Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi
-rasm ● ● 3+2=5 ● ● 4+1=5 va hokazo
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash
2-rasm
● ● 3+2=5
● ● 4+1=5 va hokazo . 3-rasm e) Grafik modellar ( rasmlar, sxemalar va chizmalar). Rasmlar, sxemalar va chizmalar ko’rgazmalilikning eng ko’p tarqalgan turidir, ulardan maktab praktikasida eng ko’p foydalaniladi. Ammo ko’pincha ularni doskada o’qituvchining o’zi yasaydi yoki uning rahbarligida o’quvchi
40
yasaydi. Shu bilan birga matematika kursi programmasi kichik yoshdagi o’quvchilar eng sodda chizma va sxemalarni mustaqil yasay olish va o’qish malakalarini egallashlariga yo’llanma beradi. Tajriba
shuni ko’rsatmoqdaki, o’quvchilar sxemalar va chizmalar tilini egallab olishlari uchun uzoq vaqt sermashaqqat mehnat talab qilinadi. Bolalarni maktabda o’qitishning birinchi kunidan boshlab kundalik mashqlar sistemasida, borgan sari qiyinlashtirib boriladigan masalalarni yechishda shunday ish nazarda tutilishi kerakki, bu ishni bajarish jarayonida bolalarda sekin - asta odatdagi tekstni va analitik ifodalarni grafik tasvirlar tiliga o’tkazish uchun lug’at to’plana boradi (bunda aksinchasi ham nazarda tutiladi). Shu xildagi grafik metodlar o’qitishning samarali vositasi bo’la oladi, chunonchi o’quvchilarning abstrakt tafakkurlarining ham,
konkret tafakkurlarining ham rivojlanishiga yaxshi asos yaratadi; boshlang’ich matematika kursining arifmetik, algebraik va geometrik materiallari orasida chuqurroq matematika bog’lanishlarni ta’minlaydi, bolalarda matematika o’rganishga bo’lgan qiziqishni orttiradi 10 . j)Priborlar. 1. Sinf cho’tlari boshlang’ich sinflarda keng qo’llaniladi. Ular sonlarni raqamlash, sonlar ustida arifmetik amallarni o’rganish vositalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Masalan, birinchi o’nlik sonlarni o’rganishda cho’t donalaridan sanoq materiali sifatida foydalanish mumkin, ikkita qo’shni simdagi donalardan sonlarni taqqoslashda foydalanish mumkin. 100 ichida qo’shish va ayirishni o’rganishda cho’tlardan qo’shish va ayirishning ba’zi usullarini (7 + 5, 12 -6 va boshqa holler uchun hisoblash usullari) illyustratsiyalashda foydalanish mumkin. II – III sinflarda cho’tlardan 1000 ichida sonlarni raqamlashni va ko’p xonali sonlarni o’rganishda foydalaniladi. 2. Abaklar. Abaklar ikki va uch xonali bo’ladi. Abaklarning konstruksiyalari ham har xil bo’lishi mumkin. Ularning ba’zilari ikki qator cho’ntaklardan
10 Ta'lim taraqqiyoti. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi Vazirligining a x b o r o t n o m a s i. 7-maxsus son.1999 yil. 136-178 bеtlar 41
iborat bo’lib, bu cho’ntaklarga sanoq materiallari qo’yiladi. Ikki xonali abak misoli 4- rasmda keltirilgan. Agar bu abakning soqqalarini ikki xil rang qilinsa, undan birinchi o’nlik sonlari ichida sonlarni taqqoslashda foydalanish mumkin bo’ladi.
○ ○ ○ ○ ○ ● ● ● ● ● ○ ○ ○ ○ ○ ○ ● ● ● ● 4-rasm 3. Tarozi va mayda qadoq toshlar. Massa o’lchovlarini o’rganishda pallali tarozi va har xil predmetlarni o’lchash uchun og’irligi 1, 2, 3, 5, kg bo’lgan toshlardan foydalaniladi. 4. Chizish va o’lchov asboblari. Bunda hammaga ma’lum instrumentlar: sinf chizg’ichi va o’quvchilar chizg’ichi, sinf va o’quvchilar guniyasi, yog’och metr, ruletka, sirkul, soat millari, ixtiyoriy shakldagi geometrik figuralarning yuzlarini hisoblash uchun paletka nazarda tutiladi. k) Jadvallar. Jadvallar quyidagilarga bo’linadi: l) Instruktiv jadvallar, bular raqamlarni yozish, arifmetik amallar algoritmlarini bajarish, masalalar yechish, ismli sonlar bilan amallar bajarishga bog’liq bo’lgan biror amalni bajarishga ko’rsatma beradi. 2) Spravochnik jadvallar. Bunday jadvallar spravochnik vazifasini bajarishi ularning nomidan ko’rinib turibdi. Masalan, 10 ichida qo’shish jadvali, ( u 42
birinchi sinf darsligining muqovasida berilgan) ko’paytirish jadvali, pifagor jadvali shunday jadvallar jumlasiga kiradi. 3) O’rgatuvchi jadvallar ( yoki ishchi jadvallar). Bunday jadvallardan asosan yangi tushunchani shakllantirishda yoki yangi qonuniyatlarni qarashda foydalaniladi. «Нумерация чисел первого десятка» (авторлари Моро . М . И ., Степанова С . В ., Янковская Н . А.. М.. 1979) nomli jadvallar seriyalari shunday jadvallarga misol bo’la oladi. Bilimlarni egallashning turli bosqichlarida , ya’ni tushuntirish, mustahkamlash, kontrol qilish, umumlashtirish bosqichlarida qo’llaniladigan o’rgatuvchi harakterdagi jadvallar orasida bu bilimlarni qo’llashga yo’naltirilgan mashqlarni tashkil qilishga mo’ljallangan jadvallar alohida o’rin tutadi. Hisoblashlarni tashkil qilishga bag’ishlangan jadvallar, shu jumladan, L .Sh. Levenbergning og’zaki mashqlar uchun jadvallari misol bo’la oladi 11 . Bu jadvallar amaldagi programmada nazarda tutilgan va stabil darsliklarda amalga oshirilgan hisoblash nazariyasi va praktikasiga moslab tizilgan. Masalalar tuzishga material beruvchi jadvallar (masalan, tezliklar jadvali yoki har xil preyskurantlar) shu xil jadvallar jumlasiga kiradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling