Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


-rasm. Umurtqali hayvonlar nerv sistemasining izchil rivojlanish bosqichlari (sxematik


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

17-rasm. Umurtqali hayvonlar nerv sistemasining izchil rivojlanish bosqichlari (sxematik 
ko`ndalang kesimi): I, II- differentsiallashgan ektoderma; III- nerv plastinkasining botib kirishi
IV,V- nerv nayining shakllanishi: 1-epidermis; 2-ganglionar plastinka.


oladi. Shunday qilib, bu organlar yordamida hayvonlar suvda yo`l topadi va 
o`zining vaziyatini biladi.
Eshitish organi muvozanat organi bo`lib ham xizmat qiladi va hamisha juft 
bo`ladi, boshqacha aytganda, pardasimon labirintdan iborat bo`ladi (18-rasm). 
Pardasimon labirint eshituv kapsulasiga joylashgan bo`lib, yupqa devorli 
pufakchaga o`xshaydi va bo`yincha bilan ikki qismga: yuqori qism yoki oval 
xaltacha va pastki qism yoki to`garak xaltachaga bo`linadi. Oval xaltachadan yarim 
doira kanallar chiqadi va bular yoy hosil qilib yana oval xaltachaga kelib 
qo`shiladi. Yarim doira kanallar, to`garak og’izlilarni hisobga olmaganda, barcha 
umurtqalilarda uchta bo`ladi. To`garak xaltachadan yuqoriga qarab uchi berk tor – 
endolimfatik kanal chiqadi. 
 
 
18-rasm. Ichki quloqning izchil rivojlanish bosqichlari: I-eshitish plakodasi; 
II-chuqurcha; III va IV-pufak kesimi; V va VI-yarim aylana kanallarning shakllanishi: 
1-chig’anoq murtagi; 2-yarim aylana kanal; 3-endolimfatik yo`l; 4-aylana xaltacha; 
5-oval xaltacha.
Yon tomonida ichi kovak o`simta – chig’anoq hosil bo`ladi. Pardasimon 
labirintning ichi – endolimfa suyuqligi bilan to`lgan bo`ladi va bu suyuqlik qalqib 
yuradi. Gavda holatining har qanday o`zgarishi, shuningdek, tovush suyuqlikda bir 
talay kaltsiy karbonat kristallari to`lqinlari shu kristallarni harakatga keltiradi
kristallar labirintning ichki devoridagi sezuvchi hujayralarni ta`sirlantiradi, bu 
ta`sirot eshituv nervi uchlariga o`tadi. Suvda yashovchi tuban umurtqalilarda faqat 
ichki quloq bo`ladi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan boshlab, ichki quloqqa yana bir 
bo`lim, ya`ni o`rta quloq va nog’ora parda qo`shiladi. Bu bo`lim sudralib 
yuruvchilar va qushlarda ham saqlanadi. Sutemizuvchilarda quloqning uchinchi 
bo`limi, ya`ni eshituv yo`li va tashqi quloq suprasi ham hosil bo`ladi. 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling