Xulosa.................................................................................................................... 35
Foydalanilgan adabitotlar ro‘yxati..................................................................... 36
K I R I S H
Mavzuning dolzarbligi va ilmiyligi. Ushbu kurs ishida boshlang‘ich sinf o’quvchilarining matematika darslarida egallashi zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va umumiy tushunchalar haqida fikrlar berilgan.
Ishda berilgan metodlar orqali matematika darslari o‘qitilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy tushunchalar shakllanadi.
Darslarga tayyorlanish jarayonida o‘qitishning induktiv, deduktiv kabi usullarini tanlash zaruriyati ham tug‘iladi. Keyingi yillarda deduktiv o‘qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Tafakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib faqat umummehnat xarakteridagi tajribalar orqaligina muvofaqqiyatga erishib bo‘lmaydi. Induktiv yoki deduktiv usularni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi. Shu sababdan kurs ishimizning mavzusini “Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo‘llari” deb nomladik.
O‘rta ta’lim muassasalari shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim maktablari ham Davlat ta’lim standarti talablarini amalga oshiradilar.
Boshlang‘ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo‘yilgan standart ko‘rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning me’zon va parametrlarini ta’lim sohalarida belgilab qo‘yilgan ta’lim standartining ko‘rsatkichlari tashkil etadi. Ta’lim sohalari bo‘yicha ta’lim natijasining sifati xuddi mana shu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o‘rinda, belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o‘lchov birliklarida ifodalanadi.
Kurs ishining maqsadi - Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o‘qitish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |