Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
-rasm. Tomir tugunchali Baumen
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-rasm. Umurtqali hayvonlar siydik-tanosil sistemasining sxemasi
21-rasm. Tomir tugunchali Baumen kapsulasi: 1-olib keluvchi qon tomiri; 2-olib ketuvchi qon tomiri; 3-Baumen kapsulasi; 4-tomirli tugunlar; 5-birlamchi siydik; 6-buyrak kanalchalari; 7-nefrostoma. Б V G siydik pufagi bo`ladi. Buyrak embrionda doimo segment sari joylashgan naychalar shaklida hosil bo`ladi (21-rasm). Barcha umurtqalilar embrionida gavda bo`shlig’ining oldingi qismida bosh buyrak, ya`ni pronefros hosil bo`ladi, uning ayiruv yo`lini pronefrik kanal (yo`l) deyiladi. Pronefros tuban umurtqalilarning embrionida va lichinkalarida ayirish organi vazifasini bajaradi. Rivojlanishning keyingi davrida pronefrosning orqasida, ya`ni pastida tana buyragi, ya`ni mezanefros hosil bo`ladi. Uning naychalari tez orada uzunasiga ikkiga bo`linib, 2 ta kanalni, ya`ni pronefros bilan bog’langanicha qoladigan myullerov kanalini va mezanefros bilan bog’langan holda qoladigan volfov kanalini hosil qiladi (22-rasm). 22-rasm. Umurtqali hayvonlar siydik-tanosil sistemasining sxemasi: I (erkak)-II (urg’ochi) akula va amfibiyalarniki; III (erkak)-IV (urg’ochi) reptiliya va qushlarniki; V (erkak)-VI (urg’ochi) sutemizuvchilarniki: 1-pronefros (bosh buyrak); 2-urug’don; 3-urug’ chiqarish yo`li; 4-mezanefros (birlamchi buyrak); 5-orqa ichak; 6-siydik pufagi; 7-kloaka; 8- tuxum yo`li varonkasi; 9-tuxumdon; 10-myullerov kanali; 11-urug’don ortig’i (mezanefrosning oldingi qismi qoldig’i); 12-urug’ yo`li; 13-metanefros (ikkilamchi buyrak); 14-ikkilamchi siydik kanali; 15-mezanefros rudimenti; 16-tuxum yo`li; 17-tuxum hujayrasi; 18-tuxum yo`li devoridan ajraladigan oqsil; 19-bachadon; 20-bachadondagi embrion; 21-qin; 22-jinsiy sinus; 23-prostata bezi; 24-urug’ pufagi; 25-urug’ yo`li; 26-urug’don o`simtasi; 27-oraliq, 28-myullerov kanali rudimenti; 29-mezanefros kanali (birlamchi buyrak); 30-kopulyativ organi (penis); 31-anal teshigi. Tuban umurtqalilarning (to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar) urg’ochilarida pronefrosning o`zi reduktsiyalansa ham myullerov kanali saqlanib, tuxum yo`liga aylanadi, mezanefros esa buyrak o`rnida ishlaydi, volfov kanali bo`lsa, siydik yo`li bo`lib xizmat qiladi. Tuban umurtqalilarning erkaklarida pronefros ham myullerov kanali ham reduktsiyalangan, mezanefros esa 2 ta funktsiyani bajaradi, ya`ni keyingi qismi buyrak funktsiyasini, oldingi qismining naychalari esa urug’don bilan bog’lanib, urug’don kanalchalari funktsiyasini ado etadi. Bu vaqtda volfov kanali bir vaqtning o`zida ham siydik yo`li va ham urug’ yo`li bo`lib xizmat qiladi. Yuksak umurtqalilarda (sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda) pronefros ham, mezanefros ham faqat embrionda ayrim organlari bo`lib hisoblanadi. Voyaga yetgan hayvonlarda ayirish organining bu funktsiyasini chanoq buyragi (tos buyragi), ya`ni metanefros bajaradi. Bu buyrak mezanefrosdan yana ham orqaroqda joylashgan. Bu yerda ham xuddi tuban umurtqalilarnikiga o`xshab myullerov kanali urg’ochilarida tuxum yo`li vazifasini, volfov kanali esa erkaklarida urug’ yo`li vazifasini bajaradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling