Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi
Matnli masalalar va ularni yechish uchun zarur ko’nikma va
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash
1.2. Matnli masalalar va ularni yechish uchun zarur ko’nikma va
malakalar
Matematik masalalarning boshlang`ich sinf o`quvchilarini ayirmali taqqoslashga o’rgatishda tutgan o`rnini yoritish matematik masalalarning tarkibi va ularning turlarini qarab chiqishni taqozo etadi. Boshlang`ich sinflarda matematika o’qitishda matnli masalalarni yechishng ahamiyati juda kattadir. Matnli masalalarni yechish jarayonida o’quvchilar yangi matematik bilimlarni egallaydilar va bu bilimlarni turmushda qo’llash ko’nikmalarni va malakalarni hosil qiladilar.
Bunday jarayon davomida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi va rivojlanadi. Shuningdek masalalarning mazmuni orqali o’quvchilar turmushimizning turli sohalaridan xabardor bo’ladilar. Ular qishloq ho’jaligi va sanoat, iqtisodiyot haqidagi dastlabki bilimlarni oladilar. Bundan tashqari matematik masalalar tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Masalalarni yechish o`quvchilarda tirishqoqlik, ko’zlangan maqsadga intilish, qiyinchiliklardan qo’rqmaslik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantiradi va rivojlantiradi. Shu tufayli boshlang`ich sinf o`qituvchilari matnli masalalarning tuzilishi va turlari, ularni yechish bosqichlari va usullari haqida, matnli masalalarni yechish ko’nikmalarini va malakalarini shakllanishi va rivojlanishi haqida to’la tasavvurga ega bo’lishlari muhimdir.
Matnli masala – bu biron bir holatning tabiiy tildagi bayoni (ifodasi) bo’lib, unda by holatning tashkil etuvchilariga miqdoriy tavsif beriladi va barcha tashkil etuvchilar orasidagi ba’zi munosabatlar bor - yo’qligini yoki bu munosabatlar turini aniqlash talab etiladi 3 . Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat bo’lib, ulardan biri masalaning sharti bo’lsa, ikkinchisi esa masalaning savoli (qanday miqdorni topish kerakligi haqidagi ko’rsatma) dir.
3 Jumaеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” , 2005 yil 16
Masala shartida bir yoki bir nechta miqdorlarning sonli qiymatlari hamda ular orasidagi munosabatlar oshkor yoki yashirin tarzda berilgan bo’ladi. Boshqacha aytganda masala shartida berilgan sonlar ustida qanday amallarni bajarish zarurligi to’g’ridan - to’g’ri ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan bo’lishi mumkin. Lekin har qanlay masala aniq savol yoki talab bilan yakunlanishi zarur. Ya’ni o`quvchilar masala matnini o’qib, nimani topishlari zarurligini bilishlari kerak.
Uchinchi sinf matematika darsligidan olingan quyidagi masalani qaraylik: “Buvisi 63 yoshda, onasi buvisidan 29 yosh kichik, otasi onasidan 4 yosh katta. Otasi necha yoshda? Bu masalada uchta shaxsning yoshlari orasidagi munosabatlar ifodalangan. Bu
yerda uchta
holat mavjud.
Birinchi holat. Buvisining yoshi ma’lum bo’lib, buvisi bilan onasining yoshlari orasidagi munosabat (farq)lar ifodalangan. Ikkinchi holat. Onasining yoshi noma’lum. Lekin onasi bilan otasining yoshlari orasidagi munosabat (farq)lar ifodalangan. Uchinchi holat. Buvisi va otasining yoshlari orasidagi munosabat(farq)lar oshkora ifodalanmagan. Masalaning talabi (savoli) esa “Otasi necha yoshda? “jumlasidan iboratdir. Matematik masalalarning talabi (savoli) buyruq shaklida ham bo’lishi mumkin. Ya’ni yuqoriodagi masalaning talabi (savoli) “Otasining yoshini toping” kabi bo’lishi mumkin. Кundalik turmushda turli-tuman muammoli vaziyatlar uchrab turadi. Ular asosida tuzilgan masalalarda ortiqcha ma’lumotlar ya’ni masala talabini bajarish uchun zarur bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin. Masalan yuqorida qaralgan masalada uning talabini bajarish uchun buvisi, onasi yoki otasining ismi yoki farzandlari soninig ahamiyati yo’q. Shu sababli masala shartida bunday ma’lumotlar berilmagan. Ushbu masalani olaylik: “Lola 10 ta olma va 5 ta nok oldi. Dilshod esa 7 ta olma oldi. Bolalar nechta olma olganlar? “. Bu masalada nok haqida 17
ortiqcha ma’lumot bor. Ya’ni masala shartida berilgan nok haqidagi ma’lumot ortiqcha. Kundalik turmushda vujudga keladigan muammoli vaziyatlar asosida masala talabini bajarish uchun yetarlicha ma’lumotlar bo’lmagan masalalarni ham tuzish mumkin. Masalan, “Agar to’g’ri to’rtburchar shaklidagi maydonning bo’yi enidan 3 metr katta ekani ma’lum bo’lsa, bu maydonning enini toping”. Masalada uning cavoliga javob berish uchun ma’lumotlar yetarli emas. Bu masalani yechish mumkin bo’lishi uchun uni yetarli ma’lumotlar bilan to’dirish lozim. Maydon yuzining qiymati izlanayotgan tomonlardan birini zarur bo’ladigan shunday ma’lumot bo’lishi mumkin. Ayni bir masalaning o’zi o’quvchidagi mavjud bilimga qarab ortiqcha (yetarli bo’lmagan) ma’lumotlarni masala sifatida ham qaralishi mumkin. Boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan matnli masalalarni yechishda to’rt amal: qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish qo’llaniladi. Ba’zi matnli masalalarni yechishda bu amallarning bittasi bir marta qo’llansa, boshqa matnli masalalarni yechishda ularning bir nechtasi yoki hammasi qo’llanilishi mumkin.
To’rt arifmetik amalllardan bittasini bir marta qo’llash orqali yyechiladigan masalalar sodda masalalar deyiladi. Quyida boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan bunday matnli masalalardan namunalar keltiramiz: 1. (2 –sinf matematika darsligi. 44- masala). Daraxtda bir nechta qush bor edi. 3 ta qush uchib ketgandan keyin daraxtda 6 ta qush qoldi. Dastlab daraxtda nechta qush bo’lgan? 2. (2 –sinf matematika darsligi. 60- masala). Ko’lda 10 ta o’g’il bola va 8 ta qiz bola cho’milmoqda. O’g’il bolalar qiz bolalardan necnta ortiq? 3. (2 –sinf matematika darsligi. 617- masala). Bir ayol shkafdan 10 ta piyola oldi. Ularni 5 tadan qilib dasturxohga qo’ydi. Piyolalar nechta to’p bo’ldi?
4. (2 –sinf matematika darsligi. 644- masala). 80 kg uzumdan 20 kg mayiz olinadi. Mayiz hosil bo’lguncha necha kg suv bug’lanib ketgan?
18
5. (2 –sinf matematika darsligi. 698- masala). Kecmaning uzunligi 24 sm. Bu kesmaning uchdam bir qismining uzunligini toping. Ikki yoki undan ortiq amallarni qo’llash yordamida yechiladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Bunday masalalarga misollar keltiramiz:
1. 15 m gazlama bor edi. 6 m gazlamadan ko’ylaklar va shuncha gazlamadan xalatlar tikishdi. Necha metr gazlama qoldi? 2. Odam yurganda minytiga 9 litr, yugyrganda esa minytiga 16 litr xavo yutadi. Odam 2 minut yugurganda necha litr xavo yutadi? (3 –sinf matematika darsligi. 362- masala). Murakkab masalalarni ikki yoki undan ortiq sodda masalalarga ajratish mumkin. Shuningdek masala talabini o’zgartirish orqali sodda masalani murakkab masalaga ham keltirish mumkin. 1-2 sinflarning matematika darslarida asosan sodda masalalar ko’proq uchrasa, 3-4 sinflarning matematika darslarida murakkab masalalar soni ortib boradi. Sodda masalalarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin. 1. Arifmetik amallarning mazmunini ochib beruvchi masalalar. 2. Arifmetik amallarning tarkibiy qismlaridan birini topishga doir masalalar. Ular qo’shiluvchi, ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi, kamayuvchi bo’lishi mumkin 4 .
kerakki, turli mazmyndagi masalalarni yechish algoritmi bir xil yoki o’zaro o’xshash bo’lishi mumkin. Odatda bunday masalalar bir turga kiritiladi. Shundan kelib chiqib, boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan matnli masalalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin. 1. Tortinchi proporsional sonni topishga yoki uchlik qoidasiga doir masalalar. 2. Proporsionai bo’lishga doir masalalar. 3. Yo’nalishlari bir xil yoki turlicha bo’lgan harakalarga doir masalalar.
4 Bikboеva.N.U. Yangiboеva E.Ya. Uchinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O`qituvchi” , 2010 yil 19
4. Munosabatlar usuli orqali yechishga doir masalalar. 5. Birgalikda bajarilgan ishga doir masalalar. 6. Geometrik mazmundagi masalalar. 7. Sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonni topishga doir masalalar. 8. Mantiqiy masalalar. Endi matnli masalalarni yechish ko’nikmalarni va malakalarni shakllantirishning muhim jihatlarini qarab chiqaylik. Boshlang`ich sinflarning matematika darslarida qo’llaniladigan matnli masalalar matematika kursining eng katta va muhim tarkibiy qismidir. Ular orqali matematika kursining asosiy mazmuni ochib berilgan. Masalalar yechish jarayonida o’quvchilar har bir amalning ma’nosini va ulardan foydalanishning asosiy hollarini o’zlashtiradilar, og’zaki va yozma hisoblash malakalarini mustahkamlaydilar, masalalarni yechishga o’rgatish o’quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirish uchun ularga faollik va tashabbuskorlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Arifmetik amallarning mazmunini ochish sodda masalalarni yechish bilan bog’liq har bir o’quv yili dasturida sodda masalalarning barcha mumkin bo’lgan hollari beriladi. Masalalarni tanlash va ularni vaqt bo’yicha joylashtirish tizimi shunday hisob bilan tuzilganki, bu biror jihatdan o’xshash bo’lgan masalalarni shuningdek o’zaro teskari masalalarni taqqoslash, qarshi qo’yish uchun sharoit yaratib beradi. Bunda o’quvchilarning turli masalalar bilan uchrashishlari nazarda tutiladi. Bu esa masala yechishda zararli bo’lgan fikrlarni paydo bo’lishining oldini oladi. O’quvchilar boshidan boshlaboq masalani yechish uchun u yoki bu amalni tanlashdan oldin uni asosli tahlil qilishga majbur bo’ladilar. O’quvchilarda masalalar yechish ko’nikmasi to’rt yil mobaynida asta-sekin rivojlanib boradi. Bundan ko’zda tutilgan o’quvchilarning o’zlari yechishga kuchlari eta oladigan arifmetik masalalarning yechish yo’llarini mustaqil topa olishlariga erishishdir. 20
Bolalarni masalalar yechishga o’rgatishda ularga masalalar yechishga yondashishning ba’zi umumiy usullarini o’rgatish muhim hisoblanadi. Chunonchi bolalar o’qituvchi boshchiligida masalalarni qisqa va tushunarli yozishni, masalalar shartini rasm, chizmalar bilan namoyish qilishni o’rganib olishlari, va shu bilan masalalarni yechish yo;llarini o’zlari uchun yengillashtirishlari, aniq bir masala shartini mavhumlashtirish va masalada berilgan miqdorlar bilan izlanayotgan miqdor orasidagi bog’lanishni ochishga yordam beruvchi usullarni o’rganib olishlari kerak. O’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini va nutqlarini rivojlantirish uchun ularni masalalarni va ularning yechilishini tahlil qilishlariga, masalalarni yechishdagi har bir amalni asoslab berishga o’rgatish juda muhimdir. Ular yechayotgan masalada nima berilgan, nima izlanayotganini (noma’lumligini), masalaning savolidan nima kelib chiqishini, masala savoliga javob topish qanday arifmetik amallar yordamida amalga oshirilishini va ularni qanday tartibda bajarish kerakligini tushunib yetishlari, shuningdek har bir tanlangan amalni asoslay olishlari va topilgan natijalarni tushuntirib bera olishlari, berilgan masala bo’yicha ifoda tuza olishlari (barcha zarur tushuntirishlar bilan), masalani yecha olishlari va yechimning to’g’riligini tekshira olishlari lozim. Shuningdek o’quvchilarga masalani turli usullar bilan yecha olish malakasini shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Bunday ishlar o’quvchilarni arifmetik amallarning hossalarining, ularning qonunlarini to’g’riligiga yana bir marta ishontiradi. Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o’quvchilarning turli topshiriqlar bo’yicha masalalar tuzishga mashq qildirish ham foydali hisoblanadi. O’quvchilar masalalar tuzish uchun sonli va syujetli masalalarni atrof borliqdan olishlari kerak. Bunday masalalarni tuzish va yechish har-xil turdagi masalalarning tuzilishini va yechishning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina qolmay, balki o’quvchilarni ijodiy tasavvur qila olishlarini, ularning bilish qobiliyatlarini amalga oshirish imkonini yaratadi. 21
Boshlang`ich sinflarning matematika o’quv dasturi va darsliklarida har-xil kattaliklarni (mahsulotning qancha turishi, uning miqdori, uning bahosi, narsalarning umumiy massasi, narsalarning miqdori (soni), bitta narsaning massasi va xokazo) arifmetika bilsn uzviy bog’liqlikda o’rganishda kata o’rin belgilaydi. Kattaliklarni o’rganishda ularni o’lchash usullari, eng sodda formulalar yordamida ifodalanishi, bog’lanishlar qaraladi. Masalan, “Hamma sotib olingan narsalar qancha turishini bilish uchun narsaning bahosini uning soniga ko’paytirish kerak” ekanligini o’quvchilar og’zaki tushuntiradilar. Shuning uchun masalalarni tanlaganda bu bog’lanishlarning ma’nosini ochib berishda masalalarga alohida e’tibor berish kerak. Davlat ta’lim standartlarining asosiy talablari o’quzchilar tomonidan to’rt arifmetik amalgam oid soda matnli masalalarni yechish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Bunday masalalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - har bir arifmetik amal mazmynini ochib beruvchi (ikki qo’shiluvchining yif’indisini, ikki sonning ayirmasi va ko’pqytmasini toppish, tehg qismlarga bo’lish yoki mazmuninga ko’ra bo’lishga oid); - berilgan sondan bir necha birlik (yiki bir necha marta) katta (kichik) bo’lgan sonni toppish talab etilgan masalalar hamda ayirish va bo’lish yordamida sonlarni taqqoslashga (ayirmali va karrali) doir; - arifmetik amallarning tarkibiy qismlaridan birini topishga doir; - sonning ulushini va ulushiga ko’ra sonning o’zini topishga doir. Ikkinchi va to’rtinchi guruh masalalari 4 - sinf o’quvchilari uchun yangidir. Shuningdek o’quvchilarga ko’rinishi avvaldan tanish, lekin uni yechish uchun yangi bo’lgan kattaliklar orasidagi o’zaro big’lanishlarni tushunib etish asosida tuzilgan masalalarni yechishga alohida e’tibor berish kerak
5 .
5 Axmеdov M., .Abduraxmonova N., Jumaеv M.E. Birinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt, “Sharq”, 2010 yil, 160 bеt
22
Bunday masalalarni yechish uchun amallarni to’g’ri tanlay ola bilish malakasi avtomatizm darajasiga etkazilishi kerak. Shu bilan birga bu malaka anglab etilgan bo’lishi, ya’ni har doim mantiqiy fikr, mulohazalar yordamida, hamda zarur holllarda sxematik ko’rgazmalardan foydalanib, tanlangan amalning to’g’riligini asoslab bera olishlari darkor.
chalkashtirilib yuboriluvchi masalalarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish, raqqoslash zarurjigini unutmaslik lozim. Buning uchun tegishli masalalar juftlarini berish va o’quvchilardan ularning shartlarini, echimlarini taqqoslashni talab etish kerak.
O’quvchilarning masalani bir marta o’qib, sodda masaladan murakkab masalani ajratib olishlari uchun bunday masalalar yozma mustaqil ishlar va nazorat ishlariga kiritilishi lozim. Sodda masalalarni yechish malakasini hosil qilish - bu boshlang`ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki bu malakalar murakkab masalalarni yechishni muvaffaqiyatli o’rganib olishning muhim omilidir. Davlat ta’lim standartlarida masala shartini tahlil qilishga, berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanishlarni o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan ancha yuqori talablar qo’yilgan. Bu maqsadga bir qator yangi turdagi masalalarni yechish orqali erishiladi. Bunda ish dastlab o’qituvchi rahbarligida to’liq tushuntirishlar bilan olib boriladi, so’ngra bu masalalar o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’ylab topishlari va yechishlari uchun tavsiya qilinishi mumkin. Bular quyidagi ko’rinishdagi masalalardir: 1. Har-xil proporsional bog’lanishlarga doir masalalar; 2. Yo’nalishlari bir xil yoki turlicha bo’lgan harakalarga doir masalalar. 3. Munosabatlar usuli orqali yechishga doir masalalar. 4. Birgalikda bajarilgan ishga doir masalalar.
Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog’lanishlarni, amallarning komponentalari bilan ularning natijalari orasidagi bog’lanishlarni 23
ochib berishda, har-xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda tegishli sodda masalalardan foydalaniladi (yechilishi uchun bitta amal bajarilishi talab qilinadigan masalalar – sodda masalalar jumlasiga kiradi).
Sodda masalalar o’quvchillarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muxim vositalaridan biri bolib xizmat qiladi. Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o’rganishda ham foydalaniladi.
Sodda masalalar o’quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan bilbmlar, ko’nikmalar va malakalarni tarkib toprirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Masalani yechilishi uchun bir nechta o’zaro bog’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o’zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi.
Sodda masalalar va
murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda foydali vosita bo’lib, odatda ular o’z ichiga “yashirin axborot” ni oladi. Bu axborotni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilishni, dalillarni taqqoslashni, ularni umumlashtirishni va xokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o’rganish matematikla o’qitishning muxim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalar ustida ishlar ekanmiz, o’quvchilarning xususiy malakalarini ham tizimli ravishda va rejali asosda takomillashtirishni ham o’ylab ko’rish kerak. Chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakalari tarkib topadi.
O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga, diqqat-e’tiborli bo’lishga, muammolarni hal qilishga, ijodiy yondoshishga o’rgatishda mantiqiy masalalarni yechish yuqori ijobiy natijalarga olib kelishga yordam beradi. Bunday masalaga misol keltiraylik: “Xonada 7 ta sham yonib turibdi. Agar ularning 2 tasini o’chirsak, xonada nechta sham yonib turgan boladi?” 24
Matnli masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni qaraylik. Masalalar yechish orqali o'quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog'i lozim.
1. Masalani tinglashni o'rganish va uni mustaqil o'qiy olish. Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O'quvchilar hali o'qish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o'qituvchi o'qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o'rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o'zlashtirish maqsadida, har bir o'quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o'qib chiqishi zarur; Masala matni o'qituvchi yoki o'quvchilar tomonidan bir-ikki marta o'qiladi, ammo bunda bolalarni masala matnini bir marta o'qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga asta-sekin o'rgata borish kerak. 1. Masalani dastlabki analiz qilish (ma'lumni noma'lumdan ajrata olish malakasi). Ma'lumni noma'lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog'lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri. Bunday malakaga ega bo'Imay turib, o’quvchilarni masalalarni mustaqil yechishga o'rganib bo'lmaydi. 2. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og'zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik atamalar tiliga o'tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar). Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlii ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o'quvchilar xotirasiga tayanch bo'lib, son ma'lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi.
25
3. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslabberish va murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so'ngra yechish rejasini tuzish malakasi.Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to'xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o'quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya'ni ba'zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o'zgartiriladi. Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasiga oid
qo'llanmalarda masalani tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Masalaning sintetik tahlili deyilganda, mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son ma'lumotni birlashtirish natijasida bu ma'lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma'lumot bilan boshqa ma'lumot birlashmasiga o'tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi. Masala tahlilining analitik usuli shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masalada berilgan savol turadi. Masala savoliga javob topish uchun zarur ma'lumotlar tanlanadi. Bu ma'lumotlarni boshqa ma'lumotlardan foydalanib topish mumkin. 4. Yechimni bajarish, uni o'qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalalardan boshlaymiz. Sodda masalani arifmetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham yechish mumkin. Bu o'rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so'z boradi, masalani algebraik usulda yechish keyinroq alohida qaraladi. 5. Masala yechimini tekshira olish malakasi. Masala yechimining tekshirish quyidagi usullarda qo'llaniladi: a) olingan javob bilan masala sharti o'rtasida moslik o'rnatish; b) teskari masala tuzish va yechish; v) masalani boshqa usullar bilan yechish; g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash); d) grafik tekshirish. 26
6. Masalalar ustida ishlashda ma'lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasi.
Masalalar ustida ishlash rejasi 1. Masalani o'qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini o'zing tasavvur qiling 2. Masalada nima ma'lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala matnini tushunib olish qiyin boisa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma tayyorlang). 3. Qisqa yozuv bo'yicha har bir son nimani ko'rsatishini tushuntiring va masala savolini takrorlang 4. O'ylab ko'ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo'lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin? Masalani yechish rejasini tuzing. 5. Yechishni bajaring va javobini yozing.
6. O'z yechimingizning to'g'riligini tekshirib ko'ring. 7. O'zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering. Bunda ilg'or o'qituvchilar ishlarida o'quvchilarni mustaqil masalalar yechishga o'rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin:
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling