2.2. O`quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari
O`qish darslarida o`quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo`ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o`quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:
O`quvchilarni ijodiy faollikka chorlash
O`quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o`qituvchi eng avvalambor o`quvchilarda taqdim qilinayotgan o`quv materialiga qiziqtirish uyg`otish zarur. Buning uchun u:
Asosiy mavzuni bayon etishda o`quvchilarni qanday yo`l bilan qiziqtirishi mumkin?
-
Oddiy bo`lmagan ma’lumotlarni so`zlab berish;
Barcha o`quvchilarga to`g`ridan-to`g`ri taalluqli bo`lganlarni gapirib berish;
So`zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish;
Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish
|
3. Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish
tarzda o`quv axborotini tugatish lozim?
O`qituvchi nutqining so`ngida qo`yidagilarga amal qiladi:
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida
o`qituvchi:
O`quvchilarni obrazli fikrlashga undashi;
Aniq muammoni burro ifodalashi;
Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg`u berib ajratgan holda ifoda etishi;
Xushmuomalali va ziyrak bo`lishi;
Qo`yidagi so`z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.
Ko`rish kontakti (bog`lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
Har bir javob va taklifni doimo rag`batlanirishi maqsadga muvofiq.
Boshlang`ich ta’limda mehnat darslari ham o`quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga mo`ljallangan. Bunda tajriba – amaliy o`lchashlar, qog`oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang`ich ta’limda o`quv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak) «Kartondan guldon tikish», «Rasm uchun ramka tayyorlash», «Qush inida - qush bolasi»-applikatsiya tayyorlash», «Hajmdor gul ko`rinishini yasash», «Harakatli o`yinchoq» yasash, «Bahor» applikatsiyasini tayyorlash – bularning barchasi boshlang`ich sinf o`quvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang`ich ta’lim DTS va o`quv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko`rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o`qitiladigan 34-soatdan 7 –soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo`ljallangan. Jumladan, «Urug`lardan mozaika tuzish», «Rangli qog`ozlardan gullar yasash», «Tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash», «Milliy naqsh tikish» va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |