Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

Limfa sistemasi to`g’risida gapirilganda, u venalar bilan gavda 
bo`shliqlariga qo`shilib turadigan limfa tomirlaridan va limfa bezlaridan iborat. 
Limfa sistemasi tutash emas. Faqat yirik limfa tomirlari bilan ularni kengaygan 
qismlari - sinuslarida biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan devorlar bor, bu 
tomirlarning shoxchalari esa har xil organlarning hujayralararo bo`shliqlari bilan 
bog’langandir. Limfa tomirlarining kengaygan qismi limfa yuraklarining urib 
turishi natijasida limfa harakat qiladi. 
Limfa tomirlari bilan bog’liq bo`lgan limfa bezlari oq qon tanachalarini 
(leykotsitlarni) ishlab chiqaradi, ya`ni ular gavda 
bo`shlig’idagi zaharli moddalarni qayta ishlab 
tartibga soladi. Taloq ham qonni vujudga 
keltiruvchi organlar jumlasiga kiradi, biroq u 
limfa tomirlari bilan bog’lanmagan. Umuman 
limfa sistemasi qon bilan to`qimalar orasidagi 
modda almashinuvida qatnashadi. Limfa – 
rangsiz zardobga o`xshaydi. Barcha gavda 
bo`shliqlarida limfa bezlari bor. 
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi 
bosh miya va orqa miyadan iborat. Bosh miya 
nerv 
nayining 
oldingi 
qismining 
yo`g’onlashuvidan hosil bo`ladi. Bosh miya 
o`zaro tutashgan beshta bo`limdan: oldingi bosh 
miya yarimsharlari, oraliq miya, o`rta miya, 
miyacha va uzunchoq miyadan iborat (16-17-
rasmlar).
Har bir bo`limda muayyan funktsiyani 
bajaradigan organlarning markazlari joylashgan. 
 
16-rasm. Bosh miyaning 
rivojlanish sxemasi: I-uch 
pufak bosqichi (ko`z pufaklari 
bilan), II-besh bo`lim bosqichi 
(ko`z pufaklari bilan): 1-oldingi 
miya; 2-oralig` miya; 3- o`rta 
miya; 4-miyacha; 
5-uzunchoq miya; 6-ko`z 
pufagi; 7-ko’z bokali. 


Masalan: ovqatlanish markazi uzunchoq miyada, harakatni boshqarish markazi 
miyachada joylashgan. Umurtqali hayvonlarning bosh miyasidan 10-12 juft nerv 
iplari chiqadi. 
Orqa miya uzunchoq miya bilan qo`shilib ketadi, uning ichki qismi kulrang 
miya moddasi, tashqi qismi esa oq miya moddasidan tashkil topgan. Orqa miyadan 
bir qancha orqa miya nervlari chiqadi.
Umurtqali hayvonlarda sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlariga 
– teri sezgi organlari, yon chiziq organlari, eshitish organlari, ko`rish organlari va 
hid bilish organlari kiradi. 
Umurtqali hayvonlarda mexanik ta`sirlarni qabul qiladigan sezuv organlari 
erkin holdagi nerv uchlaridan iborat. Ular terining butun yuzasiga va ichak hamda 
boshqa organlarining shilimshiq pardalari yuzasiga ham tarqalgan.
Bundan tashqari, to`p-to`p bo`lib turadigan va biriktiruvchi to`qima pardasi 
bilan o`ralgan maxsus uchli organlar – tuyg’u tanachalari ham bor.
Yon chiziq organlari birlamchi suv umurtqalilarigagina xos bo`lib, u ham 
teri sezuv organi bo`lib hisoblanadi. Ular, asosan to`garak og’izlilar va baliqlarning 
ikki yon tomonida bir qatordan uzunusiga ketgan va murakkab tarmoqlar hosil 
qilib, bosh tomonga o`rnashgandir. Bu yon chiziq organlari suvning salgina 
to`lqinlanib, gavdaning turli yeriga ko`rsatgan ta`sirlarni sezadi. Yon chiziq 
organlari tufayli hayvonlar suvning qanday tezlik bilan qayoqqa qarab 
oqayotganinigina sezibgina qolmay, balki u o`z gavdasining harakatlarini ham seza 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling