Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga EGA o‘quvchilarni birga
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Boshlang 5 MODUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Boshlang’ich sinflarda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni birga o’qitishni tashkil qilish usullari (2 soat amaliy mashg‘ulot) Reja: 1. Inklyuziv ta’lim tushunchasi. Inklyuziv ta’limning huquqiy-meyoriy asoslari. 2. O‘zbekistonga inklyuziv ta’limning kirib kelishi. Inklyuziv ta’limning tadbiq etishdagi to‘siqlar va muammo 3. Boshlang’ich sinflarda maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni umumta’lim sharoitida o‘qitishda o‘quv- tarbiya jarayonini moslashtirish metodlari. Mashg‘ulot maqsadi: Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarga ta’lim- tarbiya berishning psixologik jihatlari. O‘quvchilarni jismoniy, intelektual, ijtimoiy, emotsional, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar birga o‘qitishni tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish. Tayanch tushunchalar: Inklyuziya, inklyuziv ta’lim, intelektual, ijtimoiy, emotsional, imkoniyati cheklangan. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: ko‘rgazmali, ma’ruza, bayon qilish, strategik metodi, pedagogik masalalar, treninglar, muammoli vaziyatlar, kichik guruhlarda ishlash. 1-ilova Inklyuziv ta’limning huquqiy-meyoriy asoslari va huquqiy-meyoriy hujjatlari. O‘zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko‘rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. Ko‘zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo‘ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud. Imkoniyati cheklangan bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega. Inklyuziv ta’limning O‘zbekistondagi huquqiy asoslari. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil; 41-modda) – «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida»gi Qonun (1991 yil, 19, 27-moddalar) Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentabr,O‘RQ-637-son, Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan , Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son) Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling