Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


-rasm. Baliqlarning (I) va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning (II) qon


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

 
15-rasm. Baliqlarning (I) va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning (II) qon 
aylanish sistemasi sxemasi:
 
1- olib keluvchi jabra arteriyasi; 1
1
-olib ketuvchi jabra arteriyasi; 2-
uyqu arteriyasi; 3-orqa aorta; 4-qorin aorta; 5-o`pka arteriyasi; 6-kyuvyerev oqimi; 7-oldingi 
kardinal vena; 8-orqa kardinal vena; 9-orqa kovak vena; 10-jigarning qopqa sistemasi; 10
1
-jigar 
venasi;
11-o`pka venasi; 12-jigar qopqa venasi; 13-ichak osti venasi; 14-kapillyar tarmoqlari.
Katta qon aylanish doirasi chap yurak qorinchasidan boshlanib, arterial qon, 
arteriyalar orqali butun gavdaga tarqaladi va u yerda venoz qonga aylanib, venalar 
orqali o`ng yurak bo`lmasiga keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, qushlarda aorta yoyi 


gavdaning o`ng tomoniga, sutemizuvchilarda esa chap tomoniga qayrilgandir. 
Ularda arterial sistema venoz sistemaga hech qachon qo`shilmaydi. 
O`ng yurak qorinchasidan boshlanadigan kichik qon aylanish doirasidan 
venoz qon o`pka arteriyasi orqali o`pkaga oqib keladi va u yerda arterial qonga 
aylanadi hamda o`pka venasi orqali chap yurak bo`lmasiga quyiladi. Chap 
qorinchadan aorta yoyi boshlanadi. CO

–ga to`yingan qon orqa kardinal vena va 
oldingi kardinal vena orqali o`ng yurak bo`lmasiga va undan o`ng yurak 
qorinchasiga tushadi. 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarga xos bo`lgan 
oraliq etap aralash qon aylanishidan va batamom alohidalashmagan doirali qon 
aylanish sistemasidan iborat. Qisqasi ularning chap bo`lmasidan kislorodga boy 
bo`lgan qon va o`ng bo`lmasidan CO

ga boy bo`lgan qon yurak qorinchasiga 
tushib aralashadi. 
Qizil qon tanachalari, ya`ni eritrotsitlar qonni oksidlaydi, chunki ular 
kislorod tashuvchilar hisoblanadi. Oq qon tanachalari, ya`ni leykotsitlar esa 
gavdaga tushgan mikroorganizmlarni qiradi. Bundan tashqari qonda amyobasimon 
hujayralar ham bo`lib, uni trombotsitlar deyiladi. Trombotsitlar qonning ivishida 
muhim ahamiyatga ega. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling