Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi


II bob. Matematika darslarida ijodiy harakterdagi masalalar yechishni


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana08.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#235305
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash

II bob. Matematika darslarida ijodiy harakterdagi masalalar yechishni 

ko’rgazmalilik  asosida  tashkil  etish  usullari

2.1. Matematikadan  ko’rgazma  materiallarning  turlari. 

 

Boshlang’ich    matematika  kursida  nazariya  rolining  kuchaytirilishi  o’qitish  

(ta’lim)  mazmuni  va  metodlarinigina    emas,  balki    har    xil    ko’rgazmali  

vositalardan  foydalanish  mazmuni  harakterini ham  qayta  ko’rishni  talab  qildi. 

Uzoq  vaqt  davomida  ko’rgazmalilik  ayniqsa  o’zlashtirishning  dastlabki  

bosqichlarida umumlashtirishni  shakllantirishning  sezish  asosini yaratish  uchun  

muhim  hisoblanib  kelardi  va  abstrakt  tafakkurning  rivojlanishiga    qarab    unga  

bo’lgan  zarurat  asta  sekin  olib  tashlanadi.  Ko’rib  turibmizki,  ko’rgazmalilik  

abstrakt tafakkurni rivojlantirish uchun vaqtincha tayanch  sifatida  qaralar  ekan.  

     Umumlashtirish    va    abstraktsiyalash  puxta    sezish    asosida    qaror    topmog’i  

kerak.  Ko’rgazmalilik    bundan    keyin    ham    kerak,  ammo    endi    boshqa  

maqsadlarda, ya’ni  konkret, tafakkurning  murakkabroq  formalarini  rivojlantirish  

uchun  zarur  bo’ladi, chunki  kichik   yoshdagi  maktab  o’quvchisining abstrakt  

tafakkurnigina    emas,  balki    konkret    tafakkuri    ham    ma’lum    darajada  

rivojlangandir

6

.  



      Shunday qilib, ko’rgazmalilikning boshlang’ich ta’limdagi roli o’quvchilarning  

abstrakt tafakkurlarini ham, konkret tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. 

Bundan  tashqari,  ko’rgazmalilikdan  foydalanish    o’quvchilarni    aktivlashtiradi, 

ularning  e’tiborini,  diqqatini  qo’zg’atadi,  o’rganilayotgan  materialini  puxtaroq  

o’zlashtirish  imkonini  beradi, o’quv  protsessini boshqarish uchun yaxshi  sharoit  

yaratadi, vaqtni  tejash  imkonini  beradi.  

Ko’rgazmalilikdan foydalanish samarali bo’lishi uchun eng oldin  nazariyaning  

u  yoki  bu  masalasi  qaralayotganda  foydalaniladigan  ko’rgazmali  materialni  

tanlashni  o’ylab  ko’rmoq  kerak. Ko’rgazma  materiallarini  tanlashga  nisbatan  

qo’yiladigan  talablarni  ko’rib  chiqamiz.      

                                                 

6

 



Jumaеv M.E,  Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (KHK  uchun) Toshkеnt. “Ilm Ziyo”, 

2003 yil


 


 

29 


Yetarlicha  miqdorda  ko’rgazma  material  bilan  ta’minlash,  bularni    analiz  

qilish  asosida  o’quvchilar  kerakli  umumlashtirishlarini  qila  oladigan  bo’lishlari  

kerak.  Masalan, bolalarni 4 sonining hosil bo’lishi bilan tanishtirishda o’qituvchi  

oldindan  bunday  amaliy  ish  tashkil  qiladi:  u  uchta  doirachaga  bitta  doirachani;  

uchta  cho’pga  bitta cho’pni  qo’shishni  taklif  qiladi, shu  ishni  boshqa  didaktik  

materiallarda  bajartiradi.  Predmetlar  bilan  bajariladigan  amaliy  ishlarni  

o’quvchilarning o’zlari mustaqil bajarishlari foydalidir. Shundan  keyingina  ushbu  

umumiy  savolni qo’yish  mumkin: agar 3  ga  1  ni  qo’shilsa,   qanday  son  hosil  

bo’ladi?  

      Umumlashtiruvchi    masalani  o’quvchilar    qanday    qabul    qilishlarini    kuzatib  

boruvchi,  o’quvchilarning  qanchasi  xulosani  qo’shimcha  mustahkamlashga  

muxtojligini 

aniqlab 

boruvchi 

o’qituvchilargina  har  xil  ko’rgazmali  

demonstratsiyalar  sonini  aniqlay oladilar. O’qituvchi har doim har  xil  ko’rgazma  

qurollarini  tayyor  holda  saqlab  turishi  kerak , bundan  maqsad, bu  qurollarni  

butun   sinfga    yoki   ayrim    o’quvchilarga    qo’shimcha    ko’rsatishdir.  Shu    bilan  

birga  ko’rgazmalilikdan    foydalanishning    chekini    ham    bilish  lozim,    chunki  

ko’rgazmalilik bilan  haddan tashqari shug’ullanish o’quvchilarni  passivlashtirishi, 

ular  tafakkurining  rivojlanishiga salbiy  ta’sir  qilishi  mumkin.   

       Har xil  ko’rgazma  materiallar  bilan  yyetarlicha  ta’minlash  juda  muhimdir. 

Bu o’rinda doimo psixologlar tomonidan  ifodalangan  qoidani  esta  tutish  kerak: 

“O’quvchilarda    to’g’ri  umumlashtirishlar  tarkib    toptirishning  zaruriy    sharti  

beriladigan  o’quv  materialining  muhim  xususiyatlarini  o’zgartirmay  saqlagan  

holda  uncha  muhim  bo’lmagan  xususiyatlarini  turlantirishdan  iboratdir”

7



    Masalan, 3  soni  predmetlarning  o’zgarmas  soni  (3 ) kabi  tushuncha  uchun  



muhim    xususiyatdir,  predmetlarning    rangi,  o’lchami,  tekislikdagi    joylashuvi  

muhim  bo’lmagan  xususiyatdir.  

Shu  sababli,  o’quvchilarni  3  soni  bilan    tanishtirilar  ekan,  bir  jinsli 

predmetlardan  iborat  to’plamlardan  (bir  xil  andoza  bo’yicha  qiyilgan 

                                                 

7

  Jumaеv  M.E,  Tadjiyeva  Z.G`.  Boshlang`ich  sinflarda  matеmatika  o`qitish  mеtodikasi.    (O  O`Y  uchun  darslik.) 



Toshkеnt. “Fan va texnologiyai”  , 2005 yil. 


 

30 


uchburchaklar,  doirachalar  va  hokazolardan)  gina  emas,  balki  har  xil 

predmetlardan  (masalan,  har  xil  rangli  va  o’lchamli    doirachalar,  katta    va  kichik 

har    xil    ko’rinishli  va  har    xil  rangli  olmalar)  dan    iborat    to’plamlardan  

foydalanish  kerak,  chunki  aks  holda  bolalarda  bir  xil  predmetlarnigina  sanash 

mumkin, degan noto’g’ri  tasavvur  hosil  bo’lishi  mumkin. 

      Boshqa  misol.  To’g’ri    burchak    deyilganda    bolalar    katakli    daftarning  

chiziqlari  bo’yicha  chizilgan  burchaklarnigina  tushunishga  moyildirlar, chunki  

ular  xuddi  shunday  chizmalarni  ko’radilar. Shu  sababli  to’g’ri  burchaklarning 

holatlarini  (joylashishini)  turlantirish    kerak.  Boshqa    geometrik    figuralar 

(kvadratlar, to’g’ri to’rtburchaklar) haqidagi  tasavvurlarni  tarkib  toptirishda  ham  

shu  qoidaga  amal  qilish  kerak.  

     Matematika  o’qitishda  sekin-asta, ammo  o’z  vaqtida  ko’rgazmalilikning  bir  

turidan    ikkinchi    turiga    o’tish-ko’proq    konkretlikdan    kamroq      konkretlikka  

o’tishni    ta’minlay    olish    kerak.  Masalan,  o’qitish    jarayonida    masalalar  

shartlarini   illyustratsiyashda  amalning  o’zini  ham  demonstratsiya  qilish  bilan  

birgalikda    (masalani    dramalashtirish)  amallarni    ko’rsatmay    to’la    predmet  

ko’rgazmalilikka,  so’ngra    esa  noto’la  predmet  ko’rgazmalilikka  o’tishi  

ta’minlanishi    kerak,    noto’la    predmet  ko’rgazmalilikda  masalaning  savolini  

rasmda  tasvirlangan  predmetlarni qo’shib  sanash  yo’li  bilan  topib  bo’lmaydi. 

Va  nihoyat,  masala  shartini  asta –sekin  predmet  illyustratsiyalashdan  to’la  vos  

kyechiladi,  bunda  sxema,  sxematik  rasm  yoki  chizmadan  foydalanib  masala  

shartining    qisqa  yozuvidan    foydalanishga    kelinishi    kerak  (ko’rgazmalilikning  

har  xil  turlarining  konkret illyustratsiyalari  masalalar  yechishga  bag’ishlangan  

bobda  beriladi).  

        O’quvchilarning  tayyorgarliklari  ko’rgazmalilikning  bir  turidan  ikkinchi  

turiga o’tishga imkon beradigan momentni o’tkazib yubormaslik katta  ahamiyatga  

ega. Ammo  bunda har bir o’quvchi tomonidan bunday o’tishni  qachon  bajarishga  

oid  umumiy  ko’rsatma  berib  bo’lmaydi, bunda  ko’p  narsa o’quvchi  idrokining  

individual  xususiyatlariga, uning  tafakkuriga,  umumiy  tayyorgarligi - darajasiga  

bog’liq. 




 

31 


        Ko’rgazmalilikning    bir    turidan    boshqa  (konkretrog’idan  abstraktrog’iga) 

turiga  o’tish  masalalar  yechishga  o’rgatishdagina  emas, balki  son,   arifmetik  

amallar  tushunchalarini    va    amallar    xossalarini    shakillantirishda    ham    amalga  

oshirilishi kerak. Masalan, agar 2, 3 sonlar haqidagi tasavvurlarni  shakillantirishda  

real predmetlardan (doirachalar, cho’plar va boshqalar) yoki ularning  tasvirlaridan  

foydalanilsa, masalan  7,8  va  hokazo  sonlarni  qarashda  esa  odatda  abstraktroq  

ko’rgazmalilikdan – sonlar  zapasidan  foydalanish  bilan  chegaralanish  mumkin. 

10  ichida  qo’shish  va  ayirishga  o’tishda  sonlarning  o’zi  amallarini  bajarishda  

tayanch  bo’ladi.  

   2)  Matematika    o’qitishda    harakatli,  dinamik    qo’llanmalarga    afzallik    berish  

kerak.  Harakatli    ko’rgazma–qo’llanmalar    bilan    bir    qatorda    individual  

ko’rgazma  qo’llanmalar  ham,  har  xil  didaktik  materialllar  ham  zarur.  

     Boshlang’ich  matematika  o’qitishda  ko’rgazma-qo’llanmalarning  har  xil 

turlaridan  foydalaniladi. Ko’rgazma qo’llanmalarning turlarini bilish ularni  to’g’ri  

tanlash  va  o’quv protsessida  samarali  foydalanish  imkonini  beradi. 

    Ko’rgazma    qo’llanmalarning    ikkita,      ya’ni    natural    va    tasviriy    ko’rgazma  

qo’llanmalarga  bo’lish  qabul  qilingan.  

    Natural  ko’rgazma  qo’llanmalarga  turmushda    uchraydigan    atrofimizdagi   

narsalar  (jihozlar): daraxtlar, qalamlar,  kubchalar, cho’plar  va  boshqa  narsalar  

kiradi. 


     Maktabdagi    mashg’ulotlarning    dastlabki    kunlaridan    boshlab  o’qituvchi  

bolalarning    e’tiborlarini    atrofdagi    predmetlarga    qaratadi.  Bunday  savollar  

qo’yiladi:  sinfdagi  partalar, derazalar, stollar  va  hokazolar  qancha? Ammo  bu  

predmetlarni  qo’lga  olib  bo’lmaydi ,  surib  bo’lmaydi , ularni  ko’z  bilan  ko’rib  

sezish    mumkin.  Shu    sababli    sanoq    uchun    maydaroq    predmetlardan,  ya’ni  

qalam,  ruchka, kubchalar  va  boshqa  narsalardan  foydalanish  kerak. Har  qaysi  

o’quvchini  sanoq  materiali bilan  ta’minlash  lozim,  bu  materialdan, masalan,   

xor    bo’lib      sanashni    tashkil    qilishda    foydalaniladi:  o’qituvchi    bir    qo’lidan  

ikkinchi qo’liga bittadan  qalamni  o’tkazadi, o’quvchilar  esa  har  gal  navbatdagi  

sonni  aytishadi.  




 

32 


     Sanoq    cho’plari    muhim    va    keng    qo’llaniladigan    natural    ko’rgazma  –

qo’llanmalaridan  biridir,  bu  cho’plar  yog’ochdan, plastmassadan  tayyorlanadi . 

Sanoatimiz  ishlab  chiqargan  va qo’lda  yasalgan  sanoq  cho’plari  mavjud. Har  

qaysi  o’quvchida  20  tadan  sanoq  cho’pi  bo’lishi  kerak, o’qituvchida  esa  100 

ta  cho’pdan  iborat  nabor (demonstratsion  sanoq  cho’plari) (10  ta  cho’p  bir  xil  

rangda,    90    tasi    boshqa    rangda)    bo’lishi    kerak.  Cho’plarning    bunday    rangli  

bo’lishi  10  ichida  va  songra  20  ichida  sonlarni  va  amallarni  o’rganishda  bir  

xil  rangdagi  yoki  har  xil  rangdagi  cho’plardan  foydalanish  imkonini  beradi. 

      Birinchi o’quv yili davomida cho’plardan foydalaniladi. Sonlarni  raqamlashni  

o’rganishda  ulardan  keng  foydalaniladi;  bolalar  ularning  yordamida  sanoq  

birliklarining  (birliklar,  o’nliklar  va  hokazo)  hosil  bo’lishi  haqida,  sanoq  

birliklarining  o’nli  munosabatlari  haqida  ayoniy  tasavvur  oladilar.  Sanoq  

cho’plaridan 1-sinfda figuralar haqida tasavvur  hosil  qilishda  ham  foydalaniladi. 

Masalan, 3  sonini  o’rganishda  3  ta cho’pdan  uchburchak  yasaladi; 4  sonini  

o’rganishda  4  ta  cho’pdan  to’rtburchak  yasaladi. Cho’plardan  II-III sinflarda   

1000    ichida    sonlarni    raqamlashni    va    ko’p    xonali    sonlarni    o’rganishda  

foydalaniladi.  Endi    tasviriy    ko’rgazma    qo’llanmalarni    qarashga    kirishamiz  

bularga  ushbular  kiradi.  

        Raqamlar, amal ishorali, munosabat  belgilari  

 

               (“>”, “<”, “=”).  



0  dan  9  gacha    bo’lgan  harakatli    raqamlarning,  amal  ishoralari    va 

munosabatlar  ishoralari,  katakli  taxtacha  va  saqlash  kassasidan  iborat  

demonstratsion  komplektli  o’quv  texnika  sanoati  tomonidan  ishlab  chiqariladi, 

shuningdek  o’quvchilarning  mustaqil  ishlari  uchun  kichik o’lchamli harakatli  

raqamlar    kassasi    va    katakli    kartochka    bilan    birgalikda  ishlab  chiqariladi. 

Bunday  komplektlar  har  qaysi  o’quvchida  bo’lishi kerak.  

    Bunday  naborlardan  o’qitishning  butun  uch  yili  davomida  foydalaniladi. Bu  

komplektlar  yordamida  sonlarni  raqamlar  bilan  tasvirlash o’rganiladi, sonlarni  

taqqoslash  amalga oshiriladi, sonlar  natural  qatori  xossalari  o’rganiladi, misol, 

masala    va    mashqlarning    yechimlari    yoziladi,  teskari  bog’lanish    amalga  




 

33 


oshiriladi  (shuni   eslatib   o’tamizki, harakatli   raqam  va  amal    ishoralari   teskari  

bog’lanish  signallari  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin). Shu bilan birga bulardan  

darsning  barcha  bosqichlarida  foydalaniladi.  Buni  bir  necha  misolda  

konkretlashtiriladi.  

     Masalan, 1 va 2  raqamlari  bilan  tanishtirish  uchun  o’qituvchi  bu  raqamlarni  

katakli  taxtachaga  qo’yadi    va  1  va  2  sonlari  shunday  raqamlar  bilan  yozilishini 

ko’rsatadi

8

.  Boshqa    misol.  O’quvchilarni  noma’lum  sonni  x    harfi    orqali  



belgilash  bilan  tanishtirish  va  “tenglama” terminini  birinchi  marta  taxminan  

bunday  masalani  qarash  bilan  kiritish  mumkin: “Besh soniga  noma’lum  sonni  

qo’shib,  7  sonini    hosil    qilindi.  5  ga  qanday  sonni  qo’shishgan?”  Katakli 

taxtachaga  bunday  kartochkalar  qo’yiladi.   

                         5         +                     =        7 

Noma’lum  son  o’rniga  bo’sh    ramkacha    qo’yilgan.  Bunday  “yozuv”  bolalarga    

tanish,  chunki  ular   oldin   ham  bunday  “darchali”  misollarni   yechishgan.  

       Matematikada,    deydi      o’qituvchi,    -  noma’lum    sonni    harflar    bilan   

belgilanadi.  Biz        bundan      keyin      sizlar    bilan    noma’lum    sonni    xuddi        x  

harfiga  o’xshash   harf   bilan  belgilaymiz, ammo  bu  harf  “iks”  deb o’qiladi. 

        O’qituvchi   bo’sh   kartochkaning  orqasini o’giradi  va o’quvchilar  oldida 

5+x=7  yozuv   paydo  bo’ladi.  

    “Bu    tenglama”  –    deb    davom    etadi    o’qituvchi.  Bu  tenglamada  ikkinchi   

qo’shiluvchi noma’lum.    

       Mustahkamlash      bosqichlarida      misollar,  masalalar,  tenglamalar  yechishda   

ham   raqamlar va  belgilardan foydalanish mumkin. 

        Raqamli  va  belgili  bunday  kartochkalar  bolalar  hali  yomon  va  sekin  

o’qiydigan paytlarda va hali raqamlarni yozishni bilib olmagan vaqtlarida ayniqsa  

foydalidir. 

        Raqamlar  va  amal  ishoralaridan  bilimlarni  tekshirishda  ham  foydalanish   

mumkin,  bunda  ulardan  teskari  aloqa  signallari  sifatida  foydalaniladi.  Masalan,   

                                                 

8

 

Boshlang’ich  ta’lim ”, “ Maktab  va  hayot ”,  “ Ta’lim  muammolari ”   “ Uzliksiz ta’lim “  va  boshqa  



ilmiy – uslubiy  jurnallar,  hamda  “Ma”rifar” gazetasi

 



 

34 


o’qituvchi  5  ta  yulduzcha  chizilgan  kartochkani  ko’rsatadi,  bolalar  esa  tegishli  

raqamni ko’rsatishadi. 

         Har bir o’qituvchi o’quv predmetida o’qitishning ayrim maxsus metodlaridan 

foydalanadi. Metodlar xazinasi uzluksiz yangilanib turadi, unga ko’rgazmalarning 

zamonaviy  texnik  vositalari  bilan  bog’liq  bo’lgan  yangidan–yangi  metodlar 

qo’llanilmoqda.  O’qitishning  didaktik  metodlarida  to’plangan  barcha  boyliklarni 

egallash  va  ularni  har  doim  yangilab  borish  o’qituvchilar  oldiga  yosh  avlodga 

ta’lim  berish,  ularni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash  va  har  jihatdan  umumiy 

rivojlantirishdek muhim vazifani qo’yadi . 

       Boshlang’ich  sinflarda  o’quv  kitobi  bilan  ishlash  sur’atini  oshirish  uchun 

yangi–yangi  va  qulay  imkoniyatlar  yuzaga  kelmoqda.  Bu  o’rinda  boshlang’ich 

sinflarning o’quvchilari uchun qulay bo’ladigan mustaqil ishlash metodlari o’quv 

faoliyatining yanada tezroq ishlash sur’atini mashq qilish usullari alohida ahamiyat 

kasb etadi. 

          Matematika  o’qitish  usullari  o’qituvchi  va  o’quvchining  birgalikdagi 

faoliyati  usullarini,  xususiyatlarini  ochib  beradi,  ular  yordamida  bilimlar, 

ko’nikmalar  va  malakalar  egallanadi,  o’quvchilarning  dunyoqarashi  shakllanadi, 

qobiliyatlari rivojlanadi. 

          Ular qanday usullar ekan ? Ular har bir o’qituvchiga yaxshi tanish, chunki u 

doimo va ulardan muqarrar ravishda o’zining amaliyotida foydalanadi. 

           Bu; a) o’qituvchining hikoyasi, o’quvchilarga o’zlashtirishlari kerak bo’lgan 

biror bilimni bayon qilish;  

         b)  o’qituvchining  o’quvchilar  bilan  suhbati,  bunda  o’qituvchi  bolalarga 

savollar berib, ular avval egallagan va yangi savolni qarab chiqishida qo’llanilishi 

kerak  bo’lgan  bilimlarni  eslashga  yordam  beradi  (O’quvchilarni  yangi  xulosaga 

keltirishda  masalani  taxlil  qilganda  va  uni  yechish  yo’llarini  izlash  vaqtida  va 

hokazo) 

         v)  o’quvchilarning  mustaqil  ishi  avval  egallangan  bilimlarni,  ko’nikma  va 

malakalarini mustahkamlashga va takomillashtirishga ham, yangi materialni qarab 

chiqishga tayyorlanishga ham, ba’zan esa yangi masalani yoki o’quvchilar uchun 




 

35 


yangi  bo’lgan  nazariya  masalasini  mustaqil  yechish  uchun,  yangi  bilimlarni 

mustaqil egallash uchun ham yo’naltirishi mumkin. 

             O’qituvchining  bilimlarini  bayon  qilish  usullari  (hikoya)  suhbatlar  va 

mustaqil  ishlar  o’qitish  jarayonida  o’qituvchi  va  o’quvchilarning  faoliyati  qay 

tarzda tashkil, etilishiga qarab ajratiladi. 

        Bu usullar o’qitish jarayonida birining ichiga biri kirib ketadi. Masalan, bilim 

berayotgan  o’qituvchi  o’quvchilarga  biror  narsani  egallashga  yoki  biror  narsa 

ustida  o’ylashga  majbur  qiluvchi  savol  berish  uchun  ba’zan  o’z  suhbatini 

to’xtatadi.  Bu  bolalarning  ishini  aktivlashtiradi  va  o’qituvchi  bayon  qilayotgan 

materialni  yaxshiroq  o’zlashtirishiga  yordam  beradi  .  Bu  holda  bilimlarni  bayon 

qilish  usulini  suhbat  elementlari  bilan  qo’shib  bayon  qilish  usulini  suhbat 

elementlari  bilan  ko’rilib  olib  borish  haqida  gapirish  mumkin.  O’tkazilayotgan 

(masala, biror murakkab masalani yechish bilan bog’liq) suhbatga o’quvchilarning 

mustaqil ishi elementlarini kiritish mumkin. 

             Bilimlarni  o’qituvchi  bayon  qilishi  (Suhbati)  mustaqil  ishlash  elementlari 

bilan birga qo’llanishi ham mumkin. 

             O’qituvchi  bilan  o’quvchilarning  birgalikdagi  faoliyati  uchun,  o’qitish 

jarayonining  haraktestikasi  uchun  bolalar  qaysi  manbalardan  bilim  olish  masalasi 

katta ahamiyatga ega. 

             Ma’lumki,  o’qitish  jarayonida  bilim  berish  va  egallash  manbai  sifatida 

so’zdan  foydalanish  bilan  bog’liq  o’qitish  usullari  so’z  bilan  uzatiladigan 

(O’qituvchining  hikoyasi,  radio-eshittirish,  magnitafon  yozuvi,  kitob  yoki boshqa 

bosma material bilan ishlash ) usullar deyiladi. 

              Kichik  yoshdagi  maktab  o’quvchilarini  matematikaga  o’qitishda 

ko’rsatmali usuldan ham foydalaniladi, bunda bilimlar manbai atrofidagi buyimlar 

yoki ularning tasvirlari, modellari bo’ladi. 

             Nihoyat,  boshlang’ich  matematika  kursida  o’quvchilarning  amaliy  ishlari 

(masalani  biror  geometrik  figuralarini  chizish,  tegishli  modellar  bilan  amaliy 

harakatlar  asosida  qaralayotgan  figuralarning  xossalarini  taxlil  qilish  va  hoqazo 

bilan bog’liq) muhim ahamiyatga ega. 




 

36 


          Shunday  qilib agar o’qitish  usullarini    egallagan bilimlariga  qarab  sinflarga 

bo’lsak;  bunga  asosan;  a)  so’z  bilan  ifodalangan;  b)  ko’rsatmali  va    v)  amaliy 

usullarga ajraladi. 

         Yuqorida  keltirilgan  usullarning  ikki  sinfi  turli  xil  belgi  (asos)  ga  ko’ra 

bajarilgan.  Ular  bir–birini  yaxshi  to’dirib,  istagan  darsda  o’qituvchi  va  o’quvchi 

nima qilayatganini yanada to’laroq ifodalashga imkon beradi. 

         Masalan,  hikoya  (bilimlarni  o’qituvchi  bayon  qilishi)  faqat  og’zaki  yoki 

yozma  so’zdan  foydalanib  tuzilmasligi  kerak.  Amaliyotning  ko’rsatishicha,  u 

ko’pincha  turli  ko’rsatmalilik  vositalaridan  foydalanishni  talab  qiladi  yoki  hatto 

bolalarning  amaliy  ishiga  tashkil  etish  bilan  bog’lanadi.  Shunday  qilib,  birinchi 

sinfdagi  hikoya  usuli  (o’qituvchining  bilimlarini  bayon  qilishi)  ikkinchi  sinfda 

ajratilgan har bir usul bilan almashtirilishi kerak. Suhbat usuli yoki o’quvchilarning 

mustaqil ishlashga nisbatan ham xuddi shu narsa to`liq qaytarilishi mumkin. 

       Dastavval, o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga bog’liq holda, dasturdagi 

biror  mavzu  mazmunining  xususiyatlariga,  belgilangan  o’qitish  vositalariga 

bog’liq holda bu usullardan turli to’plamlarda va proporsiyalarda foydalanadi. 




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling