularning yo’l uchun yoqilg’i sarflamasligi ekologiya uchun foydali ekanligiga urg’u bermoqdalar. Ishchilarni boshqarish esa ularni o’z ish joylariga bog’langan ekanligini tushuntrish bilan bog’liqdir. 11 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 265-270-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling