Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 3.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/310
Sana27.09.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1688439
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   310
Bog'liq
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33

Pryanik 
xamiridan 
asalli pryanik mah 
sulotini tayyorlash 
. Havol xamiridan 
"Merengi" 
havol 
pecheniysini 
tayyorlash . 
Asalli pryaniklar. Un 500, jumladan urvog‘iga 36, 
shakar 140, asal 233, margarin 56, o‘simlik moyi 3, 
tuxum 14, ammoniy 4, dolchin 2, 8, suv 55. 
Xamirining og‘irligi 900. Ustiga berish uchun qiyom 
100. Chiqishi 1000 g. 
Qaynoq usulda xamir tayyorlanadi. Buning uchun 
qozonga shakar, suv, asalni solib, ma’lum quyuqlikka 
kelguncha bug‘lantiriladi. Qiyomning bir tomchisini 
olib va barmoqlarni kerib ko‘rib quyuqligi aniqlanadi 
— u ip bo‘lib cho‘zilishi kerak. Tayyor qiyomni suzib, 
unga yog‘ qo‘shiladi va uni 80-90° S haroratgacha 
sovitiladi. Sovitilgan qiyomga un qo‘shib, bo‘laklarsiz 
bir jinsli xamir hosil bo‘lguncha qorishtiriladi. Xamirni 
25-27° S haroratgacha sovitiladi. Sovigan xamirni 
stolga 
qo‘yib, 
o‘rtasi 
chuqurlanadi-da, 
shu 
chuqurchasiga 
retseptda 
ko‘zda 
tutilgan 
xomashyoning qolgani solinadi. Xamirni qattiq-
yumshoqligi va rangi jihatidan bir jinsli holga 
kelguncha yaxshilab pishitib olinadi. 
Tayyor xamirni diametri 2 sm keladigan uzun 
zuvalalar holiga keltirib, bularni 27-29 g li bo‘laklarga 
bo‘linadi-da, elakka olib, doiraviy harakatlar bilan 
ularga sharsimon shakl beriladi. Bu sharchalarni 
keyin ustiga yog‘ surtib, un sepib qo‘yilgan listlarga 
terib, pishirib olinadi. Asalli pryaniklar pishib 
chiqqanidan keyin ularga xuddi usti qiyomlangan 
pryaniklar singari qiyom berib, yuzi yaltillatiladi. 
Sifatiga qo‘yiladigan talablar. 
"Merengi" havol pecheniy.
Shakar 961, 4, tuxum (oqi) .360, 5, vanil upasi 7, 2. 
Chiqishi 1000 g. 
Tuxum oqini hajmi 4-5 baravar kattalashguncha kuv 
mashinada kuvlanadi. Kuvlashning oxirida asta-sekin 
vanil upasi, shakar (retseptida ko‘zda tutilgan 
miqdorining 50 foizi) qo‘shiladi, keyin tuxum oqini 
qolgan shakar bilan qorishtiriladi. Tayyor massani 
qandolatpazlik xaltasiga solib, silliq yoki tishli 
naychasidan ustiga yog‘ surtilgan yoki qog‘oz yozib 
qo‘yilgan listlaiga sitib tushiriladi. Pecheniyni 100-
110°C da 1 soat davomida pishiriladi. 
Sifatiga qo‘yiladigan talablar: mahsulot dumaloq, 
nozik, uvalanadigan, oq bo‘lishi kerak. Tayyorlash 
texnologiyasi va yo‘riqnomali xaritaga asoslanib 
tayyorlash. Sifatiga bo‘lgan talablar jadvaliga ko‘ra 
baholash. Mahsulotlarni tayyorlashda aniqlangan 
kamchiliklarni qayd qilish va ularni bartaraf etish. 

LA 



Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling