Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir tushunchalarini shakllantirish Mundarija: Kirish Asosiy qism
Download 1.27 Mb.
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga doir ilmiy tushunchalarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozlari
- . Yangi mavzu bayoni
1- dars
Tabiat nima Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda tabiat, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarning tabiat haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning tabiat haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Darsning jihozlari: jonsiz va jonli tabiat namunalarini, tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlar, darslik. Darsda qo‘llaniladigan metod: suhbatlashish, “Klaster” interfaol metodi. Darsning borishi 1.Tashkiliy qism. O‘quvchilarning darsga tayyorligini va davomatini tekshirish, jonsiz va jonli tabiat namunalari, tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni osish. 2. Yangi mavzu bayoni. 1. 2- sinfda “Atrofimizdagi olam” darslarida nimalarni o‘rgandingiz? 2. “Tabiat“ deganda nimalarni tushunasiz? (O‘quvchilar bilan ushbu savollar bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. ) Suhbat natijalariga qarab, o‘quvchilarning javobi to‘ldirib boriladi. Yangi mavzu bo‘yicha tabiat nima ekanligi, u jonli va jonsiz tabiatga bo‘linishi, tabiat hodisalari o‘quvchilarga batafsil so‘zlab beriladi. Kunduzi havo ochiq. Moviy osmonda quyosh charaqqlab turibdi, oq bo‘litlar suzib qushlar charx urib sirli shivglaydi gullayotgan o‘simliklardan yoqimli hid taraladi. Uzoqdan qor qoplagan tog‘ ko‘zga tashlanadi. Kechasi osmon qorong‘ilashganda oy bilan yulduzlar yaxshi ko‘rinadi. Havo salqinlashadi. Kuz kunlaridan birida dalaga chiqing. Tevarak atrofdagi barcha narsalarga diqqat bilannazar tashlang. Quyosh , oy yulduzlar yer, havo, suv, toshlar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar-bularning hammasi bir butun tabiatni tashkil qiladi. Tabiatni o‘rganadigan fan tabiatshunoslik deb ataladi. Quyosh, oy, yulduzlar, yer, havo, suv, toshlar- bular jonsiz tabiat jismlari. O‘simliklar, hayvonlar, odamlar bular jonli tabiat jismlari. Jonli tabiat oziqlanadi. Ular ana shu jismlarni xususiyatlari bilan jonsiz tabiat jismlaridan farq qiladi. Odamlar o‘zining hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni jonli va jonsiz tabiatdan oladi. (Yod oling) O‘quvchilarning mavzuni qay darajada anglab yetganini bilish maqsadida o‘qitishning “ Klaster” usulidan foydalanadigan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu mashq o‘quvchini mustaqil fikrlashga ifoda etishida yordam beradi. Mashqni o‘tkazish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib oladi. 1- guruh “Jonli tabiat” 2-guruh “Jonsiz tabiat”ga klaster tuzadi va amalda qullaydi. (Mulohaza qilish (Rafleksiya) yuosqichi) Qiyoslang? Tabiatda bo‘ladigan qanday mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatgansiz? - Bahorda havolar isiy boshlaydi, muzlar erib, ariqlar suvga to‘lib oqadi, dalalar yana yashil bo‘ladi, daraxtlar gullaydi, qushlar uchib keladi. Dehqonchilik ishlari boshlanadi. -Yozda ob-havo issiq bo‘ladi mevalar pishadi. - Kuzda havo bir oz soviydi daraxtlarning barglari sarg‘ayib o‘kiladi, ayrim qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi. - Qishda suv muzlaydi, qor yog‘adi, havo sovuq bo‘ladi, daraxtlar uyquga ketadi. Jonli va jonsiz tabiatning o‘rtasida qanday boyliklar bor. Jonli tabiat suvsiz yashay olmaydi havo bilan nafas oladi, jonsiz tabiat jonli tabiat yashashi uchun makon hisoblanadi. Demak jonli va jonsiz tabiat bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Jonli va jonsiz tabiatning o‘zaro salbiy ta’sirlari ham bormi?- Jonsiz tabiatning jonli tabiatga salbiy ta’sir omillari tabiiy ofatlar- sel kelishi, to‘fonlar, davullar, qor kuchishi, zilzila, vulqon otilishi o‘rmon yonginlari kabilar, - jonli tabiatning jonsiz tabiatga salbiy ta’sir omilari: tevarak atrofga e’tiborsizlik bilan qarash, tirik organizmlar, asosan insonlar suvni, havoni, tuproqni turli chiqindilar va zararli moddalar bilan ifloslantirishi ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jonli va jonsiz tabiatning qanday o‘xshashliklari bor? Masalan, joonsiz tabiatda: havoning harakatidan shamol paydo bo‘ladi. Suvlar oqadi, harakatlanadi, shamolda bulutlar suzadi qumlar ko‘chadi. - Jonli tabiatdagi harakat ko‘rinishlari: o‘simliklar o‘sadi, kurtak yozadi, barg chiqaradi, quyoshga qarab harakatlanadi. Hayvonlar (o‘rmalaydi, yuradi, yuguradi, sakraydi, uchadi) Yangi mavzu bo‘yicha tabiat nima ekanligi, u jonli va jonsiz tabiatga bo‘linishi, tabiat hodisalari o‘quvchilarga batafsil so‘zlab beriladi. Tabiat nima uchun o‘rganilishini tushuntirishda o‘quvchilarni bu fanni o‘rganishga qiziqtiriladi. Bu fanni o‘rganish yuqori sinflarda biologiya, geografiya, kimyo va fizika fanlarini o‘rganishga zamin tayyorlashi, eng muhimi, o‘quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini kengaytirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. O‘quvchilarga 3-sinf tabiatshunoslik darslarida nimalar o‘rganilishi qisqacha tarzda bayon qilib beriladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling