Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари


Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi


Download 0.5 Mb.
bet3/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1619431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:

    • boshlang`ich sinflarning o`quv predmetlari bo`yicha o`quvchilar bilimining mavjud holati tavsifi va o`quvchilarning kreativ fikrlash faoliyatiga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlash;

    • boshlang`ich sinf o`quv interfaol metodlar va o`yinlar orqali o`quvchilarning kreativ fikrlash qobliyatini rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar berish;

    • boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativ fikrlash qobliyatini rivojlantirishda o`quvchilarning yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos holdagi innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda quyidagilarga amal qilinsa:

      • darsda o`quvchining mustaqil fikrlashi uchun zaruriy sharoitlar yaratilsa;

      • har bir darsda o`quvchilarni kreativlikka o`rgatadigan didaktik o`yinlar, mashqlar va topshiriqlardan izchil foydalanilsa;

      • ta’lim jarayonida mustaqil ishlarni izchil va muntazam o`tkazib borilsa;

      • bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`qituvchi tomonidan muammoli vaziyatlar yaratilsa, mazkur muammolarni o`quvchilarning o`zlari hal etishlari uchun imkon berilsa;

      • o`qituvchi-o`quvchi munosabatida «subyekt-subyekt» munosabati o`rnatilsa, muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar tahlili: Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity - inglizcha (ijodiy) o`rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi sifatida (N.V.Kipiaki, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov va boshqalar) qaraladi va uning o`rganilishi M.S.Bemshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K.Tixomirov, E.G.Yudin va boshqalar nomi bilan bog`liq.
Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo`nalishi
ustida g`arb olimlari: J.Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va umumlashtirib R.Xameni yozadi: «Kreativlik o`zida yangicha yo`sinda amalga oshirilgan o`zlashtirish to`lqinini (Makkelif), yangicha
aloqadorliklarni aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga sabab bo`luvchi faoliyatidir».
Ko`pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o`ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi.
E.Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli
bo`lmasligi muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlarning shakllanishi, yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996-y.) Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasida – ijodkorlik determinantlari borasida jamoa ijodkorligini boshqarishda tashkilotchilik muammosi, jamoaning funksional-rolli differensiyasi yo`nalishi bo`yicha
izlanishlar olib borilmoqda.4
Kreativlik ijodiy tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi ta’kidlanadi.
V.Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli bo`lgan obyektga qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha: «Kreativlik bilim, faoliyat va istakning uyg`unligi». Psixologiyada evristika muammosini o`rganish borasida V.N.Pushkin: «Evrestik faoliyat shunday psixologik jarayonki, uning yordamida muammo yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi, evrestik faoliyat deb ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi», degan edi.
Kreativlikning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo`luvchi psixik komplekslar tarkibi bilan bog`liq.
Kreativlikning psixologik izlanishlardagi asosiy urg`u muammolarni mustaqil yechishga undovchi, o`ziga xos katta hajmdagi g`oyalarni yuzaga keltiruvchi va ularning o`ziga xos yechimini topishga asos bo`luvchi individning intellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi. Kreativlik istisno etilgan va g`aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki izlanishlardan farqli ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs ega bo`lishi mumkin bo`lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda. Bu kreativlik muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon bo`ladi: u faqatgina har bir shaxs ham qo`lga kirita olmaydigan natija emas, balki refleksi va o`z-o`zini baholashdagi shaxsning yangicha sifat ko`rsatkichi deb o`rganilmoqda.
Tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi: “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, Davlat ta’lim standartlari; O`zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va asarlarida bayon etilgan mazkur mavzuga oid qarash hamda yondashuvlar; O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklarining qarorlari, buyruqlari, boshlang`ich ta’lim va pedagogika fani konsepsiyalari; faylasuf, psixolog, pedagog va metodistlar e’tirof etgan shaxsning aqliy tafakkurini rivojlantirish haqidagi ruhshunoslik va falsafa qonuniyatlari, milliy istiqlol g`oyasi va pedagogik texnologiya muammolari. Nazariy tahlil, o`quv jarayonini pedagogik kuzatish, anketa, savol-javob, suhbat, so`rovnoma, test, matematik-statistik tahlil, pedagogik eksperiment va boshqalar.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: To`plangan tajriba materiallarini tahlil qilish asosida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativ fikrlash qobliyatini oshirishda ta’lim jarayonining roli belgilanadi. Tadqiqot natijasida boshlang`ich sinfning o`quv faoliyatini texnologiyalashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar dars jarayonining samaradorligiga xizmat qiladi hamda ushbu tavsiyalardan bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi: Ushbu magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 bob 6 ta fasl, har bir bob bo`yicha xulosa, umumiy xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling