Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzular soni 27 Dasturning maqsadi .
Tuzuvchilar: Ustababayeva Xafiza Artikovna Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi metodik bo’limi boshlig’i. Shomaksudova Kamola Djuraevna Abdullaeva Muazzam Abdusalomovna Toshkent turizm va servis kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Toshkent turizm va biznes kolleji maxsus fan o‘qituvchisi Taqrizchilar: Umarov A.X. O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi raisi 1. O‘quv dasturi umumiy talablari Dastur nomi Bolalar pazandachilik taomlarini tayyorlash ishlab chiqarish amaliyoti Ajratilgan soat 180 Mavzular soni 27 Dasturning maqsadi . “Bolalar pazandachilik taomlarini tayyorlash ishlab chiqarish amaliyoti” fani “Oshpaz-qandolatchi“ kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi bolalar ovqatlanishida pazandachilik va o’zbek milliy pazandachiligi texnologiyasi asosida taom va mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashni texnologik jarayonlarini o‘rganadi. Davlat standartiga ko‘ra bolalar ovqatlanishida pazandalik mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat sifatida istemol qilishga yaroqligini, istemolchining salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom mustaqil tayyorlashni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek dastur turli bolalar pazandachiligi mahsulotlarini tayyorlashda texnologik jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik jarayoniga ish o‘rnini ratsional tashkil etishga tayyorlash; bolalar ovqatlanishida o‘zbek milliy va pazandachiligi taomlarini retsepturalari asosida mustaqil tayyorlay olishni o‘rgatish.Sardak va qaynatmalarni tayyorlay olish. bolalar ovqatlanishida pazandachilik va o’zbek milliy pazandachiligi asosida suyuq taom turlarini, sabzavot, baliq,go‘sht,parranda go‘shtlaridan quyuq taomlarni tayyorlash;turli sovuq taomlarini , tuxum,tvorog va un mahsulotlaridan turli taomlarini, turli issiq va sovuq shirin taomlarini ,issiq va sovuq ichimliklarni tayyorlashda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Taom tayyorlashda texnologik yo’riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to’g‘ri foydalana olish, bolalar ovqatlanishida pazandachilik taomlarini tayyorlash ,tarqatish va xizmat ko’rsatishdagi malakalarini va kasbiy kompetensiyalarini umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarish sharoitida shakllantirish. Bu dasturning asosiy maqsadi 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar pazandachilik o‘quv amaliyoti fani sifatli bolalar pazandachilik mahsulotlari tayyorlash texnologik jarayonlarini o‘rgatadi. Davlat standartiga ko‘ra bolalar pazandalik mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat sifatida bolalarni iste’mol qilishga yaroqligini, ularning salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom tayyorlashni o‘rgatishdan iborat Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling