Boshi boshqaruv madaniyatining


Masofadan turib ishlash. “


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1524821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-mavzu IM

Masofadan turib ishlash. “Ivi Gelb SCAN Health Plan” kompaniyasida 
menejer bo’lib ishlayotganligida, o’z ishiga borib kelish uchun ertalab va 
kechqurun jami 1,5 soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u o’z garajini ofisga 
aylantirib oldi va endi masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga 
to’g’ri kelgan kunlarda, u o’z joyini o’ziga bo’ysunuvchi, o’zgaruvchan vaqt 
asosida ishlovchi 3 ta xodimi bilan bo’lishadi. Texnologiya bugungi kunda 
masofadan turib ishlashga imkon bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli ko’pgina 
tashkilotlar bunga majbur bo’lmoqdalar. Masofadan turib ishlash – bu ishchining 
o’z uyidan turib, ish joyiga kompyuter orqali bog’lanib ishlashidir. Garchi barcha 
ishlarni bu shaklda tashkil qilishning iloji bo’lmasada, ko’pgina ishlarni bu tarzda 
tashkil qilish mumkindir. 
Masofadan turib ishlash ko’pchilik ishchilar uchun o’ziga xos sovg’a bo’lishi 
mumkin, ammo bunday ish hammaga ham taklif qilinavermaydi. Hozirda esa, 


45 
ko’pchilik kompaniyalar uchun masofadan turib ishlash biznes uchun ehtiyojdir. 
Masalan, SCAN Health Plan kompaniyasida,kompaniyaning bosh hisobchisi 
aytishiga qaraganda, qo’shimcha ishchilarni masofadan turib ishlash asosida ishga 
olish ko’shimcha o’zgarmas xarajatlar (qo’shimcha ofis xonalari, jihozlar) paydo 
bo’lishining oldini oldi. Qo’shimchasiga, bu qimmat yoqilg’i xarajatlaridan 
qochish va ko’proq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini 
berdi
11

Buning ochiqchasiga qo’llanilishiga qaramasdan, ko’pchilik menejerlar 
ishchilarning 
noutbuklarga 
bog’lanib 
qolishlariga 
qarshidirlar.Ularning 
ta’kidlashicha, ishchilar ko’proq vaqtini internetni titkilash yoki onlayn o’yinlar 
o’ynash bilan o’tkazib yuboradilar. Natijada esa, ular o’z mijozlari va ish 
joylaridan uzoqlashib boradilar. Buning ustiga, menejerlarning o’zida bunday 
ishchilarni nazorat qilish uchun aniq javob yo’qdir.Qanday qilib ishchi bilan 
yuzma-yuz uchrashmasdan turib uning ishonchini qozonish mumkin? Agar ish 
rejalari o’z vaqtida bajarilmasa nima bo’ladi? Qanday qilib ularga ishni yaxshilash 
uchun maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari 
ishchilar uydan turib ishlayotganda ham sirligicha. 
Ishchilarni o’ylantiradigan asosiy jihat esa, ishdan chetda qolib ketishdir. O’z 
ishchilarini dunyoning turli burchaklarida joylashtirgan Accenture kompaniyasi 
kadrlar bo’limi boshlig’ining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni 
ushlab turish juda qiyindir. Shunga qaramasdan, kompaniya ishchilarning mazkur 
kompaniyaga tegishli ekanligi hissini saqlab qolish uchun turli xil dasturlar ishlab 
chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun 
uy va ish o’rtasidagi masofa noaniqdek ko’rinishi va bu ularni asabiylashtirishi 
mumkin. Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish o’rinlarini taklif qilayotganida 
aynan mana shu narsalarni inobatga olishlari kerak. 
Xo’sh, agar tashkilot o’z ishchilarini masofadan turib ishlashga undamoqchi 
bo’lsa, buning uchun qanday choralar qabul qilishi kerak? Eng avvalo, ular 
ishchilarni masofadan turib ishlashga ko’ndirishlari kerak. Masalan, SCAN Health 
Plan kompaniyasi ishchilarning uylarida yuqori tezlikda ishlovchi internet va bepul 
ofis mebellarini taklif qilishdi. Boshqa ishchilarga esa ularning yoqilg’i va 
tushlikdan pul tejab qolishlari mumkinligi eslatib o’tildi. Yana ba’zi kompaniyalar 
ularning yo’l uchun yoqilg’i sarflamasligi ekologiya uchun foydali ekanligiga 
urg’u bermoqdalar. Ishchilarni boshqarish esa ularni o’z ish joylariga bog’langan 
ekanligini tushuntrish bilan bog’liqdir. 
11
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 265-270-bet. 


46 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling