Qumoq xamirdan
qumoq pecheniy va
qumoq
kekslarni
tayyorlash .
Qumoq pecheniy. Un 522, qand upasi 209, sariyog‘
yoki margarin 313, tuxum 47, tuz 0, 5; ustiga sepish
uchun: yong‘oq 16, shakar 37; yuziga surtish uchun
tuxum 26. chiqishi 1000 gr.
Yog‘ bilan shakarni aralashtirib, bir jinsli holga
keltiriladi, vanilli shakar, tuxum, unni asta-sekin
qo‘shiladi-da, hammasini yaxshilab qorishtiriladi.
Xamirni 4 mm qalinlikda bir tekis yoyiladi, yuziga
tuxum surtib, yong‘oq, keyin esa shakar sepiladi.
Bular quriganidan keyin o‘ygich yoki pichoq bilan
xamirdan har xil shakllar o‘yib olinadi. Pecheniylarni
quruq
listlarga
terib,
230-
250°
S
da
pishiriladi.Sifatiga qo‘yiladigan talablar: pecheniylar
har xil shaklda, ko‘rinishi buzilmagan, chetlari tekis,
berch joylari yo‘q, bosib ko‘rilganida uvalanadigan,
namligi 6%, 1 kg mahsulotda 60-70 dona bo‘lishi
kerak.
Qumoq keks. Un 238, kartoshka kraxmali 79, sariyog‘
225, tuxum 343, vanilli shakar 4, 8, shakar 319,
qand upasi 14; qoliplarga surtish uchun yog‘ 11,
5.chiqishi 1000 g
Tuxum sariqlarini shakarga qo‘shib shakar kristallari
yo‘qolib ketguncha qorishtiriladi. Sariyog‘ni alohida
olib kuvlanadi va qorishtirib qo‘yilgan tuxum sarig‘i,
vanilin, alohida kuvlangan tuxum oqi bilan
aralashtiriladi. Massani yaxshilab qorishtiriladi- da,
kuvlashni to‘xtatmasdan un bilan kraxmalni
qo‘shiladi. Tayyor xamirni hozirlab qo‘yilgan
qoliplarga solib, 190-200°C haroratda pishiriladi.
Qoliplarga oldin yog‘ surtib, un sepib qo‘yiladi.
Mahsulotlarni pishirib olib sovitib qo‘yilganidan
keyin ustiga qand upasi sepiladi.Sifatiga qo‘yiladigan
talablar:
keks
tillarang-sariq
rangda,
xamiri
uvalanadigan, ustiga qand upasi sepilgan bo‘lishi
kerak. Tayyorlash texnologiyasi va yo‘riqnomali
xaritaga asoslanib tayyorlash. Sifatiga bo‘lgan
talablar jadvaliga ko‘ra baholash. Mahsulotlarni
6
LA
4
tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni qayd qilish va
ularni bartaraf etish.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |