2-ilova. Inklyuziv ta’lim tushunchasi.
Inklyuziv ta’lim - alohida yordamga muhtoj bolalarni
normal rivojlanishdagi
bolalar bilan teng huquqlilik asosida ta’lim olishidir.
Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion–
uyg‘unlashmoq,
qamrab olmoq, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni
(diskriminatsiyani) bartaraf etish. Inklyuziv ta’lim – bu davlat siyosati bo‘lib nogiron
yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj,
kasallangan bolalar uchun
moslashuvchan va individuallashgan yordam tizimidir va barcha bolalarni teng
ko‘rishni ko‘zda tutadigan inklyuziv, innovatsion ta’lim turidir.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo‘lgan
bolalarga
samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayoni har tomonlama
amalga
oshirilgan
islohotlar
asosidagina
samarali
kechadi.
Umuman, tuzatuvchi (maxsus) pedagogika — bu pedagogikaning
rivojlanishda
turli xil ruhiy-jismoniy buzilishlarga ega bolalarning shaxsiy rivojlanishi, ta’lim va
mustaqil turmush kechirishda imkon qadar yuksak darajaga erishishi uchun zarur bo‘lgan
ta’lim berish va tarbiyalash sharoitlarini o‘rganuvchi bo‘limidir.
Maxsus pedagogikada
boladagi o‘zgarishdan kelib chiqqan holda turli yo‘nalishlar mavjud:
1. surdopedagogika, eshitish qobiliyati o‘zgargan bolalar bilan shug‘ullanuvchi;
2. tiflopedagogika, zaif ko‘ruvchi va ko‘ra
olmaydigan bolalar bilan
shug‘ullanuvchi;
3. tiflosurdopedagogika, ko‘zi ojiz va kar-soqovlar bilan shug‘ullanuvchi;
4. logopediya nutqida o‘zgarishlar mavjud bolalar bilan ishlaydi;
5. oligofrenopedagogika, aqlida o‘zgarishlar bo‘lgan va ta’lim
olishda
qiynaladigan bolalar bilan shug‘ullanuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: