Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


-rasm. Lantsetnik lichinkasining ko`ndalang kesimi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

12-rasm. Lantsetnik lichinkasining ko`ndalang kesimi:
1-xordasi; 2-ikkilamchi tana bo`shlig’i; 3-gonotom; 4-ichagi;
5-miotom; 6-teri varag’i; 7-sklerotom; 8-nerv nayi. 


namoyon bo`ladi. Jinsiy bezlari tanasining faqat o`ng tomonida, o`ng metaplevral 
teri burmalari chap burmalaridan uzunroq bo`ladi. 6 ta turi ma`lum. 
Amfioksid lantsetniklar kichik oilasi vakillari lichinkalik tuzilishining ayrim 
belgilari bilan xarakterlanadi. Atrial bo`shlig’i yo`q, og’zi chap tomonga siljigan, 
deyarli paypaslagichlari bo`lmaydi. Tanasining uzunligi 16 mm gacha bo`ladi. 
Boshqa lantsetniklardan farq qilib, ular bentos emas, balki plankton hayot 
kechiradi. Ularni epigonixtlar lichinkasi deb faraz qilinadi. 
Boshskeletsizlar kenja tipining vakillari mo``tadil va iliq suvli Atlantika
Hind va Tinch okeanlarining barcha dengizlarida tarqalgan. MDHda ular Qora va 
Yapon dengizlarida uchraydi. Lantsetniklar temparaturasi +17 +30°S haroratli va 
sho`rligi 20-30% bo`lgan suvlarda ko`proq uchraydi. Mo`tadil suvlarda 
lantsetniklar yilning issiq kunlarida ko`payadi. Masalan: Qora dengizda ular may 
oyining oxiridan avgustning boshigacha ko`payadi. Tuxumining diametri 0,1 mm 
gacha boradi. Lantsetnikning tarkibida 80% gacha oqsil va 2% yog’ bor. Shuning 
uchun ham uni Osiyoning janubi-sharqiy qirg’oqlarida yashovchi aholi qadimdan 
oziq-ovqat sifatida ov qilishadi. Buning uchun suv ostidagi qumning yuza qismini 
g’alvirda elab lantsetniklarni terib oladilar. Bitta qayiqda kuniga 5 kg gacha 
lantsetnik ovlash mumkin. Bir yilda esa 35 t gacha lantsetnik ovlanadi. Bu esa 280 
million dona lantsetnik demakdir. Lantsetniklarni qaynatib, dudlab yoki qovurib 
iste`mol qilinadi. Bunday qaraganda lantsetniklarning amaliy ahamiyati katta 
emasga o`xshaydi. Lekin ular dengiz biotsenozida ozuqa zanjirida ahamiyati bor. 
Bundan tashqari, lantsetniklar ilmiy jihatdan umurtqali hayvonlarning kelib 
chiqishini yoritishda ham qimmatli material hisoblanadi.
Boshskeletsizlarning ajdodlari to`g’risida aniq ma`lumotlar bizgacha yetib 
kelmagan, chunki ular nozik gavdali va mayda hayvonlar bo`lib, qoldiqlari qazilma 
holda saqlanmagan. Shunga qaramasdan akademiklar A.O.Kovalevskiy va 
A.N.Severtsovlarning solishtirma anatomiya va embriologiya sohasida olib borgan 
tadqiqotlariga asoslanib lantsetniklarning qadimgi ajdodlari suvda erkin suzib 
yuruvchi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar bo`lgan, degan xulosaga kelinadi. 
Bu hayvonlarning muskullari gavdasining boshidan – dumining oxirigacha 
segmentlashgan, jabraoldi bo`shlig’i bo`lmagan, xordasi boshigacha yetib 
bormagan, jabra yoriqlari kam sonda, ya`ni 17-20 tagacha bo`lgan va ular 
to`g’ridan-to`g’ri 
tashqariga 
ochilib 
turgan, 
deb 
taxmin 
qilinadi. 
A.N.Severtsovning fikriga ko`ra bu boshlang’ich boshskeletsizlardan ikkita 
shoxcha chiqqan. Bitta shoxcha suvda erkin suzib yuruvchi hayvonlar singari 
taraqqiy etavergan va ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Ikkinchi shoxcha 
vakillari esa suv tubida hayot kechirishga o`tib, chap tomoni bilan yonbosh 
yotishga layoqatlangan. Ularning og’iz va anal teshiklari pastga, ya`ni chap 
tomonga, chap tomondagi jabra yoriqlari esa yuqoriga, ya`ni o`ng tomoniga o`tib 
qolgan. Keyinchalik suv tubidagi qumga ko`milib yashashga moslashish orqasida 
lantsetniklarning ajdodlari paydo bo`lgan. Ularda jabra yoriqlarini ifloslanishdan 
saqlaydigan jabra oldi bo`shliq-atrial taraqqiy etgan va gavdasi assimetriya 
holatidan ikkilamchi marta ikki tomonlama simmetriyali bo`lib qolgan. Demak, 
ko`pchilik zoolog olimlarning fikriga ko`ra, boshskeletsizlarning vakillari 
lantsetniklarga o`xshash bo`lgan qadimgi tuban xordalilardan kelib chiqqan. 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling