Kurs ishining ob’yekti Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o‘qitishning metod va vositalari.
Kurs ishining vazifalari.
Boshlang‘ich sinf matematikasiga qo‘yilgan talablarni o‘rganish;
Induksiya, deduksiya va analogiya usulidagi masalalarning ta’lim jarayonidagi rolini aniqlash;
Masala ustida ishlash metodikasini o‘rganish;
Masala ustida ishlash metodikasiga noan’anaviy yondashishlar tahlili;
Masalani yechishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tafakkurining rivojlanish darajasini va imkoniyatlarini aniqlash;
Kurs ishining ilmiy farazi shundan kelib chiqadiki, agar:
- Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanib o‘qitishni dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslab berilsa;
- Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullarini shakllantirishning nazariy jihatlari ishlab chiqilsa;
- Boshlang‘ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullari aniqlansa hamda bundan amaliyot jarayonida foydalanilsa, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish mumkin
Kurs ishining metodlari analiz, sintez, umumlashtirish va konkretlashtirish metodlari ishlatildi, fikr va mulohazalar umumlashtirildi hamda xulosalarga kelindi.
Kurs ishining yangiliklari va ahamiyati - Induktiv usullar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Matematika va fizikaga doir ko‘pgina masalalar, ayniqsa o‘qituvchi o‘quvchilarni ayrim umumiyroq formulalarni mustaqil egallashlariga olib kelish zarur deb hisoblagan hollarda, induktiv usul vositasida yechiladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi 63 betni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |