Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари


Download 0.5 Mb.
bet2/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1619431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi

UMUMIY XULOSA ............................................................................................80
TAVSIYA…………………………………………………..…….………………81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI........................................82



KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: «...XXI asr sivilizatsiyasiga yo`l boshlovchi ilmiy-texnika jarayoni kimda-kim o`zining intellektual imkoniyatlarini tahlil qilish, sintezlash, baholash, shuningdek, moslanuvchan aqliy va ijodiy qobiliyatlarini boshqalarga nisbatan yaxshi rivojlantira olsa o`shanga ish va mansab in’om etadi», - bu deyarli 20 yil avval yozilgan bashoratli satrlar, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qo`yilayotgan talablarni juda aniq belgilaydi.1
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan ta’lim muassasalarining barcha turlarida, jumladan, oliy o`quv yurtlarida ham o`quv-metodik adabiyotlarni, moddiy-texnik bazani, professor-o`qituvchilar tarkibini, mutaxassislar tayyorlash strukturasini yangilashga qaratilgan qayta qurish boshlandi. Lekin strukturani yangilash bilan bir qatorda ta’lim jarayonini
mazmunan yangilashni ham qo`shib olib borish zarur. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o`zgarishlar mutaxassislarning yangi avlodi egallashi
zarur bo`lgan bilimlar, malakalar va ko`nikmalarga yangi-yangi talablarni
keltirib chiqarmoqda. Bu, birinchidan, ilmiy bilimlarni ko`p talab qiladigan
texnologiyalarni keng tarqalishiga taalluqli bo`lsa, ikkinchidan, ishni tashkil
qilishdagi o`zgarishlar va o`qitish jarayonining natijalariga tegishlidir.2
Mamlakatimizda yosh-avlod ta`lim-tarbiyasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`g`il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma`naviyatli bo`lib ulg`ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2017-yil 15-iyun kuni Toshkentda bo`lib o`tgan anjumandagi nutqida “Yosh-avlod tarbiyasi – eng muhim masalalardan” ekanligiga alohida to`xtalib o`tdi. 3
Zamonaviy ta’lim tizimida ijodiy fikrlashni rivojlantirishning o`ta
muhimligini eng kamida ikkita asosiy sababi bor.
Birinchidan, ta’limining haqiqiy hayot talablaridan ajralib qolganligi, berilayotgan «tayyor» umumiy va bilimlarning amaliyotga mos kelmasligi o`quvchilarning o`qishga bo`lgan qiziqishlarining susayishiga sabab bo`ldi va buning oqibatida olingan bilimlarning sifati pasaydi. Bu bilimlarning o`zi ham ko`pincha ma’lumot xarakteriga ega bo`lib, o`zlashtirishning reproduktiv darajasigagina taalluqli bo`lib qolmoqda. Vaholanki, hayot «...fanlarni kognitiv o`zlashtirish bilan chegaralanmaslikni talab qiladi. Yangi pedagogik va didaktik
yondashuvlarga va ularning rivojlanishiga sharoit yaratish zarur. Chunki,
aynan shular kommunikatsiyaga, ijodiy va tanqidiy tahlil, mustaqil fikrlash
(mualliflar tomonidan belgilangan) va ko`p madaniyatli mazmunda jamoatchilik mehnati bilan, qachonki ijod ham an’anaviy yoki milliy bilim va ko`nikmalarni zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan uyg`unlashuviga asoslanganida munosib malakalarni egallashga, bilimdonlik va qobiliyatlilikni rivojlantirishga ta’sir ko`rsatadilar».
Ikkinchidan, o`zbek xalqiga xos mentalitet - kattalarning irodasiga bo`ysunish, o`qituvchi o`rgatgan narsaga so`zsiz ishonch hosil qilish, hayotiy masalalarni hal qilishda samarasiz bo`lsa-da, eng oson yo`l tanlash,
amaliy ziddiyatlarni mumkin qadar chetlab o`tish kabi qator qonimizga
singib ketgan odatlarimiz ko`p hollarda ijodiy fikrlashning cheklanib
qolishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun ham kelajakda buyuk taraqqiyotga ega, huquqiy davlat
qurishni maqsad qilgan Vatanimiz yoshlarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish,
ularning yangilik yaratishga bo`lgan xohish va istaklarini imkon darajasiga
ko`tarish ko`zlangan maqsad va ezgulik yo`lidagi ta’lim tizimining asosiy
tadbirlaridan biri hisoblanishi lozim.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirish jarayoni. Innovatsion yondashuv asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirishning mazmuni, imkoniyatlari, usul va metodlari.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
-milliy ma’naviy merosimiz hamda ilmiy-metodik asarlar tahlili, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining ko`p yillik ijodiy tajribalarini o`rganish, tahlil qilish asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarini kreativ fikrlashga o`rgatishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash;
-boshlang`ich sinf o`quvchilari kreativ fikrlash mohiyati hamda bosqichlarini tashxis qilish va ilmiy asoslash;
-boshlang`ich ta’lim jarayonida «kreativlik qobiliyatini rivojlantirish» tushunchasi mazmunini yoritish va uning o`ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
-boshlang`ich sinf o`quvchilar kreativlik qobiliyatini rivojlantirishning mazmuni va uni egallashning shart-sharoitlarini aniqlash;
-boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish va tajriba davomida isbotlash;
-boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling