Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi
I BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MASALALAR USTIDA ISHLASH
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash
I BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MASALALAR USTIDA ISHLASH
1.1. Boshlangich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy va masalalari.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun masalalar yechish matematika o'qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o'zlashtirishni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Matematikani masalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo'lidir.
Masalalar yechishning boshlang`ich sinflarda o'rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o'zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta'kidlab, dasturda shunday deyiladi. Natural sonlar arifmetikasi va nolni o'rganish maqsadga muvofiq masalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so'z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo'llanilishi talab qilinadigan masalani yechish bilan boglanadi.
Arifmetika amallarning mazmuni, amallar orasidagi boglanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi boglanishlarni ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi boglanishlar bilan tanishtirishda mos sodda masalarlardan foydalaniladi. Sodda masalalar o'quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Sodda masalalardan ulushlar qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o'rganishda ham foydalaniladi.
Sodda masalalar o'quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo'ladigan bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni tarkib toptirish uchun asos bo'ladi. Bir nechta o'zaro bogliq amallarni bajarish talab qilinadigan masala murakkab masala deyiladi. Sodda masalalar kabi, murakkab masalar ham bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilimning bu usullarini o'rgatish matematika o'qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. 10
Psixologiya kursidan ma'lumki, tafakkurining rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Chunonchi, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o'qituvchiga o'quvchilarning mumkin bo'lgan aqliy qobiliyatlari zahiralaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan masalalarning yana bitta, favqulodda muhim funksiyasi kelib chiqadi. Masalalarni yechishda predmetga bo'lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, meqnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.
Masalalar o’quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o'z shahrining, qishloqining qayoti bilan, kishilarni ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligidagi mehnatlari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mehnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish, hukumatimizning bolalar haqida, ularning o'qishlari va dam olishlari borasidagi g’amxo'rligi kabi muhim vazifalarni ularning kuchlari yetadigan materiallarda tushuntiradi.
Masalalar ustida shishalar ekan, sistemali ravishda va rejali asosda o’quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o'ylab ko'rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topgan.
Masalalar yechish orqali o’quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmogi lozim.
1. Masalani tinglashni o'rganish va uni mustaqil o'qiy olish. Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar ham o'qish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o’qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarish ajratishga o'rganish lozim. Masalani ifodali o’qishda sonli ma'lumotlar va masalani yechish uchun ma'lum va muhim ahamiyatga ega bo'lgan elementlari tovush bilan masala matni o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan bir-ikki marta o’qiladi, ammo bunda bolalarni masala tekstini bir marta o’qishdayoq uning mazmunining tushunib olishga asta sekin o'rgata borish kerak.
11
Buning uchun esa bolalar masala matnini diqqat bilan tinglashlari va birinchii o’qishdan keyin uning mazmunini tushuntirib olishlari uchun ular oldiga masala o’qishdan ilgari u yoki bu bilimga oid maqsadni qo'yish kerak. O’qituvchi "diqqat bilan tinglang" degan ko'rsatmani berish bilan cheklanib qolmay, balki o’quvchilarga bilish ahamiyatiga ega bo'lgan aniq qo'shimcha topshiriq berishi kerak. Metodik adabiyotda quyidagi tartibda qiyinlanib boradigan topshiriqlar sistemasini berish tavsiya etiladi. Masalar, o’qituvchi bunday deyishi mumkin. "Masala matnini diqqat bilan tinglang va uni takrorlashga tayyor bo'ling". Bu eng sodda topshiriq. Undan ta'limning dastlabki qadamlarida foydalanish mumkin. Shundan keyin topshiriqlar murakkablashtiriladi. Men sizlarga hozirg masalani gapirib beraman, - deydi o’qituvchi, - sizlar esa unda nima ma'lum va nimani bilish kerakligini aytishga tayyor bo'ling. Bu holda o’quvchilar matnni tinglash jarayonidayoq aktiv ishlay boshlaydilar.
Murakkabroq, ammo birinchi sinf o’quvchilari kuchlari yetadigan topshiriq: "Masalani tinglang va undagi sonlarni har biri nimani bildirishini aytishga tayyor bo'ling". Murakkabrogu ammo favqulodda foydali topshiriqqa yana bir misol. "Masalani tinglang va uni qanday qilib qisqa tarzda yaxshi yozish mumkinligini ayting. Bu holda o’quvchilar masala sharti va savolini eslab qolishigina emas, balki berilganlar bilan izlanayotgan miqdorlar orasidagi mavjud boglanishlarni tushunib olishlari kerak.
2. Masalani dastlabki tahlil qilish (ma'lumni no'malumdan ajratib olish malakasi).
Ma'lumni no'malumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi boglanishni ochish - bu eng muhim masalalardan biri, bunday malakaga ega bo'lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o'rganib bo'lmaydi.
3. Masalani mustaqil yozish malakasi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga o'tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar). 12
Masalani qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyindir. Shu sababli birinchi sinfda masalani qisqa yozish asosan o’qituvchi rahbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o'rgatish masalasi qo'yiladi.
Masala sharti murakkab bo'lgan holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo'lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi.
Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o’quvchilar xotirasiga tayanch bo'lib, son ma'lumotlarini tushunish va ajratish imkonini beradi. Shu bilan birga ularni rasional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini aqliy tushuntirish imkonini beradi.
Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o'quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya'ni ba'zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o'zgartiriladi. Masalan, ushbu "Daraxtda 5 ta qush o'tirgan edi, 2 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldig" - degan masalani yechishda birinchi sinf o'quvchisi masalani yechish uchun 5 dan 2 ni ayirish kerak, chunki qushlar oldingisidan kamaydi, deb javob beradi.
Ikkinchi sinf o'quvchisi shunday masalani yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: "Bu qoldiqni topishga doir masala. Bunday masalalar ayirish bilan yechiladi. 5 dan 2 ni ayirsak daraxtda qancha qush qolganini bilamiz".
Murakkab masalani yechishda masalani tahlili qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. Qo'llanmalarda masalani tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Masalan sintetik tahlil deyilganda mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son ma'lumotni birlashtirish natijasida bu ma'lumotlardan nimani bilish mumkinligini aniqlanadi, shundan keyin yangi
13
topilgan ma'umlot bilan boshqa ma'lumot birlashmasiga o'tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi 2 .
Masala tahlilining anilitik usuli shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masala berilgan savol turadi. Masala savoliga javob topish uchun zarur ma'lumotlar tanlanadi, bu ma'lumotlarni boshqa ma'lumotlardan foydalanib topish mumkin.
5. Yechimni bajarilish, uchi talabga mos qilib rasmiylashtirib olish malakasi. Sodda masalani arifmetik usul bilan ham yechish mumkin. Bu o'rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so'z boradi, masalani algebrik usulda yechish yuqori sinflarda batafsil qaraladi. Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi. Masalan: "o'quvchi qiz birinchi kuni kitobning 9 betini, ikkinchi kuni esa birinchi kundagidan esa ikki marta ortiq o'qidi. O'quvchi qiz ikkinchi kuni esa necha bet kitob o'qigang" degan masala yyechilishi bunday yozish mumkin: 9x12=18 (bet). Bunda 18 soni yonidagi ismni yozmasa ham bo'ladi. U holda masala yechilishini yozilish bilan hech bir farq qilmaydi.
Javob: o'quvchi qiz ikkinchi kuni 18 bet o'qigan. 6. Masala yechimini tekshira olish malakasi.
Masala yechimini tekshirish degan so'z, yechimning to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlash, degan so'zdir.
Boshlang'ich sinflarda tekshirishning quyidagi usullari qo'llaniladi: a) olingan javob bilan masala sharti o'rtasida moslik o'rnatish. Tekshirishning bu formasi bilan o'quvchilar birinchi sinfdan boshlab tanishadilar. Masala yechimini bu yechimda tekshirishda masala savoliga berilgan javobda hosil bo'ladigan sonlar ustida arifmetik amallar bajariladi, agar bunda masala shartida berilgan sonlar xosil bo'lsa, masala to'g'ri yechilgan, deb xisoblash mumkin. Misol uchun bunday masalani qaraymiz: "Karim 10 ta baliqcha, Olim undan 2 marta kam baliqcha tutdi. Ikki bola qancha baliqcha tutgang".
2 Jumaеv M.E. va boshq. Birinchi sinf matеmatika daftari. Toshkеnt. “Sarq”, 2009 yil., 48 bеt 14
Yechilishi: 10 + 10:2=15 (Baliqcha). Tekshirishi. Masala shartiga ko'ra, Olim Karimdan ikki marta kam baliqcha tutgan, haqiqatdan ham: 1. 15-10 = 5 (baliqcha); 2. 10:5=2 b) Teskari masala tuzish va yechish. Darslikda berilgan yoki yechish uchun o'qituvchi tomonidan berilgan har qanday masala to'g'ri masala hisoblanadi. Teskari masala tuzish uchun oldin to'g'ri masalani yechish kerak bo'lib, unda no'malum bo'lgan sonning ma'lum son qilish, ma'lum sonlarda berish, no'malum qilish kerak. Bundan to'g'ri masala tarkibiga nechta son ma'lumot kirgan bo'lsa, unga shuncha teskari masala tuzish mumkinligi ravshan bo'lib qoladi. Misol uchun 2 sinf darsligidagi masalani qaraymiz: "sport qurtkasi bilan shimi birgalikda 3200 so'm turadig Qurtka 2200 so'm, shimi qancha turadig Masalanining qisqa yozuvi: kurstkasi - 2200 so'm 3200 so'm Shimi - g
Yechilishi: 3200-2200=1000 so'm. Masala shartida 2 son berilgan, shu sababli ikkita teskari masala tuzish mumkin. Sp kurstkasig 3200 so'm Shimi - 1000 Sp kurstkasi - 2200 so'm Shimi - 1000g
Ko'rib turibmizki har bir teskari masalani yechish natijasida berilgan (to'g'ri) masalada ma'lum bo'lgan son hosil bo'ladi. Shu sababli berilga masala to'g'ri yechilgan deb hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling