suvga
qorilgan xamirdan
"Kremli trubochka"
pirojniylarni
tayyorlash.
"Kremli trubochka" pirojniysi. Qaynoq suvga
qorilgan xamir yarimfabrikati 1805, sariyog‘li krem
3425, pomada 1905. Chiqishi 70 g dan 100 dona.
Qaynoq suvga qorilgan xamirni diametri 18 mm
tishli yoki tekis naychali qandolatpazlik xaltasiga
solib, ozgina yog‘ surtib qo‘yilgan listlarga 12 mm
uzunlikdagi tayoqchalar ko‘rinishida sitib tushiriladi
va 190—220°S haroratda pishirib olinadi. Pishirish
mahalida mahsulotlar ko‘tarilib chiqadi, ichida yesa
bo‘shliq hosil bo‘ladi. Bularni sovitiladi-da, ikki
tomonidan krem bilan to‘ldiriladi. Buning uchun
kremni tekis naychali ingichka qandolatpazlik
xaltasiga solib, shu naycha bilan mahsulotni
teshiladi-da, bir yo‘la krem bilan toidiriladi. Ustiga oq
pomada beriladi. Bu pirojniy sariyog‘li krem bilan
tayyorlanadi, lekin uni "Sharlott" va shokoladli
"Sharlott" kremi bilan ham tayyorlash mumkin.
Shokoladli "Sharlott" kremi ishlatiladigan bo‘lsa,
pomada retsepturasiga kakao-poroshok qo‘shiladi.
Pirojniyni "Glisse" kremi bilan ham tayyorlasa
bo‘ladi.
Bu retsepturaga muvofiq "Qaynatma kremli
trubochka" degan pirojniy tayyorlanadi. Uni
tayyorlash usuli xuddi yuqoridagidek, lekin pirojniyni
qaynatma krem bilan to‘ldiriladi. Kichik pirojniyning
og‘irligi 42 g. Bu pirojniyning yuziga shokoladli
pomada beriladi. Tayyorlash texnologiyasi va
yo‘riqnomali xaritaga asoslanib tayyorlash. Sifatiga
bo‘lgan
talablar
jadvaliga
ko‘ra
baholash.
Mahsulotlarni
tayyorlashda
aniqlangan
kamchiliklarni qayd qilish va ularni bartaraf etish.
6
LA
2
11 Havol
xamiridan
"Lada"pirojniysini
tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |