Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Umurtqali hayvonlarning
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
Umurtqali
hayvonlarning kelib chiqishi. Birlamchi umurtqali hayvonlarning ajdodlari hozirgacha topilmagan. Lekin shunday bo`lsa ham ko`pgina yirik zoolog olimlar qadimgi umurqali hayvonlarning qazilma qoldiqlarini tekshirib umurtqali hayvonlarni 2 ta bo`limga bo`lishadi: 1. Jag’sizlar (Agnatha) bo`lim. 2. Jag’og’izlilar (Gnathostomata) bo`limi. Jag’sizlar bo`limi o`z navbatida qalqonli maxluqlardan (baliqlarga o`xshash) kelib chiqqan va ular silur davrida keng tarqalgan. Qalqonli maxluqlar o`z navbatida qalqonsiz maxluqlardan kelib chiqqan, degan taxminlar bor. Chunki silur va devon davrlarida jag’sizlarning vakillari keng tarqalgan. Keyinchalik ularning ko`pchiligi qirilib ketib, faqatgina bitta shoxchasi baliqlarning terisi va jabrasida parazitlik qilib yashab qolgan. Keyinchalik jag’sizlardan jag’og’izlilar, ya`ni baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar kelib chiqqan. MURTAK PARDASIZ UMURQALILAR (ANAMNIA) GURUHI. JAG’SIZLAR (AGNATHA) BO`LIMI. JAG’SIZLAR (AGNATA) KATTA SINFI To`garak og’zlilar sinfining umumiy tavsifi. To`garak og’zlilarning tashqi va ichki tuzilishi, ko`payishi, rivojlanishi. To`garak og’izlilar sinfining sistematikasi, ekologiyasi, ahamiyati va kelib chiqishi. Jag’sizlar dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban tuzilgan umurtqalilar hisoblanadi. Skeletida suyak to`qimasi rivojlanmagan, xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag’lari bo`lmaydi. Miya qutisi va yuz skeleti tog’aydan tuzilgan. Og’zi so`ruvchi tipda va to`garak shaklida. Xaltasimon jabralari endodermadan kelib chiqqan. Halqumining devorida 7-16 juft jabra yoriqlari bor. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki qulog’ida faqat ikkita, ayrim turlarida hatto bitta chala doira naylar bo`ladi. Burun teshigi toq - bitta bo`ladi. Jag’sizlar – eng qadimgi umurtqalilardir. Qadimgi geologik davrlarda, ayniqsa, silur davrida ular juda xilma-xil va ko`p sonli bo`lgan. Qadimda jag’sizlar dengizlarda yashagan. Hozirgi yashab turgan turlari esa dengizlarda ham va chuchuk suvlarda ham tarqalgan. Jag’sizlar katta sinfi ikkita sinfga bo`linadi: 1. Qalqondorlar (Ostracodermii) sinfi. 2. To`garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfi. Qalqondorlar sinfi vakillari devon davrining ikkinchi yarmida qirilib ketgan. Hozirgi davrgacha to`garak og’zlilar sinfiga kiruvchi miksinlar va minoglar kenja sinflari vakillarigina saqlanib qolgan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling